Mobil telefon orqali saytda ro‘yxatdan o‘tishda yoki mobil telefon raqamiga SMS-xabar yuborayotganda firibgarlik holatlari kam emas. Foydalanuvchi to‘lovni yuboradi, lekin pulli xizmatni olmaydi yoki uning hisobidan ma’lum bir miqdordagi mablag‘ doimiy ravishda yechib olinadi. Protect kompleks himoya tizimi doirasida Yandex Brauzer firibgarlar foydalanishi mumkin boʻlgan saytlarni kuzatadi va bloklaydi.
Shubhali saytlarni bloklash
Yandex fishing saytlar va firibgarlar foydalanishi mumkin bo‘lgan resurslarni kuzatib boradi. Bunday saytlar manzili maxsus ma’lumotlar bazasida saqlanadi. Agar siz SMS-firibgarlik bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan resursga kirishga urinsangiz, Brauzer ehtimoliy xavfli sahifani bloklaydi va bu haqida sizga xabar beradi — Brauzer oynasida xabar va Aqlli satrda belgisi paydo bo‘ladi.
Diqqat
Bunday saytga kirishdan oldin yaxshilab oʻylab koʻring. Bu xavfli boʻlishi mumkin:
Saytda sizga telefoningizdan pul yechib olishga sabab bo‘ladigan amallarni bajarish taklif qilinadi. Tavsiya etilgan xizmatlar pulli ekani haqidagi ogohlantirish boʻlmaydi yoki uni aniqlash qiyin joyda turadi.
Puli to‘langan xizmatlarni umuman olmasligingiz yoki ularni va’da berilgan shakldan boshqacha tarzda olishingiz mumkin.
SMS-firibgarlik namunalari
Quyida ta’riflangan holatlar firibgarlik saytlarida, zararlangan resurslar (kecha xavfsiz, lekin bugun zararlangan sayta), shuningdek, kompyuteringizdagi zararli DT'dan kelib chiqishi mumkin.
Diqqat
Zararli dasturiy taʼminot siz saytlarda kiritgan ma’lumotlarni qo‘lga kiritishi va ularni firibgarlarga yuborishi mumkin. Shuning uchun sizga antivirusdan foydalanishni qatʼiy tavsiya qilamiz.
Mobil telefoningiz orqali saytda ro‘yxatdan o‘tish
Turli bahonalar bilan sayt sizning mobil telefon raqamingizni kiritishni talab qiladi. Masalan, saytda ro‘yxatdan o‘tish yoki robot emasligingizni tasdiqlash, dastur yangilanishini faollashtirish, ijtimoiy tarmoqdagi hisob qaydnomangiz bloklanishining oldini olish va h. k.
Telefonga sizdan saytga kiritish so‘ralgan faollashtirish kodi keladi.
Kodni kiritasiz va shu bilan birga pulli obunani faollashtirasiz.
Telefondan har kuni ma’lum miqdordagi mablag‘ yechib olinadi, ko‘pincha 20-30 rubl.
Telefoningizdan mobil raqamga xabar yuborish
Sizdan mobil telefoningizdan saytdagi raqamga xabar yuborishingiz so‘ralmoqda.
SMS-xabar yuborasiz. Yuborish narxi sizning tarifingiz bo‘yicha SMS-xabar narxidan yuqori. Bundan tashqari, narx haqidagi ma’lumot saytda umuman ko‘rsatilmasligi yoki saytning ko‘rish qiyin bo‘lgan qismida berilgan bo‘lishi mumkin.
Xabar yuborilishi bilanoq telefoningizdan ma’lum bir miqdordagi mablag‘ yechib olinadi, odatda 100-200 rubl. Ba’zan kundalik pul mablag‘ini yechib olish kiritiladi.
Protect tizimining zararlangan va shubhali saytlarining ma’lumotlar bazasi 80 000 dan ortiq saytni o‘z ichiga oladi, ammo firibgarlar resursi ustidan shikoyat kelib tushmagan bo‘lsa, u bazada bo‘lmasligi mumkin. Firibgarlar qurboniga aylanmaslik uchun oddiy xavfsizlik qoidalariga rioya qiling:
To‘liq ishonmaydigan saytlarga mobil telefon raqamingizni kiritmang.
Saytda ko‘rsatilgan raqamlarga telefoningizdan xabar jo‘natmang.
Har qanday shaxsiy maʼlumotlarni yoki elektron toʻlov maʼlumotlarini (bank kartalari raqamlari, PIN kodlar va hokazo) yubormaslikka harakat qiling.
Himoyani faolsizlantirish
Diqqat
Agar SMS-firibgarlikdan himoyani o‘chirishni xohlasangiz, Brauzerda zararli sayt va dasturlardan himoyani to‘liq o‘chirib qo‘yishingiz kerak bo‘ladi. Biz bunday qilmaslikni qat’iyan tavsiya qilamiz.
SMS-firibgarlikdan himoyani o‘chirish uchun:
Yuqori oʻng burchakda → Sozlamalar tugmasini bosing.
Sahifaning yuqori qismidagi Xavfsizlik varagʻini oching.
Tahdidlardan himoyalash blokida Kiriladigan saytlar va yuklab olinadigan fayllar xavfsizligini tekshirish parametrini faolsizlantiring.
SMS-firibgarlikdan himoyani yoqish uchun bir xil algoritmdan foydalaning.
Agar Yandex saytingizni bloklayotgan boʻlsa
Agar Yandex xato tufayli saytingizni bloklagan deb hisoblasangiz, SMS firibgarlik sahifasidagi ko‘rsatmalardan foydalaning.