Protect: parolni himoya qilish

Parollar menejerlari veb-saytlar parollarini eslab qolish yoki yozib olish ehtiyojidan xalos qiladi. Parollar shifrlangan holda saqlanadi va veb-saytlardagi shakllarga avtomatik tarzda qo’yiladi. Mobil Yandex Brauzerning shaxsiy parollar menejeri quyidagi imkoniyatlarni beradi:

  • login va parollarni boshqarish: ularni ko’rish, o’zgartirish va o’chirish;

  • barcha sinxronlangan qurilmalarda yagona parollar omboridan foydalanish;

  • xotira himoyasini faqat siz biladigan asosiy parol bilan kuchaytirish;

  • agar asosiy parolni unutib qo’ysangiz, parollarni tiklash imkoniyati (buning uchun asosiy parolni yaratish paytida Brauzer zaxira shifrlash kaliti yaratishni taklif etadi);

  • fishingdan himoyalanish (Brauzer soxta veb-saytni aniqlab, login va parolingizni avtorizatsiya shakliga kiritmaydi, chunki u veb-saytning tashqi ko’rinishiga emas, balki manziliga eʼtibor qaratadi).

Parollar menejeri funksiyasi haqida batafsil:

Parollarni saqlash

Parollarni boshqarish

Parollarni shifrlash

Parollarni sinxronlash

Ilovalarda parollarni kiritish

Batafsil ma’lumot oling

Yordam xizmatiga yozish