Mobil Yandex Brauzerning Parollar menejeri parollarni ko’rish, o’zgartirish va o’chirib tashlash imkonini beradi.
Parolni ko’rish
→ Parollar menejeri tugmasini bosing.
Agar asosiy parolni yaratgan bo‘lsangiz, omborxonaga kirish uchun uni kiriting.
Veb-sayt nomiga bosing yoki parollar qidiruvidan foydalaning. Qidiruv ham sayt manzili, ham login bo’yicha amalga oshiriladi.
Agar parol bekitilgan bo’lsa, parol yozilgan satrdagi belgisini bosing.
Parolni o’zgartirish
→ Parollar menejeri tugmasini bosing.
Agar asosiy parolni yaratgan bo‘lsangiz, omborxonaga kirish uchun uni kiriting.
Veb-sayt nomini bosing.
→ Tahrirlash ustiga bosing.
Login, parol yoki sharhingizni tahrir qiling.
tugmasini bosing.
Parolni o’chirish
Sayt paroli
→ Parollar menejeri tugmasini bosing.
Agar asosiy parolni yaratgan bo‘lsangiz, omborxonaga kirish uchun uni kiriting.
Veb-sayt nomini bosing.
→ O’chirish tugmasini bosing.
Ma’lumotlarning o‘chirilishini tasdiqlang.
Barcha parollar
→ Parollar menejeri tugmasini bosing.
Agar asosiy parolni yaratgan bo‘lsangiz, omborxonaga kirish uchun uni kiriting.
Yuqori burchakdagi Barcha parollarni o‘chirish tugmasini bosing.
Ma’lumotlarning o‘chirilishini tasdiqlang.
Parollar menejerini faolsizlantirish
Sharh
Planshetda parollar menejerini faolsizlantirsangiz ham u boshqa qurilmalarda ishlashni davom ettiradi.
Begona parollar menejeridan foydalansangiz, Brauzer parollarni saqlashi va kiritishini xohlamasangiz:
→ Sozlamalar tugmasini bosing.
Parollarni tanlang.
Parollar menejeri parametrini faolsizlantiring.
Brauzer parollarni saqlashni to‘xtatadi, ularni avtorizatsiya shakliga kiritadi va omborga kirish imkoniyati uchun asosiy parolni so‘raydi. Avval kiritilgan parollar planshetda shifrlangan holda saqlanadi va agar sozlamalarda Parollar menejeri funksiyasini qayta yoqsangiz, ulardan yana foydalanish mumkin bo’ladi.