SaveFrom.net, Frigate va qator boshqa kengaytmalar foydalanuvchilari uchun ma’lumot
Kengaytmalar xatarli va g‘arazli xatti-harakatlar tufayli faolsizlantirilgan. Tafsilotlar bilan Brauzer blogi va Xabr resursida tanishing.
Kengaytmalar
Kengaytmalar — bu brauzerga o‘rnatilgan yangi funksiyalarni kiritadigan mini-dasturlar, masalan ular noqulay reklamalarni bloklaydi, kecha rejimini yoqadi yoki parollarni boshqaradi. Mobil Yandex Brauzerga Brauzer jamoasi tomonidan yaratilgan yoki tashqi kataloglar: Chrome brauzeri yoki Opera brauzeridan kengaytmalarni o‘rnatish mumkin.
Brauzerdagi kengaytmalar
Mavjud kengaytmalarni tahlil qilish va foydalanuvchi imtiyozlarini o‘rganish Brauzer uchun eng ommabop, foydali va xavfsiz kengaytmalarni tanlab olishga imkon berdi.
Kengaytmalar sahifasiga kirish uchun:
Ochiq turgan varaqda → Qo‘shimchalar tugmasini bosing.
Agar ilgari kengaytmalarni Brauzerga o‘rnatgan bo‘lsangiz, ularning ro‘yxati ochiladi. Ro‘yxat ostidagi Qo‘shimcha kengaytmalar ustiga bosing.
Ochilgan sahifada Brauzerga o‘rnatmoqchi bo‘lgan kengaytmani belgilang.
Yoqish va o‘chirish
Ochiq turgan varaqda → Qo‘shimchalar tugmasini bosing.
Agar ilgari kengaytmalarni Brauzerga o‘rnatgan bo‘lsangiz, ularning ro‘yxati ochiladi. Ro‘yxat ostidagi Qo‘shimcha kengaytmalar ustiga bosing.
Ro‘yxatda kerakli kengaytmani toping va kalitni Yoniq holatiga keltiring. / O‘chiq
Kengaytmalar funksionalligi
Kengaytma funksiyalari jamlanmasiga kirish va uning ishlash natijasini ko‘rish uchun:
Ochiq turgan varaqda → Qo‘shimchalar tugmasini bosing.
Brauzerda o‘rnatilgan kengaytmalar ro‘yxati ochiladi. Kerakli kengaytmali satrni bosing.
Kengaytma ishi natijasi (masalan, ob-havo ma’lumoti) ko‘rsatilgan oyna ochiladi yoki siz uning xususiyatlariga kirishingiz mumkin bo‘ladi (masalan, parollar menejerida asosiy parolni kiritishingiz mumkin).
O‘chirish
Kengaytmalarni faqat Boshqa manbalardan blokida o‘chirishingiz mumkin.
Sharh
Boshqa manbalardan bloki agar siz kengaytmani oldin Opera Add-ons yoki Chrome Web Store internet do‘konlaridan o‘rnatgan bo‘lsangiz paydo bo‘ladi.
Ochiq turgan varaqda → Qo‘shimchalar tugmasini bosing.
Agar ilgari kengaytmalarni Brauzerga o‘rnatgan bo‘lsangiz, ularning ro‘yxati ochiladi. Ro‘yxat ostidagi Qo‘shimcha kengaytmalar ustiga bosing.
Kerakli kengaytmaning tavsifida Batafsil tugmasini bosing.
Oʻchirish tugmasini bosing.
Sozlamalar
Kengaytma sozlamalarni o‘zgartirish uchun:
Ochiq turgan varaqda → Qo‘shimchalar tugmasini bosing.
Agar ilgari kengaytmalarni Brauzerga o‘rnatgan bo‘lsangiz, ularning ro‘yxati ochiladi. Ro‘yxat ostidagi Qo‘shimcha kengaytmalar ustiga bosing.
Kerakli kengaytmaning tavsifida Batafsil tugmasini bosing.
Tavsif ostida Sozlamalar tugmasini bosing. Agar bunday tugma bo‘lmasa, demak bunday kengaytmani sozlash imkoniyati taqdim etilmaydi.
Kengaytmalarni ishlab chiquvchilar uchun axborot
Yangilash
Brauzerdagi barcha kengaytmalarni yangilash uchun:
Aqlli satrdabrowser://extensions manzilini kiriting. Brauzerda o‘rnatilgan barcha kengaytmalar ro‘yxati mavjud sahifa ochiladi.
Sahifaning yuqori o‘ng burchagida Dasturchi rejimi parametrini yoqing.
Ro‘yxat yuqorisidagi Yangilash tugmasini bosing.
Sinash
Brauzerda ishlab chiqilgan kengaytmani sinash uchun:
Aqlli satrda browser://extensions manzilini kiriting. Brauzerda o‘rnatilgan barcha kengaytmalar ro‘yxati mavjud sahifa ochiladi.
Sahifaning yuqori o‘ng burchagida Dasturchi rejimi parametrini yoqing.
Ro‘yxatning yuqorisida Paketdan chiqarilgan kengaytmani yuklab olish bandini bosing.
Fayllarni tanlash uchun tizim muloqoti ochiladi. Uning ko‘rinishi va xatti-harakati Android versiyasiga va o‘rnatilgan ilovalar ro‘yxatiga (masalan, turli fayl menejerlari) bog‘liq. Sinalayotgan kengaytmali jildga yo‘l toping va undagi manifest.json faylini tanlang.
Yuklab olingan kengaytma Brauzerga o‘rnatiladi va uning ishlashini tekshirishingiz mumkin bo‘ladi.
Tuzatish
Yandex Brauzer yordamida kompyuter uchun kengaytmangizni sozlash uchun:
Smartfonni kompyuterga ulang.
Smartfonda Yandex Brauzerni ishga tushiring.
→ ustiga bosing.
Dasturchi parametrlarini oching.
Veb-sahifalarni USB orqali tuzatish parametrini yoqing.
Ekranda mobil Brauzerda ochilgan varaqlar ro‘yxati chiqadi. Ushbu varaqlardan biri sizning kengaytmangizga mos keladi —uning tavsifi ostida inspect havolasini bosing.
Kengaytmalarga oid muammolar
Kengaytmalarning o‘zi o‘chadi
Qurilmada bo‘sh xotira borligini tekshiring. Uni tozalashga urinib ko‘ring:
ortiqcha ilovalarni o‘chiring;
o‘chirish mumkin bo‘lmagan ilovalarni vaqtincha faolsizlantiring;