Cookie-fayllar

Cookie-fayl nima

Diqqat

Standart bo‘yicha mobil Yandex Brauzerda cookie-fayllarni saqlashga ruxsat etiladi.

Cookie (kuki) — veb-server tomonidan yuboriladigan va sizning qurilmangizda saqlanadigan kichik ma’lumot. Cookie-faylda siz haqingizda ma’lumot saqlanadi. Masalan, login va parol, joylashuv, til sozlamalari, internet-do‘kon qutisidagi tovarlar ma’lumotlari.

  • Avtorizatsiya talab etilgan saytda siz har safar login va parolni kiritishingiz talab etilmaydi.

  • Agar buyurtma bersangiz va internet-do‘kondan chiqib ketib, keyin qaytib kelsangiz — tovarlar qutida saqlanadi.

  • Agar ob-havo ma’lumotlari saytiga birinchi kirganda shaharni ko‘rsatgan bo‘lsangiz — sayt qaytib sizdan buni so‘ramaydi.

Veb-analitika vositalarida (masalan, Yandex Metrika) cookie-fayllardan foydalanuvchining Internetdagi xatti-harakatlarini kuzatish uchun foydalaniladi.

  • Agar qurilmangizdan begona odam foydalansa, cookie-fayllarda esa login va parollar saqlanadi, u sizning hisoblaringizga kirishi mumkin.

  • Agar yovuz niyatli shaxs cookie-fayllarni qo‘lga kiritsa, u sizning shaxsiy ma’lumotlaringizga kirish imkoniga ega bo‘ladi. Ulardan asabga tegadigan reklama ko‘rsatishda foydalanish mumkin.

Cookie-fayllarni o‘chirish

Diqqat

Agar barcha cookie-fayllar o‘chirilsa, siz avtomatik ravishda ko‘p saytlardagi hisobingizdan chiqib ketasiz.

Maxfiylikni himoya qilish yoki smartfon xotirasida bo‘sh joy yaratish uchun barcha cookie-fayllarni o‘chirishingiz mumkin.

  1. ustiga bosing.

  2. Maxfiylik rukniga kiring.

  3. Ma’lumotlarni tozalash tugmasini bosing.

  4. Veb-sahifa ma’lumotlarini belgilang.

  5. Qolgan barcha bandlardan belgilarni olib tashlang (agar faqat cookie-fayllarni o‘chirishni istasangiz).

  6. Ma’lumotlarni tozalash tugmasini bosing.

  7. Ma’lumotlarning o‘chirilishini tasdiqlang.

Yordam xizmatiga yozish