Protect: pulli obuna haqida ogohlantirish
Pulli xizmatga obuna bo’lish juda oson: veb-sayt sahifasidagi tugmani bosish kifoya. Mobil Yandex Brauzer sizni pulli obunalar haqida ogohlantiradi, shunda siz ularga faqat haqiqatan ham zarur bo’lgan hollardagina rozilik bildirasiz.
Pulli obuna nima
Pulli obuna ‒ internet xizmatlarini to‘lash usullaridan biri. Obuna yordamida, masalan, mobil telefoningizda avtojavobbergichni ulashingiz yoki SMS orqali ob-havo maʼlumotini olishingiz mumkin.
Pulli obuna sahifalari mobil aloqa operatorlari vab-saytlarida joylashgan, ammo sahifalar tarkibini uchinchi tomon kontent provayderlari belgilaydi. Ularning baʼzilari pulli xizmat haqidagi maʼlumotlarni payqamasligingiz uchun barcha choralarni ko’radi. Masalan, obuna tugmasiga Play yoki Kirish joylashtirishadi, xizmat pulli ekani haqidagi xabarni kichik harflarda yozishlari yoki ekrandan tashqarida yashirishlari mumkin. Agar tugmani bossangiz — obunaga rozilik bergan boʼlasiz, mobil hisobingizdan pul yechib olish boshlanadi.
Pulli obuna haqida ogohlantirish
Pulli obunasi bo’lgan uyali aloqa operatori sahifasiga kirganingizda, mobil Yandex Brauzer sizni bu haqda ogohlantiradi: Brauzer oynasida xabar, Aqlli qatorda esa belgisi paydo bo’ladi. To’lovga o’tish tugmasini faqat obuna uchun to’lov qilishga tayyor bo’lsangiz bosing.