Avtomatik to‘ldirish

Sayt shakliga birinchi marta ma’lumot kiritganingizda (ism, manzil yoki telefon raqami) — mobil Yandex Brauzer uni eslab qoladi. Qaytadan kiritganda Brauzer avtomatik kiritish uchun variantlar taklif qiladi. Bu qulay, chunki vaqt tejaladi.

Avtomatik kiritish ma’lumotlarini saqlash

Brauzerda avtomatik kiritish birlamchi holatda yoqilgan.

Diqqat

Agar muayyan bir saytdagi avtomatik kiritish ma’lumotlari Brauzerda saqlanishini xohlasangiz, inkognito rejimidan foydalaning. Ehtiyoj bo‘lganda Brauzerda shakllarni avtomatik to‘ldirishni faolsizlantirishingiz mumkin.

Avtomatik kiritish ma’lumotlarini oddiy usulda kiritish

Brauzerga bank kartasi ma‘lumotlari, parollar va shaxsiy ma’lumotlarni (telefon, manzil, elektron pochta va boshqalar) kiriting.

Shaxsiy ma’lumotlarni kiritish
  1. Maʼlumotlarim → Shaxsiy maʼlumotlar bandini tanlang.

  2. Yuqori o‘ng burchakdagi plyus belgisini bosing.

  3. Shakl maydonchalarini to‘ldiring.

  4. Yuqori o‘ng burchakdagi Tayyor tugmasini bosing.

Shaxsiy ma’lumotlarni tahrirlash
  1. Maʼlumotlarim → Shaxsiy maʼlumotlar bandini tanlang.

  2. Avtomatik kiritish variantini tanlang.

  3. Yuqori o‘ng burchakdagi O‘zgartirish tugmasini bosing.

  4. O‘zgarishlarni kiriting.

  5. Yuqori o‘ng burchakdagi Tayyor tugmasini bosing.

Shaxsiy ma’lumotlarni o‘chirish
  1. Maʼlumotlarim → Shaxsiy maʼlumotlar bandini tanlang.

  2. Avtomatik kiritish variantini tanlang.

  3. Ma’lumotlarni o‘chirib tashlashni bosing.

  4. O‘chirish amalini tasdiqlang.

Avtomatik kiritishni faolsizlantirish

  1. ustiga bosing.

  2. Maxfiylik rukniga kiring.

  3. Shakllarni avtomatik kiritish parametrini faolsizlantiring.

Avtomatik kiritish ma’lumotlarini sinxronlash

Standart holatda avtomatik kiritish ma’lumotlari sinxronlanadi. Faqat shu ma’lumotlarni sinxronlashni faolsizlantirish uchun:

  1. SozlamalarSinxronlash tugmasini bosing.

  2. Kirish shakllari parametrini faolsizlantiring.

Yordam xizmatiga yozish
Avvalgisi
Keyingisi