Mobil Yandex Brauzer birlamchi ravishda sahifalardagi shokka tushiruvchi reklamani filtrlaydi.
Qanday reklama xavotirli hisoblanadi
Erotik va pornografik reklamа
Erotik, pornografik tasvirlar yoki “kattalar uchun xizmatlar” taqdim etuvchi saytlar reklamasi aks etgan bannerlar. Bunday reklama, saytning asosiy mavzusiga mos keladigan resursdan tashqari, boshqa barcha saytlarda bloklanadi.
Agressiv va shokka tushiruvchi reklama
Falokatlar va zo‘ravonlik qurbonlari, qo‘rqinchli filmlar qahramonlari, qurtlar va parazitlar, kasalliklar va badbasharaliklar, zararlangan organ va yaralar, ortiqcha vaznli odamlar kabilarning tabiiy tasvirlari aks etgan bannerlar. Avratlar va tug‘ruq jarayonining yirik plandagi rasm va fotosuratlari. Mashhur odamlarning o‘limi yoki oxirzamon bashorati haqidagi xabarlarni o‘z ichiga olgan reklama.
Yoqimsiz va g‘ashga teguvchi reklama
Yuqori chastota bilan miltillaydigan animatsiyalangan bannerlar. Videorolikni bosganingizda sahifaning bo‘sh joyiga yoki reklamani yopishga harakat qilayotganingizda chiqadigan reklama oynalari va varaqlari.
SMS-firibgarlik reklamasi
SMS-firibgarlikka aloqador saytlarning yoki ijtimoiy tarmoqlardan xabarlarni imitatsiya qiluvchi reklama bannerlari. Lotereya yutug‘ini, saytning yubiley mehmoni sovrini, maxfiy shaxsiy ma’lumotlar bazasiga kirish yoki undan siz haqingizdagi ma’lumotlarni, bashoratlarni va boshqalarni olib tashlash imkoniyatini va’da qilgan bannerlar.
Shubhali bannerlar
Kompyuterning dialog oynalari va brauzer interfeysining boshqa elementlarini qalbakilashtiruvchi bannerlar. Kompyuterga zarar yetgani haqidagi yoki dasturlarni yangilashni so‘raydigan soxta xabarlar. Yuqori daromad va’da qilib, unga erishish yo‘lini ko‘rsatmaydigan bannerlar. Davolash usuli, dorilar yoki klinikani ko‘rsatmasdan kasalliklarni davolash, yoshartirish va vazn tashlash haqidagi shubhali reklama. Mashhurlarning parhez usullarini reklama qiluvchi bannerlar, ayniqsa, ularda insonning qadr-qimmatini qoralovchi tasvir mavjud bo‘lsa.
Reklama ustidan shikoyat qilish
→ Reklamani bloklash → Reklama ustidan shikoyat qilish tugmasini bosing.
Reklama haqida xabar Yandex’ga jo‘natiladi. Agar bunday shikoyatlar ko‘p bo‘lsa, Yandex barcha foydalanuvchilar uchun reklama manbasini bloklashi mumkin.
Saytdagi reklamalarni yoqish
Protect panelida
Menyuda
→ tugmasini bosing.
Reklamani bloklash parametrini faolsizlantiring.
→ Reklamani bloklash → Bu veb-saytda reklamani yashirish tugmasini bosing.
Reklama filtrlanishini o‘chirib qo‘yish
Protect panelida
Sozlamalarda
→ tugmasini bosing.
Reklamani bloklash parametrini faolsizlantiring.
→ tugmasini bosing.
Kontentni bloklash bo‘limida Reklamani bloklash ustiga bosing.