Vidjetlar
Vidjet — Yandex xizmatlarini tezda ishga tushirish yoki smartfon bosh ekrani yoki qulflangan ekranda ob-havo, tirbandlik va boshqa maʼlumotlarni ko’rish imkonini beruvchi kichik blok.
Vidjet turlari
Qidiruv
Aqlli kameraga ega qidiruv satri.
Bildirishnomalar paneliga ham qidiruv satrini kiritish mumkin. Batafsil maʼlumot Aqlli satr bo’limida.
Brauzer
Qidiruv satri va informerlar.
Vidjet hajmini o’zgartirishingiz, yangi informerlarni kiritishingiz yoki ularning joyini o’zaro almashtirishingiz mumkin.
Qidiruv va ob-havo
Qidiruv satri va har soatlik ob-havo maʼlumotlari.
Vidjet o’lchamini o’zgartirishingiz, informerlarni qo’shishingiz va ularning o’rnini almashtirishingiz mumkin.
Ob-havo
Har soatlik ob-havo va yog’ingarchilik maʼlumotlari.
Fonni sozlash mumkin — rasm, tungi yoki kunduzgi mavzuni tanlang. Vidjetning shaffoflik darajasini belgilang.
Standart holatda shahar avtomatik tarzda aniqlanadi. Uni o’zgartirish uchun:
-
Vidjet ostida chap tomonda Sozlamalar tugmasini bosing.
-
Mintaqa bo’limida Avtomatik aniqlash bandini faolsizlantiring.
-
Qo’lda tanlash ustiga bosing va kerakli shaharni tanlang.
O’yinlar
Yandex Games xizmatiga tezkor kirish.
Ekranga kiritish
-
Qurilmaning bosh ekranida bo’sh joyni bosib ushlab turing.
-
Vidjetlar menyusiga bosing.
-
Vidjetlar ro’yxatida Brauzerni tanlang.
-
Eskiz ro’yxatidagi kerakli Yandex vidjetini tanlang, uni bosing va ekrandagi bo’sh maydonga suring.
Ekrandan o’chirish
-
Vidjetni bosib turing.
-
O’chirish tugmasini bosing.
-
O‘chirish amalini tasdiqlang.
Nega bir nechta bir xil vidjet mavjud?
Vidjet bir qator Yandex mobil ilovalariga, masalan Disk, Xaritalarga, Metroga o’rnatilgan. Bundan tashqari, uni Android platformasiga mustaqil ilova sifatida ham o’rnatish mumkin. Shuning uchun smartfonda ko’plab bir xil vidjetlar aks etishi mumkin.
Zarur holatda ortiqcha vidjetlarni ekrandan olib tashlash mumkin.
Nega vidjet yangilanmayapti?
Vidjetlar yangilanmasligiga to’sqinlik qiladigan eng ko’p uchraydigan sabablar:
Internetga ulanilmagan
Smartfon internetga ulanganiga ishonch hosil qiling.
Quvvatni tejash rejimi yoniq
Quvvatni tejash rejimida vidjetlar fonda yangilanmaydi.
Smartfon sozlamalarini oching va quvvat tejash faolsizlantirilganini tekshiring (agar faol bo’lsa — faolsizlantiring). Shuningdek, smartfoningizda quvvatni tejash rejimi batareya quvvatsizlanganda avtomatik tarzda yoqilishi ehtimoli bor.
Vidjet joylashuvni noaniq belgilayapti
-
Smartfon sozlamalarida Brauzerga joylashuvdan foydalanishga ruxsat berilganiga ishonch hosil qiling. U odatda Brauzer o’rnatilganda so’raladi.
-
Brauzer sozlamalarida joylashuv qo’lda belgilanganini tekshiring. Agar shunday bo’lsa, uning to‘g’ri ekanini tekshiring yoki avtomatik aniqlashni belgilang.