Brauzerda videoni ijro etish

Mobil Yandex Brauzer mp4, webm, ogv, x-m4v kengaytmali video fayllarni ocha oladi.

flv, wmv va hls kengaytmali video fayllar dastaklanmaydi.

Videoni boshqarish

Videoni aylantirish

Videoni 10 soniya oldinga yoki orqaga aylantirish uchun mos ravishda video rolikning o’ng yoki chap tomonlarini ikki marta bosing.

Videolarni ilovalar ustida ochish

Sharh

Funksiya barcha foydalanuvchilar uchun mavjud emas, chunki u ishlab chiqish jarayonida.

Agar Brauzerda butun ekran rejimida video tomosha qilayotganda boshqa ilovaga kirsangiz, video ushbu ilovaning yuqori qismidagi kichik oynaga joylashtiriladi. Oynani bosish orqali siz Brauzerda video tomosha qilishga qaytasiz. Video oynasi ekranning istalgan joyiga joylashtirilishi mumkin.

Bu funksiyani yoqish uchun:

  1. tugmasini bosing.

  2. Video bo’limiga kiring.

  3. Quyidagi parametrlarni yoqing:

    • Boshqa ilovalar ustida ochish — butun ekran rejimidan chiqilganda, video ijrosi alohida oynada davom ettiriladi.

    • Varaqni almashtirganda videoni ko’rsatish — Brauzerda boshqa varaqqa yoki boshqa ilovaga o’tganda video ijrosi alohida oynada davom ettiriladi.

Videoga oid muammolar

Video ijrosi sekin

Tovush videodan oldin kelishi yoki video o’rnida qora ekran namoyish etilishi mumkin.

Vaqtinchalik kengaytmalarni va energiyani tejash rejimini o’chiring, kesh va cookie-fayllarni tozalang. Brauzer keshi xotira kartasida saqlanmayotganini tekshiring.

Kengaytmalarni faolsizlantirish
  1. Ochiq turgan varaqda Qo‘shimchalar tugmasini bosing.

  2. Ro‘yxatda kerakli kengaytmani toping va tanlagichni O‘chiq holatiga keltiring.

Quvvat tejashni faolsizlantirish
  1. tugmasini bosing.

  2. Quvvat tejash rejimi bandini bosing.

  3. Quvvat tejalishini boshqarish maydonchasida slayderni O’ch. holatigacha suring.

Keshni tozalash
  1. ustiga bosing.

  2. Maxfiylik rukniga kiring.

  3. Ma’lumotlarni tozalash tugmasini bosing.

  4. Keshni belgilang.

  5. Qolgan barcha bandlardan belgilarni olib tashlang (agar faqat Brauzer keshini tozalashni istasangiz).

  6. Ma’lumotlarni tozalash tugmasini bosing.

  7. Ma’lumotlarning o‘chirilishini tasdiqlang.

Cookie-faylni tozalab tashlash
  1. ustiga bosing.

  2. Maxfiylik rukniga kiring.

  3. Ma’lumotlarni tozalash tugmasini bosing.

  4. Veb-sahifa ma’lumotlarini belgilang.

  5. Qolgan barcha bandlardan belgilarni olib tashlang (agar faqat cookie-fayllarni o‘chirishni istasangiz).

  6. Ma’lumotlarni tozalash tugmasini bosing.

  7. Ma’lumotlarning o‘chirilishini tasdiqlang.

Brauzer keshini xotira kartasidan qaytarish
  1. tugmasini bosing.

  2. Qo’shimcha bo’limiga kiring.

  3. Agar Keshni SD-kartada saqlash parametri yoqilgan bo‘lsa, uni faolsizlantiring.

Video sifati past

Videoni ijro etish sifati odatda Internet tezligiga bog’liq. U haddan tashqari past bo’lsa, unda keshni tozalab ko’ring:

  1. ustiga bosing.

  2. Maxfiylik rukniga kiring.

  3. Ma’lumotlarni tozalash tugmasini bosing.

  4. Keshni belgilang.

  5. Qolgan barcha bandlardan belgilarni olib tashlang (agar faqat Brauzer keshini tozalashni istasangiz).

  6. Ma’lumotlarni tozalash tugmasini bosing.

  7. Ma’lumotlarning o‘chirilishini tasdiqlang.

Veb-saytga kirishda videoning avtomatik ijrosini o‘chirolmayapman

Ayrim veb-saytlarga o‘tilganda, video ijrosi avtomatik ravishda boshlanadi. Brauzerda veb-saytlardagi videolarni avtomatik ishga tushirishni faolsizlantirish imkonsiz.

Yordam xizmatiga yozish