Kesh

Brauzer keshi (cache) — siz tashrif buyurgan sahifalardan ayrim ma’lumotlarning nusxalari saqlanadigan jild. Odatda keshda ikkita so‘rov o‘rtasidagi vaqt oralig‘ida o‘zgarishi mumkin bo‘lmagan sahifa elementlari saqlanadi: musiqa, video, rasm, uslublar, skriptlar. Siz ayni sahifani yana bir bor ochganda brauzer internetdan ma’lumot so‘ramaydi, shunchaki ularni keshdan oladi. Sahifa tezroq ochiladi, tarmoqqa yuklama kamayadi.

Keshni tozalash

  1. ustiga bosing.

  2. Maxfiylik rukniga kiring.

  3. Ma’lumotlarni tozalash tugmasini bosing.

  4. Keshni belgilang.

  5. Qolgan barcha bandlardan belgilarni olib tashlang (agar faqat Brauzer keshini tozalashni istasangiz).

  6. Ma’lumotlarni tozalash tugmasini bosing.

  7. Ma’lumotlarning o‘chirilishini tasdiqlang.

Keshni SD-kartaga uzatish

Odatda kesh smartfonning ichki xotirasiga yozib olinadi. Ichki xotirada bo‘sh joyni tejash uchun keshni SD-kartaga ko‘chirish mumkin. U Brauzer talablariga javob berishi lozim. Ilova keshni ko‘chirmoqchi bo‘lganingizda kartani tekshiradi.

Diqqat

Tashqi xotiraga nusxalangan axborotlardan har qanday tashqi ilovalar, shu jumladan, zararli dasturlar ham foydalana oladi. Shuning uchun Brauzer keshni shifrlangan shaklda kartaga uzatadi.

Keshni uzatish funksiyasini yoqish

  1. tugmasini bosing.

  2. Qo‘shimcha bo‘limida SD-kartada keshni saqlash parametrini yoqing.

  3. Ilova SD-kartani tekshirishini kuting. Bunga bir necha daqiqa vaqt ketishi mumkin.

  4. Agar SD-kartangiz mos kelsa, oynada quyidagini tanlang:
    - Qayta ishga tushirish tugmasi Brauzerni zudlik bilan qayta ishga tushirish va keshni SD-kartaga yozishni boshlash uchun xizmat qiladi.
    - Keyinroq tugmasi brauzerni qayta ishga tushirish va keshni ko‘chirish amalini kechiktirish uchun xizmat qiladi. Brauzer qayta ishga tushirilgach, kesh uzatiladi. Ungacha u ichki xotiraga yoziladi.

    Sharh

    Agar bunday funksiya bo’lmasa, u qurilmangiz ishlab chiqaruvchisi yoki sizdagi Android versiyasida dastaklanmaydi.

Keshni avtomatik uzatish

Agar uzatish funksiyasi yoqilgan bo‘lsa, ilova har gal ishga tushganda, Brauzer o‘rnatilganda yoki yangilanganda SD-kartaga yozish imkoniyati tekshiriladi. Agar ruxsat mavjud bo‘lsa, kesh avtomatik ravishda SD-kartaga uzatiladi.

SD-kartani chiqarsa nima yuz beradi

Karta chiqarilgach, kesh ichki xotiraga yoziladi.

Brauzer ishlayotgan vaqtda xotira kartasi chiqarilsa, Brauzer ishlashda davom etadi va kesh u qayta ishga tushirilguncha saqlanmaydi. Brauzer qayta ishga tushirilgach, kesh smartfonning ichki xotirasida yozilishni boshlaydi.

Yordam xizmatiga yozish