Maxsus imkoniyatlar
Yandex foydalanuvchilar haqida qayg‘uradi va Brauzer hamda boshqa xizmatlarini imkoniyati cheklangan odamlar uchun qulay qiladi.
Ko‘p uchraydigan funksiyalar:
Brauzerda qo‘shimcha imkoniyatlar joriy etilgan:
Qo‘shimcha funksiyalar
-
Avtorizatsiya va Brauzerdan chiqish.
-
Ma’lumotlarni boshqa qurilmalar bilan sinxronlash.
-
Qidiruv so‘rovlari, veb-saytlarga o‘tish.
-
Ochiq varaqlarni boshqarish — avval ochilgan varaqlar ro‘yxatini ko‘rish, varaqlarni yangilash, ularni ochish yoki yopish mumkin.
-
Varaqlar guruhlarini boshqarish — yangi guruhlar yaratish, ular bo‘yicha varaqlarni taqsimlash hamda varaqlarni guruh va oynalar o‘rtasida ko‘chirish mumkin.
-
Tarixni boshqarish — tarixni ko‘rish, havolalarni ochish, tarixni tozalash mumkin.
-
Yuklash menejerida fayllarni yuklash va ular bilan ishlash.
-
AON (raqam aniqlagich) va Yandex Stansiyani boshqarish.
-
Yandex Brauzer sozlamalari.
-
Kontekst menyusi.
-
Havolalardan nusxa olish va boshqa ilovalarga yuborish.
-
Shaxsiy ma’lumotlar (parollar, bank kartalari) ga tezkor kirish.
-
Smartfon ekranida paydo bo‘ladigan bildirishnomalarni ovoz bilan tinglash.
VoiceOver funksiyasi dastaklanadi
Yandex Brauzer VoiceOver ekrandan foydalanish dasturini dastaklaydi. U ekranda mavjud va sodir bo‘layotgan barcha narsani ovoz chiqarib ijro etadi. Foydalanuvchi esa jarayonni imo-ishoralar orqali boshqaradi.
VoiceOver funksiyasini ishga tushirish uchun qurilma sozlamalarini oching, Universal foydalanish rukniga o‘ting va VoiceOver opsiya yoqing. Yoki buni bajarishni Siri’dan so‘rang.
Shrift o‘lchamini o‘zgartirish
Agar mayda shriftni o‘qish qiyinchilik tug‘dirsa yoki ekranni uzoqdan ko‘rsatishingiz kerak bo‘lsa, shrift o‘lchamini kattalashtiring — shunda matnni o‘qish ancha osonlashadi.
Tungi fon mavzusi
Tungi fon mavzusi bilan ilovaning foni to‘q, shrifti esa och rangga o‘zgaradi. Kechqurun yoki tundagi g‘ira-shira yorug‘likda to‘q rangdagi ekran ko‘z charchog‘ini kamaytiradi.
Tungi fon mavzusi haqida batafsil
Monoovoz
Odatda ovoz yo‘lakchasining bir qismi chap, ikkinchisi esa o‘ng quloqchinga uzatiladi. Monoovoz ikki tovush kanalini birlashtiradi va ovoz har ikkala quloqchinga bir xilda uzatiladi. Bu bir quloq og‘riganda yoki bitta quloqchin ishlatish kerak bo‘lganda qulay bo‘lishi mumkin.
Monoovozni yoqish
-
Qurilma sozlamalarini oching.
-
Universal foydalanishga kiring va Eshitish bo‘limida Audiovizualizatsiyani tanlang.
-
Mono-audio parametrini yoqing.
Kontrastlikni oshirish
Kontrastlik matnni fonga nisbatan yorqinroq va aniqroq qiladi. Ko‘z yaxshi ko‘rmaganda yoki kuchli yorug‘likda foydali bo‘lishi mumkin.
Kontrastlik oshirilsin
-
Qurilma sozlamalarini oching.
-
Universal foydalanishga kiring va Ko‘rish bo‘limida Displey va matn o‘lchamini tanlang.
-
Kontrastlikni oshirish parametrini yoqing.
Subtitrlar
Subtitrlar nafaqat eshitish qobiliyati buzilganda, balki videolarni ovozsiz yoki shovqinli joyda tomosha qilishda ham foydali bo‘ladi.