Protect: xavfsizlik kengaytmalari
Diqqat
SaveFrom.net, Frigate kengaytmalari va boshqalar xatarli va g‘arazli xatti-harakat tufayli faolsizlantirilgan.
Yandex Brauzer turli xil internet tahdidlaridan himoya qiladigan, keng qamrovli Protect himoya tizimidan foydalanadi. Brauzer zararli kengaytmalarni aniqlaydi va bloklaydi, shuningdek, zararli dasturlarning oldindan o‘rnatilgan foydali kengaytmalarga kiritilmasligini ta’minlaydi.
Sharh
Kengaytmalarni tekshirish faqat Windows’da amalga oshiriladi.
Zararli kengaytmalar nimasi bilan xavfli
Kengaytmalar — bu brauzerga yangi funksiyalarni qo‘shadigan mini-dasturlar. Kengaytmalar nafaqat brauzer ishlab chiquvchilari, balki uchinchi tomon dasturchilari tomonidan ham yaratiladi.
Zararli kengaytmalar ko‘proq xakerlar tomonidan yaratiladi. Brauzerda Protect tizimi kiritilishidan oldin yordam xizmatiga tushadigan murojaatlarning uchdan biri shu muammo haqida edi.
Zararli kengaytmalar:
- brauzer interfeysi va sozlamalarini o‘zgartiradi;
- saytllarda qo‘shimcha reklama joylashtiradi;
- saytlarda oddiy reklamalarni soxtasiga almashtiradi;
- sizning harakatlaringizni kuzatadi;
- ijtimoiy tarmoqlarga sizning nomingizdan xabarlar yuklaydi;
- shaxsiy ma’lumotlaringizni o‘g‘irlaydi;
- kompyuterda sizdan beruxsat kriptovalyuta mayningi bilan shug‘ullanadi.
Antiviruslar zararli kengaytmalarni yomon aniqlaydi, chunki barcha kengaytmalar brauzer ichida ishlaydi va kompyuterning operatsion tizimiga ta’sir qilmaydi.
Brauzer kengaytmalar xavfsizligini qanday ta’minlaydi
Foydalanuvchi ma’lumotlarini himoya qilish uchun Brauzer:
-
Faqat tasdiqlangan manbalardan — onlayn do‘konlardan Opera qo‘shimchalar yoki Chrome Web Store (ular o‘z kengaytmalarini tekshiradi) kengaytmalarni o‘rnatish imkonini beradi. Brauzer boshqa manbalardan kengaytmalarni o‘chiradi, lekin foydalanuvchi ularni xavf-xatarlarini o‘z bo‘yniga olgan holda yoqishi mumkin.
-
Barcha kengaytmalar xavfsizligini tekshiradi — ularni o‘rnatish jarayonida zararli kengaytmalarni bloklaydi va shubhalilarini tekshiruvga yuboradi. Agar shubhali kengaytma zararli bo‘lsa, u Brauzerni qayta ishga tushirishda bloklanadi. Brauzer zararli kengaytmalarni aniqlash uchun mashinaviy o‘rganish algoritmlaridan foydalanadi. Buning yordamida zararli kengaytmalar Opera Add-ons yoki Chrome Web Store kataloglarida paydo bo‘lganidan keyin 1–3 kun ichida bloklanadi.
-
Kengaytmalarning haqiqiyligini tekshiradi. Zararli DT foydali kengaytmalar fayllarini almashtirishi mumkin. Shuning uchun Brauzer vaqti-vaqti bilan o‘rnatilgan kengaytmalarni internet-do‘kondagi asl nusxalari bilan taqqoslaydi. Agar ular bir xil bo‘lmasa, Brauzer kengaytmani qayta o‘rnatishni yoki uni bloklashni taklif qiladi.
-
Kengaytmalarning sayt ma’lumotlariga kirishini cheklaydi. Foydalanuvchi kengaytmaning ma’lumotlarni o‘qish va o‘zgartirish huquqiga ega bo‘lgan saytlar ro‘yxatini cheklashi mumkin.
-
Kengaytmani foydalanuvchidan maxfiy ravishda o‘rnatishga yo‘l qo‘ymaydi. Brauzer kengaytmalarni reyestr kaliti orqali o‘rnatish imkoniyatini cheklaydi va ExtensionInstallForcelist korporativ siyosati orqali kengaytmalarni o‘rnatishni taqiqlaydi. Ushbu siyosat ko‘pincha zararli kengaytmalar dasturchilari tomonidan qo‘llaniladi, chunki foydalanuvchi uning yordami bilan o‘rnatilgan kengaytmani o‘chira olmaydi.
-
Kengaytmalar xizmat sahifasiga kirishini bloklaydi. Foydalanuvchi har qanday kengaytma kirishi uchun ruxsat berilmaydigan
browser://tune
sahifasi orqali kengaytmalarni tekshiradi va o‘chiradi. Ilgari, ba’zi zararli kengaytmalarchrome://extensions
xizmat sahifasini har safar foydalanuvchi uni ochishga harakat qilganda yopish orqali o‘zlarini o‘chirishga yo‘l qo‘ʻymas edi.
Zararli kengaytmalarni bloklash
Kengaytmani o‘rnatishdan oldin, Brauzer uni maxsus ma’lumotlar bazasida saqlanadigan zararli kengaytmalar ro‘yxati bilan solishtiradi. Agar kengaytma ro‘yxatda bo‘lsa, Brauzer uni o‘rnatishni bloklaydi va bu haqida xabar beradi:
Bunday kengaytmani mustaqil ravishda o‘rnatish mumkin emas.
Agar foydalanuvchi kengaytmani o‘rnatganidan so‘ng, u ma’lumotlar bazasiga kirsa, Brauzer keyingi ishga tushirilganda uni bloklaydi.
Ma’lumotlarga kirishni cheklash
Ko‘pgina kengaytmalar siz saytlarda kiritgan ma’lumotlardan foydalanadi.
O‘rnatish vaqtida kengaytma qanday ma’lumotlarga ega bo‘lishini ma’lum qiladi:
Xavfsizlik uchun sayt ma’lumotlariga kengaytmaning kirishini nazorat qilishingiz mumkin:
-
Aqlli satr o‘ng tomonidagi kengaytma belgisini bosing. Agar belgi bo‘lmasa, uni yoqing.
-
Menyu buyrug‘ini bajaring:
- Kengaytmani bosish vaqtida. Kengaytma belgini bosgandan so‘ng saytga kiritiladi. U boshqa Brauzer yorliqlari va oynalariga kirish imkoniga ega bo‘lmaydi. Joriy yorliq yopilganda kengaytma o‘chadi. Uni qayta yoqish uchun belgini bosishingiz kerak bo‘ladi.
- <joriy sayt>:on. Kengaytma joriy sayt ma’lumotlariga kirish imkonini qo‘lga kiritadi.
browser://extensions
sahifasida kengaytma mavjud bo‘lgan saytlar ro‘yxatini tahrirlash mumkin. - Barcha saytlarda. Kengaytma barcha saytlarda ma’lumotlarga kirish imkonini qo‘lga kiritadi.
Tekshirilamagan kengaytmalarni o‘chirib qo‘yish
Agar kengaytmalarni Opera Add-ons yoki Chrome Web Store do‘konlaridan o‘rnatmasangiz, Brauzer o‘rnatilgan kengaytmani darhol faolsizlantiradi hamda Brauzer qayta ishga tushirilganida bu haqda xabar beradi. Har safar ishga tushirilganda, Brauzer tekshirilmagan manbalardan kengaytmalarni o‘chirib, tekshirishni takrorlaydi.
Kengaytmani qanday yoqish mumkin
O‘chirilish haqidagi dialogda Yoqish ilovasini bosing. Bundan tashqari, kengaytmani quyidagi browser://tune
xizmat sahifasida ham yoqishingiz mumkin.
Diqqat
Agar siz manbaga to‘liq ishongan bo‘lsangiz, kengaytmani yoqing. U zararli bo‘lishi mumkin. Brauzer zararli kengaytmalarni bloklaydi, lekin agar u hali qora ro‘yxatga tushmagan bo‘lsa, ma’lumotlaringiz xavf ostida qoladi. Batafsil ma’lumot uchun quyidagi bo‘limga qarang Zararli kengaytmalar nimasi bilan xavfli.
Xavfsizlik maqsadida Brauzeringizni yopmaguningizga qadar kengaytma yoniq qoladi. Brauzerni qayta ishga tushirganingizda uni qayta yoqishingiz kerak bo‘ladi. Buning oldini olish uchun kengaytma dasturchilariga uni Opera Add-ons yoki Chrome Web Store internet do‘konlariga joylashtirishni so‘rab murojaat qiling.
Batafsil maʼlumot
Kengaytmalar haqiqiyligini tekshirish
Ba’zan firibgarlar onlayn-do‘kondan o‘rnatilgan kengaytmani zararlisiga almashtirishga harakat qilishadi. Brauzer vaqti-vaqti bilan o‘rnatilgan kengaytmalarni ularning internet do‘kondagi originallari bilan solishitadi (manba fayllarning heshlari solishtiriladi). Kengaytma asl nusxaga mos kelmasa, Brauzer uni o‘chiradi va sizni ogohlantiradi.
Bunday holda:
- Agar kengaytirish kerak bo‘lsa, Qayta tiklashni bosing va uning asl versiyasini onlayn-do‘kondan qayta tiklang.
- Agar kengaytma kerak bo‘lmasa, O‘chirishni bosing.
Agar tashqi maydonni bosib oynani yopib qo‘ysangiz, kengaytma nofaol qoladi. Uni Kengaytmalar sahifasida faolsizlantirish yoki qayta o‘rnatish mumkin.
Brauzer kengaytmangizni o‘chirib qo‘ymoqda
Agar Brauzer siz yaratgan kengaytmani o‘chirib qo‘ysa, quyidagi usullardan biridan foydalaning.
Agar siz Chrome Web Store yoki Opera Add-ons onlayn-do‘koniga kengaytmani qo‘ymagan bo‘lsangiz
- Brauzerni har safar ishga tushirganingizda uni yoqing yoki kengaytmani onlayn do‘konga qo‘ying va u yerdan brauzerga o‘rnating.
Agar kengaytmani Chrome Web Store yoki Opera Add-ons Internet-do‘koniga joylashtirsangiz
-
manifest.json
faylidaupdate_url
maydoni qiymatini tekshiring. Yangilanish manbasiga to‘g’ri havolalar ko‘rinishi:Do‘kon nomi
Kengaytmalarni yangilash uchun havola
Chrome Web Store
https://clients2.google.com/service/update2/crx/
Opera Add-ons
https://extension-updates.opera.com/api/omaha/update/
Manzil satriga qidirish soʻrovlarini kiritish mumkin — Brauzer sizga nima kerak ekanini oʻzi tushunadi.