O‘rnatish paytida Mobil Yandex Brauzer joylashuv haqidagi ma’lumotdan foydalanish mumkin yoki yo‘qligini so‘raydi. Unga bu ma’lumotlardan foydalanishga ruxsat bering yoki taqiqlang.
Standart ravishda mintaqa smartfonning joylashuviga qarab aniqlanadi.
Joylashuv ma’lumotlari nimaga kerak:
saytlar siz uchun muhim axborotlarni (masalan, ob-havo, yo‘llardagi tirbandlik yoki xaritani) chiqaradi;
Aqlli satrda haqiqiy maslahatlar chiqadi (masalan, ob-havo haqida);
sozlamalarda mintaqada ishlatiladigan qidiruv tizimlarining jamlanmasi aks ettiriladi;
Tabloda mintaqa uchun standart sifatida belgilangan saytlar jamlanmasi belgilanadi.
Mintaqani oddiy usulda kiritish
Belgilangan mamlakat uchun Brauzer foydalaniladigan qidirish tizimlari termasini, shahar uchun esa ob-havo ma’lumoti, yo‘llardagi tirbandliklar, xaritalar, qidirish ishoralari va hokazolarni aniqlaydi.
Sharh
Agar siz qidiruv tizimini o‘zingiz tanlagan bo‘lsangiz va saytlarni Tabloga kiritgan bo‘lsangiz, mintaqani o‘zgartirgandan keyin ushbu sozlamalar eskiligicha qoladi.
Mamlakatni belgilash
→ tugmasini bosing.
Qidiruv bo’limiga kiring.
Mintaqani bosing.
Mintaqani tanlang.
Shaharni belgilash
→ tugmasini bosing.
Joylashuv bo‘limiga kiring.
Avtomatik aniqlash xususiyatini o‘chirib qo‘ying.
Qo‘lda tanlashni bosing.
Shahar nomini kiritishni boshlang, keyin esa ro‘yxatdan shahringizni tanlang.