Sizning qulayligingiz uchun maʼlumotlar mobil Yandex Brauzerda saqlanadi. Masalan, avtomatik to’ldirish maʼlumotlari yoki tashrif buyurilgan sahifalar manzillari. Bu maʼlumotlarni o’chirishingiz mumkin.
Maʼlumotlarni Brauzerdan o’chirish
→ tugmasini bosing.
Maxfiylik rukniga kiring.
Ma’lumotlarni tozalash tugmasini bosing.
Kerakli xususiyatlarni yoqing:
Mahalliy tarix — qidiruv so’rovlari va siz tashrif buyurgan sahifalar.
Veb-sahifa maʼlumotlari — cookie fayllar (ularda login, parol, savatga qo’shilgan mahsulotlar haqidagi maʼlumotlar va boshqalar saqlanishi mumkin).
Kesh — ayrim maʼlumotlarning (musiqa, video, rasmlar va boshqalar) nusxalari bo’lib, sahifa qayta yuklanganida uni tezroq ochish va tarmoq yukini kamaytirish imkonini beradi.
Veb-saytlar uchun ogohlantirishlar — agar veb-sayt harakat (masalan, plaginni ishga tushirish) uchun ruxsat so’rasa va siz Bu veb-sayt uchun har doim bandini tanlasangiz, bu amal avtomatik ravishda bajariladi. Ogohlantirishlar ro’yxati tozalangandan so’ng, veb-saytlar harakatlar uchun yana ruxsat so’rashni boshlaydi.
Yuklanmalar — Brauzer orqali yuklab olingan fayllar ro’yxati.
Yandex xizmatlarida shaxsiy maʼlumotlarni boshqarish
Yandex xizmatlaridan foydalanganda, ularda maʼlumotlaringizni, masalan, qidiruv so’rovlari tarixini qoldirasiz. Biz bu maʼlumotlarni ehtiyotkorlik bilan saqlaymiz: bizning barcha omborlarimiz SOC 2 standarti talablariga javob beradi — bu eng ishonchli xalqaro standartlardan biri.
Yandex arxivni yuklab olganidan so’ng faylni yuklab olish mumkinligi haqida xat olasiz. Agar Yandexda pochtangiz bo’lmasa, yuklab olish holati haqida faqat sahifadagi maʼlumot orqali bilishingiz mumkin.
Sharh
Arxiv parol bilan himoya qilinadi. Qanday qilib parolni olish va arxivni ochish haqida Yandex ID Yordam xizmatida o’qib oling.
Maʼlumotlarni o’chirish bo’limida xizmat nomi mavjud tugmani bosing. Yandex bu xizmat uchun saqlaydigan maʼlumotlar bor ro’yxat ochiladi.
Sharh
Agar xizmat ro’yxatda bo’lmasa, ro’yxatning pastki qismidagi Boshqalarini ko’rsatish tugmasini bosing.
Ma’lumotlar turi bor satrni tanlang.
Ochilgan oynada O‘chirib tashlash tugmasini bosing.
O’chirilgandan keyin barcha maʼlumotlaringizdan foydalanish imkoniyatini yo’qotasiz. Ayrim maʼlumotlarni Yandex hali bir muddat saqlab turadi, chunki bu .