Maxsus imkoniyatlar
Yandex foydalanuvchilar haqida qayg‘uradi va Brauzer hamda boshqa xizmatlarini imkoniyati cheklangan odamlar uchun qulay qiladi.
Ko‘p uchraydigan funksiyalar:
Brauzerda qo‘shimcha imkoniyatlar joriy etilgan:
Qo‘shimcha funksiyalar
-
Avtorizatsiya va Brauzerdan chiqish.
-
Ma’lumotlarni boshqa qurilmalar bilan sinxronlash.
-
Qidiruv so‘rovlari, veb-saytlarga o‘tish.
-
Ochiq varaqlarni boshqarish — avval ochilgan varaqlar ro‘yxatini ko‘rish, varaqlarni yangilash, ularni ochish yoki yopish mumkin.
-
Varaqlar guruhlarini boshqarish — yangi guruhlar yaratish, ular bo‘yicha varaqlarni taqsimlash hamda varaqlarni guruh va oynalar o‘rtasida ko‘chirish mumkin.
-
Tarixni boshqarish — tarixni ko‘rish, havolalarni ochish, tarixni tozalash mumkin.
-
Yuklash menejerida fayllarni yuklash va ular bilan ishlash.
-
AON (raqam aniqlagich) va Yandex Stansiyani boshqarish.
-
Yandex Brauzer sozlamalari.
-
Kontekst menyusi.
-
Havolalardan nusxa olish va boshqa ilovalarga yuborish.
-
Shaxsiy ma’lumotlar (parollar, bank kartalari) ga tezkor kirish.
-
Smartfon ekranida paydo bo‘ladigan bildirishnomalarni ovoz bilan tinglash.
TalkBack funksiyasi dastaklanadi
Yandex Brauzer TalkBack (Samsung smartfonlarida — Voice Assistant va TalkBack) ekrandan foydalanish dasturini dastaklaydi. U ekranda mavjud va sodir bo‘layotgan barcha narsani ovoz chiqarib ijro etadi. Foydalanuvchi esa jarayonni imo-ishoralar orqali boshqaradi.
TalkBack’ni ishga tushirish
-
Qurilma sozlamalarini oching.
-
Maxsus imkoniyatlar bo‘limiga kiring.
-
TalkBack funksiyasini yoqing.
TalkBack parametrlarini sozlash
-
Nutq ekranda qo‘shimcha ravishda matn shaklida ham aks ettirilishi uchun Talkback → Sozlamalar → Kengaytirilgan sozlamalar → Dasturchilar uchun → Nutqni matnga aylantirish funksiyasini yoqing.
-
Nutqni matnga aylantirish bo‘limida Til funksiyasini tanlang, Nutq tezligi va Ohang funksiyalarini sozlang.
-
Ovozlar va vibratsiya bo‘limida quyidagi parametrlarni yoqing:
-
Vibrojavob
-
Ilovalar ovozini pasaytirish
-
Ovozli javob
Ovozli javob balandligini sozlang.
-
-
Detalizatsiya bo‘limida quyidagi parametrlarni yoqing:
-
Matnni talaffuz qilish
-
Ro‘yxatlar va kataklar haqidagi ma’lumotlarni talaffuz qilish
-
Ro‘yxat elementlari sonini talaffuz qilish
-
Element turini talaffuz qilish
-
Oynalar nomini talaffuz qilish
-
Ekran o‘chiqligida bildirishnomalarni talaffuz qilish
-
Talaffuz qilishda ohangni o‘zgartirish
-
Harflarni misollar bilan talaffuz qilish
-
Bajarilish jarayoni haqidagi bildirishnomalarni talaffuz qilish
-
Elementlar identifikatorlarini talaffuz qilish
-
Tinish belgilari va simvollarni talaffuz qilish
-
-
Parollarni talaffuz qilish: Talkback → Sozlamalar → Kengaytirilgan sozlamalar → Audio → Parollarni talaffuz qilish parametrlarini yoqing.
Shrift o‘lchamini o‘zgartirish
Agar mayda shriftni o‘qish qiyinchilik tug‘dirsa yoki ekranni uzoqdan ko‘rsatishingiz kerak bo‘lsa, shrift o‘lchamini kattalashtiring — shunda matnni o‘qish ancha osonlashadi.
Tungi fon mavzusi
Tungi fon mavzusi bilan ilovaning foni to‘q, shrifti esa och rangga o‘zgaradi. Kechqurun yoki tundagi g‘ira-shira yorug‘likda to‘q rangdagi ekran ko‘z charchog‘ini kamaytiradi.
Tungi fon mavzusi haqida batafsil
Monoovoz
Odatda ovoz yo‘lakchasining bir qismi chap, ikkinchisi esa o‘ng quloqchinga uzatiladi. Monoovoz ikki tovush kanalini birlashtiradi va ovoz har ikkala quloqchinga bir xilda uzatiladi. Bu bir quloq og‘riganda yoki bitta quloqchin ishlatish kerak bo‘lganda qulay bo‘lishi mumkin.
Monoovozni yoqish
Sharh
Qurilmaga qarab buning tartibi farqlanishi mumkin.
-
Qurilma sozlamalarini oching.
-
Kengaytirilgan sozlamalar → Maxsus imkoniyatlarga kiring.
-
Eshitish sahifasida Monofonik ovoz parametrini yoqing.
Kontrastlikni oshirish
Kontrastlik matnni fonga nisbatan yorqinroq va aniqroq qiladi. Ko‘z yaxshi ko‘rmaganda yoki kuchli yorug‘likda foydali bo‘lishi mumkin.
Kontrastlik oshirilsin
Sharh
Qurilmaga qarab buning tartibi farqlanishi mumkin.
-
Qurilma sozlamalarini oching.
-
Kengaytirilgan sozlamalar → Maxsus imkoniyatlarga kiring.
-
Ko‘rish sahifasida Yuqori kontrastli matn parametrini yoqing.
Subtitrlar
Subtitrlar nafaqat eshitish qobiliyati buzilganda, balki videolarni ovozsiz yoki shovqinli joyda tomosha qilishda ham foydali bo‘ladi.