Birlamchi (bosh) sahifa oʻrniga, Yandex Brauzer ishga tushganida yoki eng koʻp kirilgan sahifalardan iborat Тablо yoki oldin ochilgan varaqlar va guruhlarni aks ettiradi. Odatda varaqlar va guruhlar ochiladi.
Tabloni ochish
→ Sozlamalar → Interfeys tugmasini bosing.
Varaqlar va guruhlar ruknida Ishga tushganda oyna varaqlari va biriktirilgan guruhlar ro‘yxatini tiklash bandini yoqing.
Eski varaqlar bilan birga yangisini ochish
→ Sozlamalar → Interfeys tugmasini bosing.
Varaqlar va guruhlar boʻlimida Yana yangi varaq ochish parametrini yoqing.
Yandexni asosiy sahifa etib belgilash
→ Sozlamalar → Interfeys tugmasini bosing.
Quyidagi parametrlarni yoqing:
Ishga tushirilganda oyna varaqlari va biriktirilgan guruhlar roʻyxatini tiklash
Agar varaqlar boʻlmasa, ya.ru sahifasini ochish
Tezkor kirish uchun varaqni ekranning yuqori chap burchagiga qadashingiz mumkin:
Kontekst menyusining koʻrinishini qanday oʻzgartirish mumkin?
Sayt sahifasida matnni belgilaganingizda, Brauzer sizga belgilangan qism bilan ishlash uchun kontekst menyuni koʻrsatadi. Masalan, siz matnni nusxalashingiz, unga ovoz berishingiz yoki chop etishingiz mumkin. Kontekst menyu tugmali kichik panel ko‘rinishida yoki buyruqlarning matnli roʻyxati shaklida boʻlishi mumkin.
Vositalar paneli
Uskunalar paneli belgilangan parchani nusxalash, uni Yandexda topish, tarjima qilish, chop etish, ovoz berish va boshqalarga yordam beradi. Butun vositalar roʻyxatini ochish uchun tugmasini bosing.
Vositalar panelini faolsizlantirish:
→ Sozlamalar → Vositalar tugmasini bosing.
Mavzuli menyu boʻlimida Matn tanlanganda vositaalar panelini koʻrsatish parametrini faolsizlantiring.
Buyruqlarning matnli roʻyxati
Matn parchasida sichqonchaning oʻng tugmasi bosilganda paydo boʻladigan kontekst menyudan foydalanishingiz mumkin. Bu yerda buyruqlar roʻyxati vositalar panelidagga qaraganda biroz kengroq, masalan, sahifa boʻylab matnni qidirish mumkin. Kontekst menyuni faolsizlantirish imkonsiz, lekin ixchamroq qilish mumkin:
→ Sozlamalar → Vositalar tugmasini bosing.
Kontekst menyusi boʻlimida Ixcham menyudan foydalanish parametrini yoqing.
Shundan keyin buyruqlarning bir qismi Qoʻshimcha boʻlimiga oʻtadi.
Brauzer sozlamalari asliga qaytarilganida nima bo‘ladi?
Brauzer sozlamalarini tashlash natijasida standart holatda sozlamalar tiklanadi:
cookies va saytlarning boshqa vaqtinchalik maʼlumotlari oʻchirib tashlandi.
Brauzer sozlamalarini tiklash uchun:
→ Sozlamalar → Tizim tugmasini bosing.
Sozlamalarni tozalash ustiga bosing.
Sozlamalarni tiklashni tasdiqlang.
Vazifalar paneliga Brauzerni qanday mahkamlash mumkin?
Ishga tushirish menyusidan yoki ish stolidan
Sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan Brauzer yorlig‘ini bosing (ish stoli yoki Ishga tushirish menyusida).
Vazifalar paneliga qadash bandini tanlang.
Agar vazifalar panelidan Brauzer yorligʻini olib tashlashni istasangiz, Vazifalar panelidan ajratish bandini tanlang.
Vazifalar panelidan
Brauzerni oching.
Vazifalar panelidagi Brauzer belgisini sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosing.
Vazifalar paneliga qadash bandini tanlang.
Agar vazifalar panelidan Brauzer yorligʻini olib tashlashni istasangiz, Vazifalar panelidan ajratish bandini tanlang.
Boshlash menyusidagi birlamchi ekranga Brauzerni qanday mahkamlash mumkin?
Brauzer yorlig‘ini sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosing.
Birlamchi ekranga qadash bandini tanlang.
Birlamchi ekrandan olib tashlash bandi yordamida amalni bekor qilishingiz mumkin.
MacOS tizimida Brauzer dastur ma’lumotlariga qanday kirishi mumkin
MacOS 10.14 Mojave operatsion tizimida dastur ma’lumotlariga kirish avtomatik ravishda cheklangan. Brauzer boshqa ilovalar (masalan, boshqa brauzerlar) ma’lumotlariga kirish imkoniyatini olishi uchun:
Ekranning yuqori chap burchagida → Tizim sozlamalari tugmasini bosing.
Himoya va xavfsizlik bandini bosing.
Maxfiylikni bosing.
Oynaning pastki chap burchagida ni bosing.
Universal kirish boʻlimida bayroqchani Yandex Brauzer qatori yoniga o‘rnating.
Linux platformasida standart oyna shaklini qanday qaytarish mumkin
Standart holatda Brauzer Linux platformasida tizim hoshiyasidan foydalanmaydi va boshqaruv elementlarini almashtiradi. Agar standart oyna shaklini va Linux elementlar boshqaruvini qaytarishni istasangiz:
Aqlli qatorga browser://flags manzilini kiriting
Qidiruv qatoriga #enable-system-frame bayrogʻini kiriting
System window controls parametrini yoqing.
Brauzerni qayta ishga tushiring va natijani tekshiring.
Diqqat
Bo sozlama tajriba uchun tatbiq etilgan boʻlib, uni yoqqaningizdan keyin Brauzer ishida muammolar kuzatilishi mumkin. Bunday holda parametrni faolsizlantiring va bizga shakl orqali yozing.
Fon rejimi nimaga kerak?
Sharh
MacOS tizimida fon rejimi ishlamaydi.
Fon rejimida Brauzer funksiyalaridan bir qismi u yopilgandan keyin ham ishlaydi va kompyuter yoqilganda avtomatik ravishda ishga tushadi. Yopiq holatdagi Brauzer belgisi Windows xabarnomalari panelida koʻrinadi.
Fon rejimidagi Brauzer ishining afzalliklari:
antivirus bazalari tez-tez yangilanadi;
ishga tushirilganda Brauzer tezroq ochiladi (bu koʻp varaqlar ochilganda muhim);
fon kengaytmalari (proksi kengaytmalari kabi) ishlaydi.
Sharh
Fon rejimida ishlayotganda Brauzer foydalanuvchining harakatlarini kuzatmaydi. Lekin kompyuter resurslarini kam sarflaydi.
Fon rejimini sozlash
→ Sozlamalar → Tizim tugmasini bosing.
Fon rejimi boʻlimida fon rejimini sozlash uchun ikkita variant mavjud:
Brauzerni fondagi jarayonlar hisobiga ishga tushirishni tezlashtirish;
Brauzer belgisini treyda koʻrsatish va fonda Brauzer funksiyalarini bajarishga ruxsat berish.
U yoki bu parametrning yoqilishiga qarab, Brauzer fon rejimida turlicha ishlaydi.
Fon rejimi variantlari
Fon rejimi parametrlari
Brauzer xatti-harakati
1
Brauzerni fondagi jarayonlar hisobiga ishga tushirishni tezlashtirish
Brauzer belgisini treyda koʻrsatish va fonda Brauzer funksiyalarini bajarishga ruxsat berish
Fon rejimida push-bildirishnomalar, fon kengaytmalari va yangilanishlar ishlaydi, Brauzer tezroq ishga tushadi va treyda uning belgisi aks etadi.
2
Brauzerni fondagi jarayonlar hisobiga ishga tushirishni tezlashtirish
Brauzer belgisini treyda koʻrsatish va fonda Brauzer funksiyalarini bajarishga ruxsat berish
3
Brauzerni fondagi jarayonlar hisobiga ishga tushirishni tezlashtirish
Brauzer belgisini treyda koʻrsatish va fonda Brauzer funksiyalarini bajarishga ruxsat berish
Fon rejimi minimal resurs sarflaydi va faqat Brauzerni ishga tushirishni tezlashtirish uchun ishlatiladi.
4
Brauzerni fondagi jarayonlar hisobiga ishga tushirishni tezlashtirish
Brauzer belgisini treyda koʻrsatish va fonda Brauzer funksiyalarini bajarishga ruxsat berish
Brauzer fonda ishlamayapti.
Brauzer ishlashi uchun optimal rejim - ikkala yoqilgan parametr.
Bildirishnomalar katagidagi Brauzer belgisini qanday oʻchirish mumkin?
Agar siz Brauzerni yopsangiz, lekin uning belgisi bildirishnomalar panelida qolsa, Brauzer fon rejimida ishlaydi. Brauzerning barcha jarayonlarini yakunlash uchun sichqonchaning oʻng tomoni bilan bildirishnomalar paneliga bosing va Brauzerni yopishni tanlang.
Brauzer fonda ishlashini taqiqlash uchun:
→ Sozlamalar → Tizim tugmasini bosing.
Fon rejimi boʻlimida parametrlarni faolsizlantiring:
Brauzerni fondagi jarayonlar hisobiga ishga tushirishni tezlashtirish
Brauzer belgisini treyda koʻrsatish va fonda Brauzer funksiyalarini bajarishga ruxsat berish
“Yandex” tugmasi qanday olib tashlanadi
Tugma chap tomondagi Aqlli satrda joylashgan. Uni olib tashlash uchun: