---
metadata:
  - name: generator
    content: Diplodoc Platform v5.50.6
alternate:
  - https://yandex.uz/support/browser/en/security/passwords-sync.md
  - https://yandex.uz/support/browser/kk/security/passwords-sync.md
  - https://yandex.uz/support/browser/ru/security/passwords-sync.md
  - https://yandex.uz/support/browser/tr/security/passwords-sync.md
  - https://yandex.uz/support/browser/uz/security/passwords-sync.md
keywords:
  - Yandex brauzerda parollarni sinxronlash.
  - Yandex brauzer parollarni boshqa kompyuterga koʻchirish.
  - Yandex brauzerdan parollarni koʻchirish.
  - Parollarni sinxronlash nima uchun kerak.
  - Parollarni sinxronlashni faolsizlantirish yandex brauzer.
  - Parollarni sinxronlashni bekor qilish yandex brauzer.
  - Parollar sinxronlamasin yandex brauzer.
  - Yandex brauzer parollari sinxronlanmasin.
  - Yandex brauzer parollarini sinxronlash ziddiyati.
  - Yandex brauzerida parollar saqlanmayapti.
  - Yandex brauzerda parollar saqlanmayapti.
  - Yandex brauzer nega parollar sinxronlanmayapti.
  - Yandex brauzer sinxronizatsiya xatosi parolni kiriting.
  - Yandex brauzer sinxronizatsiya xatosi qaytadan kiring nima qilish kerak.
  - Yandex brauzer saqlangan parollarga kirish xatosi.
  - Parollarini tiklash yandex brauzer.
  - Yandex brauzerni parollarni saqlagan holda qayta oʻrnating.
  - Yandex brauzer qayta oʻrnatishda parollarni qanday saqlash mumkin.
  - Qayta oʻrnatilganda Yandex brauzeridagi parollar.
  - Yandex brauzerni qayta oʻrnatish va parollarni saqlash.
  - Parollarni yoʻqotmasdan yandex brauzerni qanday qilib qayta oʻrnatish mumkin.
  - Parollarni saqlagan holda yandex brauzerni  qayta oʻrnatish.
  - Yandex brauzerida oʻchirilgan parollarni qanday tiklash mumkin.
  - Parollarni yandexga yangi brauzer.
  - Yandex brauzerda parollarni tiklash.
  - Yandex brauzerda saqlangan parollarni qanday tiklash mumkin.
  - Yandex brauzerda parollarni qanday qilib qaytarish mumkin.
  - Yandex brauzerni oʻchirib tashlagan boʻlsangiz parolni tiklash.
---
> **Documentation Index:** Fetch the complete configuration index at https://yandex.uz/support/browser/uz/llms.txt




# Protect: parollarni sinxronlash


Kompyuter, smartfon va planshetlaringizdagi [Yandex Brauzer](https://browser.yandex.uz/) saqlagan parollaringizni sinxronlashingiz mumkin. [Sinxronlash](https://yandex.uz/support/browser/uz/device/sync.md) paytida parollar ombori nusxasi Yandex serverlariga shifrlangan shaklda yuboriladi, keyin boshqa sinxronlangan qurilmalarga uzatiladi. Shu bilan birga, boshqa qurilmalardan parollar joriy kompyuterda kiritiladi.

## Parollarni sinxronlashning afzalliklari {#advantages}

- Saqlangan parollar barcha qurilmalaringizdagi kirish oynalariga avtomatik kiritiladi.
- Agar kompyuter buzilsa, serverdagi parollarni tiklashingiz mumkin bo‘ladi.


{% note tip %}

Parollaringizni hech kim, jumladan, Yandex ham shifrdan chiqara olmasligi uchun [asosiy parolni](https://yandex.uz/support/browser/uz/security/passwords-management.md#master-password) yarating.

{% endnote %}



## Parollar sinxronlanishini o‘chirish {#off}

Standart shaklda parollar [sinxronlash yoqilganda](https://yandex.uz/support/browser/uz/device/sync.md#on) avtomatik sinxronlanadi.

Agar [sinxronlash butunlay faolsizlantirilsa](https://yandex.uz/support/browser/uz/device/sync.md#off), parollarni sinxronlash funksiyasi toʻxtaydi. Faqat karta va parollarni sinxronlashni toʻxtatish uchun:

1. **<svg xmlns="http://www.w3.org/2000/svg" width="22" height="22" viewBox="0 0 22 22" fill="none"><title>Настройки Яндекс Браузера</title><path d="M4 16.4091C4 16.0827 4.26117 15.8182 4.58333 15.8182H17.4167C17.7388 15.8182 18 16.0827 18 16.4091C18 16.7354 17.7388 17 17.4167 17H4.58333C4.26117 17 4 16.7354 4 16.4091Z" fill="currentColor"/><path d="M4 10.5C4 10.1736 4.26117 9.90909 4.58333 9.90909H17.4167C17.7388 9.90909 18 10.1736 18 10.5C18 10.8263 17.7388 11.0909 17.4167 11.0909H4.58333C4.26117 11.0909 4 10.8263 4 10.5Z" fill="currentColor"/><path d="M4 4.59091C4 4.26456 4.26117 4 4.58333 4H17.4167C17.7388 4 18 4.26456 18 4.59091C18 4.91726 17.7388 5.18182 17.4167 5.18182H4.58333C4.26117 5.18182 4 4.91726 4 4.59091Z" fill="currentColor"/></svg>**&nbsp;→ **Sozlamalar**&nbsp;→ **Umumiy sozlamalar**&nbsp;→ **Sinxronlash**&nbsp;→ **Sinxronlash sozlamalari** tugmasini bosing.

1. **Parollar va kartalar**parametrini faolsizlantiring.


## Parollar sinxronlanishi ixtilofi {#conflict}

<!--По этому разделу написаны фактовые ответы. Если раздел обновился, не забудьте проверить и обновить ответы в файле fact-answers.yaml.-->

Agar sinxronlangan qurilmalarning birida [asosiy parolni](https://yandex.uz/support/browser/uz/security/passwords-management.md#master-password) o‘zgartirsangiz, [sinxronlashdan](https://yandex.uz/support/browser/uz/device/sync.md) so‘ng u boshqa qurilmalarda ham almashtiriladi. Agar sinxronlanmagan qurilmada asosiy parolni o‘zgartirsangiz yoki qurilmalarda turli asosiy parollarni ular sinxronlanishidan oldin yaratayotgan bo‘lsangiz, ixtilof yuzaga keladi. Masalan, bitta asosiy parolni smartfonga, boshqasini kompyuterga kiritsangiz, so‘ngra sinxornlashni yoqqan bo‘lsangiz. Bunday vaziyatda, Brauzer birlashtirilgan ombor shifrlanishi uchun asosiy parollardan qaysi birini ishlatish mumkinligini tushunmasligi mumkin.

Agar sinxronlash ixtilofga duch kelsa, asosiy parol birinchi marta kiritilganda, sozlamalar belgisi ![](../_image/sync-conflict-icon.png =22x) ko‘rinishini oladi. Ixtilofni hal qilish uchun:


{% list tabs %}

- Ixtilof ikkita ombor orasida paydo bo‘ldi


  1. **![](../_image/sync-conflict-icon.png  =22x)** → **Parollar va ma’lumotlar** tugmasini bosing.

  2. Keyingi xatti-harakatlar narigi qurilmaning asosiy parolini eslay olish yoki olmasligingizga bogʻliq:

  {% cut "Boshqa qurilma uchun asosiy parol yodingizda" %}

    1. **Bu kompyuterdagi seyf bilan birlashtirish** tugmasini bosing.

    1. Boshqa qurilma uchun asosiy parolni kiriting.

    Brauzer joriy kompyuterning asosiy parolidan foydalanib narigi qurilmadagi parollarni qaytadan shifrlaydi. Boshqa qurilma uchun asosiy parol o‘z kuchini yo‘qotadi. Yangidan shifrlangan parollar umumiy omborga qo‘shiladi.

  {% endcut %}

  {% cut "Boshqa qurilma uchun asosiy parolni eslay olmaysiz" %}

    Bu qurilma parollarini oʻchirib tashlashga toʻgʻri keladi. Buning uchun **Oʻchirish** tugmasini bosing. Unutilgan asosiy parol bilan shifrlangan parollar o‘chiriladi. Qolgan parollarni shifrlash uchun joriy kompyuterdagi asosiy parol ishlatiladi. Unutilgan asosiy parol bekor qilinadi.

    Bundan tashqari, ixtilofni hal qila olmasligingiz mumkin. Bunday vaziyatda, parollarni sinxronlash amalga oshirilmaydi (tarix, xatcho‘plar va boshqa ma’lumotlar avvalgidek sinxronlanadi).

    {% note info %}

    Agar boshqa qurilmada [zaxira shifrlash kalitini](https://yandex.uz/support/browser/uz/security/passwords-management.md#restore-key) yaratgan bo‘lsangiz, unda asosiy parolni [tashlashga](https://yandex.uz/support/browser/uz/security/passwords-management.md#restore) urinib ko‘ring. Yangi asosiy parol sifatida joriy kompyuterning asosiy parolini kiriting.

    {% endnote %}

  {% endcut %}

  ![](../_image/passwords-sync-2bases.png)

- Ixtilof uchta va undan ortiq ombor orasida paydo bo‘ldi


  Agar ixtilof uch yoki undan ortiq qurilma o‘rtasida paydo bo‘lsa:

  1. **![](../_image/sync-conflict-icon.png  =22x)** → **Parollar va ma’lumotlar** tugmasini bosing.

  1. Keyingi xatti-harakatlar boshqa qurilmalarning asosiy parollarini eslay olish yoki olmasligingizga bogʻliq:

      {% cut "Boshqa qurilmalar uchun asosiy parollar yodingizda" %}

        1. Joriy seyf bilan birlashtiriladigan seyflarni tanlang.

        1. **Bu kompyuterdagi seyf bilan birlashtirish** tugmasini bosing.

        1. Navbati bilan har bir ixtilofdagi qurilmadan asosiy parolni kiriting.


      Shundan so‘ng Brauzer joriy kompyuterdagi asosiy parol yordamida boshqa qurilmalardagi parollarni qayta shifrlaydi. Boshqa qurilmalar uchun asosiy parollar bekor qilinadi. Joriy kompyuterning parollari birlashtirilgan seyfga qoʻshiladi.

      {% endcut %}

      {% cut "Boshqa qurilmalar uchun asosiy parolni eslay olmaysiz" %}

      Bunday qurilmalarning parollarini oʻchirib tashlashga toʻgʻri keladi.

      1. Asosiy parolini eslay olmaydigan omborlarni belgilang.

      1. **Oʻchirish** tugmasini bosing.

      1. Boshqa qurilmalar uchun **Joriy kompyuterdagi seyf bilan birlashtirish** tugmasini bosing.

      1. Navbati bilan har bir qurilmadan asosiy parolni kiriting.


      Unutilgan asosiy parollar bilan shifrlangan parollar o‘chirib tashlanadi. Boshqa qurilmalardagi parollar joriy kompyuter asosiy paroli yordamida qayta shifrlanadi. Boshqa qurilmalar uchun asosiy parollar bekor qilinadi. Yangidan shifrlangan parollar umumiy omborga qo‘shiladi.

      Bundan tashqari, ixtilofni hal qila olmasligingiz mumkin. Bunday vaziyatda, parollarni sinxronlash amalga oshirilmaydi (tarix, xatcho‘plar va boshqa ma’lumotlar avvalgidek sinxronlanadi).

      {% note info %}

      Agar boshqa qurilmada [zaxira shifrlash kalitini](https://yandex.uz/support/browser/uz/security/passwords-management.md#restore-key) yaratgan bo‘lsangiz, unda asosiy parolni [tashlashga](https://yandex.uz/support/browser/uz/security/passwords-management.md#restore) urinib ko‘ring. Yangi asosiy parol sifatida joriy kompyuterning asosiy parolini kiriting.

      {% endnote %}

      {% endcut %}

  ![](../_image/passwords-sync-3bases.png)

{% endlist %}


## “Parolni almashtirdingiz, lekin sizning shaxsiy ma’lumotlaringiz eskisi bilan shifrlangan” {#old-password}

Yandex serverida parollar shifrlangan shaklda saqlanadi. Kalit sifatida shifrlash uchun Yandex ID paroli ishlatiladi. Agar siz ushbu parolni o‘zgartirsangiz, Brauzer serverdagi parollarni shifrlash, keyin ularni yangi kalit bilan qayta shifrlash zarur. Agar bu jarayonda xatolik yuzaga kelsa, xato haqidagi xabar paydo bo‘ladi.


{% list tabs %}

- Eski parol esingizda boʻlsa

  1. **<svg xmlns="http://www.w3.org/2000/svg" width="22" height="22" viewBox="0 0 22 22" fill="none"><title>Настройки Яндекс Браузера</title><path d="M4 16.4091C4 16.0827 4.26117 15.8182 4.58333 15.8182H17.4167C17.7388 15.8182 18 16.0827 18 16.4091C18 16.7354 17.7388 17 17.4167 17H4.58333C4.26117 17 4 16.7354 4 16.4091Z" fill="currentColor"/><path d="M4 10.5C4 10.1736 4.26117 9.90909 4.58333 9.90909H17.4167C17.7388 9.90909 18 10.1736 18 10.5C18 10.8263 17.7388 11.0909 17.4167 11.0909H4.58333C4.26117 11.0909 4 10.8263 4 10.5Z" fill="currentColor"/><path d="M4 4.59091C4 4.26456 4.26117 4 4.58333 4H17.4167C17.7388 4 18 4.26456 18 4.59091C18 4.91726 17.7388 5.18182 17.4167 5.18182H4.58333C4.26117 5.18182 4 4.91726 4 4.59091Z" fill="currentColor"/></svg>**&nbsp;→ **Sozlamalar**&nbsp;→ **Umumiy sozlamalar**&nbsp;→ **Sinxronlash**&nbsp;→ **Sinxronlash sozlamalari** tugmasini bosing.


  1. Sinxronlash oynasida eski parolni kiriting.

- Agar eslay olmasangiz yoki oʻzgartirmagan boʻlsangiz

  Siz uchun shifrlangan parollar oʻchib ketadi. Lekin siz sinxronlashning qolgan ma’lumotlarini tiklashingiz mumkin:

  1. Brauzerda saqlamoqchi bo‘lgan barcha xatcho‘p, kengaytmalar va sozlamalaringiz mavjudligiga ishonch hosil qiling.

  1. **<svg xmlns="http://www.w3.org/2000/svg" width="22" height="22" viewBox="0 0 22 22" fill="none"><title>Настройки Яндекс Браузера</title><path d="M4 16.4091C4 16.0827 4.26117 15.8182 4.58333 15.8182H17.4167C17.7388 15.8182 18 16.0827 18 16.4091C18 16.7354 17.7388 17 17.4167 17H4.58333C4.26117 17 4 16.7354 4 16.4091Z" fill="currentColor"/><path d="M4 10.5C4 10.1736 4.26117 9.90909 4.58333 9.90909H17.4167C17.7388 9.90909 18 10.1736 18 10.5C18 10.8263 17.7388 11.0909 17.4167 11.0909H4.58333C4.26117 11.0909 4 10.8263 4 10.5Z" fill="currentColor"/><path d="M4 4.59091C4 4.26456 4.26117 4 4.58333 4H17.4167C17.7388 4 18 4.26456 18 4.59091C18 4.91726 17.7388 5.18182 17.4167 5.18182H4.58333C4.26117 5.18182 4 4.91726 4 4.59091Z" fill="currentColor"/></svg>**&nbsp;→ **Sozlamalar**&nbsp;→ **Umumiy sozlamalar**&nbsp;→ **Sinxronlash**&nbsp;→ **Sinxronlash sozlamalari** tugmasini bosing.


  1. **Sinxronlangan ma’lumotlarni o‘chirib tashlashni** bosing.

  1. **Maʼlumotlari oʻchirilsinmi?** oynasida **Ha, oʻchirish** tugmasini bosing.

  1. Sinxronizatsiyani yoqing. Ma’lumotlar Brauzerdan serverga o‘tkaziladi.

{% endlist %}


## Qayta o‘rnatishda parollarni saqlash {#restore}

Parollar shifrlangan holda saqlanadi. Biz shifrlash kalitining qandayligini bilmaymiz hamda agar brauzerni qaytadan oʻrnatgan va [profil maʼlumotlarini oʻchirgan](https://yandex.uz/support/browser/uz/about/install.md#reinstall) boʻlsangiz, parollarni tiklay olmaymiz.

Qayta oʻrnatish paytida parollar oʻchib ketmasligi uchun:

1. [Sinxronlashni](https://yandex.uz/support/browser/uz/device/sync.md) yoqing. Parollar serverga uzatiladi.
1. Brauzerni qayta o‘rnating.
1. Qayta tiklangan Brauzerda sinxronlashni yoqing. Bir muncha vaqt o‘tgandan keyin parollar kompyuterga qaytariladi.


{% note info %}

Serverga yuborish paytida parollar [qoʻshimcha shifrlash](https://yandex.ru/support/browser-passwords-crypto/ru/with-master.html#synch) bilan himoyalanadi. Serverda maʼlumotlar (va parollar hamda ularni shifrlash kalitlari) ham [shifrlanadi](https://yandex.com/support/browser-passwords-crypto/ru/with-master.html#passwords-crypt).

{% endnote %}



{% cut "Agar Brauzer profil maʼlumotlari bilan oʻchirilgan, ammo sinxronlangan boshqa qurilma boʻlsa nima boʻladi?" %}


Boshqa qurilmadagi Yandex Brauzerda saqlagan parollaringizni kompyuterga o‘tkazish mumkin (kompyuter, smartfon yoki planshet).


{% note tip %}

Agar boshqa kompyuterdan parollarni oʻtkazishni xohlasangiz, unda profil nusxasini oʻzingiz uchun qulay joyga [saqlang](https://yandex.uz/support/browser/uz/personalization/profile.md#saving) (har ehtimolga qarshi, agar sizga joriy profil maʼlumotlari kerak boʻlib qolsa).

{% endnote %}


1\. [Qayta o‘rnatilgan ](https://yandex.uz/support/browser/uz/device/sync.md#off) brauzerda sinxronlashni o‘chiring.

2\. Qurilmani yuklab oling.

3\. Qurilmani internetdan uzing.

4\. Qurilmadagi Brauzerda sinxronlashni [o‘chirib qo‘ying](../device/sync#settings).

5\. Qurilmada internetni qayta yoqing.

6\. Qurilmadagi Brauzerda sinxronlashni [yoqing](../device/sync#settings). Parollar serverga uzatiladi.

7\. Qayta tiklangan Brauzerda sinxronlashni [yoqing](../device/sync#settings). Bir muncha vaqt o‘tgandan keyin parollar serverdan yuklanadi.


Qurilmalaringizga saqlamagan parollaringiz tiklanmaydi.


{% endcut %}




<a href="uz/support/support">
<span class="button">Yordam xizmatiga yozish</span>
</a>


<!-- source: uz/_includes/black-button-styles.md -->



<!-- endsource: uz/_includes/black-button-styles.md -->

