Hujjatlar uchun skaner
Aqlli kamera hujjatlarni skanerlashi va ularni qayta ishlashi — masalan, kontrastlikni oshirishi mumkin.
Sharh
Brauzerga qurilma sozlamalarida kamera va fayllarga kirishga ruxsat bering.
-
Brauzerni oching va Aqlli satrda
belgisini bosing.
-
Skaner rejimiga o‘ting.
-
Kamerani hujjatga yo‘naltiring va Skaner tugmasini bosib, uni suratga oling. Bundan tashqari, qurilma galereyasidagi hujjatni ham tanlash mumkin (pastki o‘ng burchakda oxirgi suratning kichik nusxasi bo‘lgan dumaloq belgini bosing).
-
Ekranning pastki qismida hujjat rejimini tanlang:
-
asl nusxa — hujjat surati o‘zgarishsiz ko‘rinadi;
-
skan — kontrastligi oshirilgan qayta ishlangan rangli surat;
-
oq-qora — kontrastligi oshirilgan qayta ishlangan oq-qora surat.
-
-
Suratni qayta ishlashingiz mumkin:
— 90° chapga aylantirishingiz;
— 90° o‘ngga aylantirishingiz;
— qirqib olishingiz;
— o‘chirib tashlash.
-
Pastdagi panelda bosing:
— qayta suratga olish uchun;
— yana bir hujjatni suratga olish uchun;
— natijani saqlash uchun. Faylga nom bering va uni qayerga saqlashni yoki kimga ulashishni tanlang.