Brauzer keshi (cache) — siz tashrif buyurgan sahifalardan ayrim ma’lumotlarning nusxalari saqlanadigan jild. Odatda keshda ikkita so‘rov o‘rtasidagi vaqt oralig‘ida o‘zgarishi mumkin bo‘lmagan sahifa elementlari saqlanadi: musiqa, video, rasm, uslublar, skriptlar. Siz ayni sahifani yana bir bor ochganda brauzer internetdan ma’lumot so‘ramaydi, shunchaki ularni keshdan oladi. Sahifa tezroq ochiladi, tarmoqqa yuklama kamayadi.
Keshni tozalash
→ ustiga bosing.
Maxfiylik rukniga kiring.
Ma’lumotlarni tozalash tugmasini bosing.
Keshni belgilang.
Qolgan barcha bandlardan belgilarni olib tashlang (agar faqat Brauzer keshini tozalashni istasangiz).