Tarjimon

Mobil Yandex Brauzer yuklangan sahifaning tilini avtomatik ravishda aniqlaydi va uni tanlashingizga qarab rus yoki boshqa tilga tarjima qilishi mumkin. Bundan tashqari, tarjimon rasmlardagi matnni aniqlaydi va tarjimani asl matn ustida ko’rsatadi.

Tarjimon oynalari

Bu rejimda matn, rasm, veb-sayt sahifasini to‘g’ridan-to‘g’ri joriy varaqda tarjima qilish mumkin.

Sahifalarni avtomatik ravishda tarjima qilish

Agar Brauzer ochilganda sahifalarni avtomatik ravishda tarjima qilishni xohlasangiz:

  1.  →  → Yandex Tarjimon tugmasini bosing.

  2. Sahifani avtomatik tarjima qilish parametrini yoqing.

Sahifalarni avtomatik tarjima qilishni o’chirish
  1.  →  → Yandex Tarjimon tugmasini bosing.

  2. Sahifani avtomatik tarjima qilish parametrini faolsizlantiring.

Tarjimon ishlamayapti

Brauzerda tarjimon standart holatda yoqilgan. Tarjimon oldinroq oddiy usulda faolsizlantirilmaganiga ishonch hosil qiling:

  1.  →  → Yandex Tarjimon tugmasini bosing.

  2. Quyidagi variantlar yoqilganiga ishonch hosil qiling:

    • Sahifani tarjima qilishni taklif qilish.

    • Sahifani avtomatik tarjima qilish (sahifalar interfeys tiliga so’rovsiz tarjima qilinadi).

    • Rasmlarni avtomatik tarjima qilish (sahifa tarjima qilinganda rasmlardagi matn ham tarjima qilinadi).

    • So’zlar va iboralarni tarjima qilish.

Bu rejimda tarjimon alohida varaqda ochiladi.

Uni ochish uchun quyidagi usullardan birini tanlang:

  •  → tugmasini bosing.

  • Pastki panelda tugmasini bosing. Tablo ostidagi Tarjima bandini tanlang.

Agar Tarjima tugmasi bo’lmasa, sozlamalarda bu funksiya yoqilganini tekshirib ko’ring:

  1. ustiga bosing.

  2. Bosh ekrandagi kartochkalar bo’limida Neyrovositalar funksiyasini yoqing.

Tarix

  • Tarjimalar tarixini ko’rish uchun  → Tarix tugmasini bosing.

  • Tarjimani tarixdan o’chirish uchun uni chapga suring va tugmasini bosing.

Sahifalar

Sahifani chet tilidan rus tiliga tarjima qilish uchun  → Sahifani tarjima qilish tugmasini bosing.

Aqlli satrning o’ng tomonida belgisi paydo bo’ladi, ekranning yuqori qismida esa tarjima jarayonining borishi ko’rsatiladigan panel ko’rinadi.

Tarjima tilini almashtirish

Sahifani tanlagan tilingizga tarjima qilish uchun, tarjima panelidagi ro’yxatda kerakli tilni tanlang.

Sharh

Agar sozlamalarda rasmlarni avtomatik tarjima qilish yoqilgan bo’lsa, til almashtirilganda ular yangi tilga tarjima qilinadi. Agar rasmlarni avtomatik tarjima qilish o’chirilgan bo’lsa, unda til almashtirilgandan keyin ekranning yuqori qismidagi tarjima panelida  belgisini bosing.

Asl tildagi sahifaga qaytishni mana bunday bajarish mumkin:

Aqlli satrdan

Aqlli satrning o‘ng tomonida belgisini bosing.

Tarjima panelidan

Tarjima panelning o’ng tomonida belgisiga bosing.

Sahifa menyusidan

 → Aslini ko’rsatish tugmasini bosing.

Tarjimonni faolsizlantirish uchun:

  1.  →  → Yandex Tarjimon tugmasini bosing.

  2. Sahifani tarjima qilishni taklif qilish parametrini faolsizlantiring.

  1. Usullardan birini tanlang:

    •  → tugmasini bosing.

    • Pastki panelda tugmasini bosing. Tablo ostidagi Tarjima bandini tanlang.

    Tarjimon yangi varaqda ochiladi.

  2. Kiritish satriga veb-sayt URL manzilini kiriting.

  3. Kiritish satri ustida tarjima tilini tanlang,   tugmasini bosing. Tarjimon natijani havola ko’rinishida chiqaradi.

  4. Veb-sayt tarjimasini yangi varaqda ochish uchun havolani bosing.

So’zlar va iboralar

Brauzer alohida so’zlar va gaplarni rus tiliga tarjima qiladi. So’z yoki iboraning tarjimasini ko’rish uchun ularni belgilang. Ekranning yuqori qismida tarjima joylashgan panel paydo bo’ladi.

So’z yoki iboraning barcha tarjimalarini ko’rish uchun:

  1. Ularni matnda belgilang.

  2. Paydo bo’lgan panelda  → Yandex Tarjimon tugmasini bosing.

Tarjimonni faolsizlantirish
  1.  →  → Yandex Tarjimon tugmasini bosing.

  2. So’z yoki jumlalarni tarjima qilish parametrini faolsizlantiring.

  1. Usullardan birini tanlang:

    •  → tugmasini bosing.

    • Pastki panelda tugmasini bosing. Tablo ostidagi Tarjima bandini tanlang.

    Tarjimon yangi varaqda ochiladi.

  2. Kiritish satriga so‘z yoki jumlani kiriting.

  3. Kiritish satri ustida tarjima tilini tanlang,   tugmasini bosing.

Oynada so’zning tarjimasi, uning sinonimlari va qo’llanishiga doir misollar paydo bo’ladi. Amalni tanlang:

  • Boshqa tarjima tilini tanlash uchun rasmning tepasidagi tugmasini bosing.

  • Tarjima qilingan so’zni ovoz bilan eshitish uchun tugmasini bosing.

  • Tarjimadan nusxa olish uchun tugmasini bosing.

  • Tarjimani baholash uchun yoki tugmasini bosing.

Rasmlarni tarjima qilish

Bitta rasm

  1. Rasmni bosing va ushlab turing.

  2. Kontekst menyusidan Rasmni tarjima qilish bandini tanlang. Tarjima rasm ustida paydo bo’ladi.

Tasvirning asl nusxasini ko’rish

1. Rasmni bosing va ushlab turing.

2. Kontekst menyusidan Aslini ko’rsatish bandini tanlang.

Rasm tarjima qilinmayapti

Rasmdagi matn tarjima qilinmaydi, agar:

  • rasm yetarlicha tiniq bo’lmasa;

  • matn qo’lda yoki qiyalatib yozilgan;

  • rasm haddan tashqari kichik.

Barcha rasmlar

  • Agar sozlamalarda Rasmlarning avtomatik tarjimasi varianti yoqilgan bo’lsa, shunchaki sahifani tarjima qilish yetarli bo’ladi.

  • Agar Rasmlarning avtomatik tarjimasi o’chirilgan bo’lsa, ekranning yuqori qismidagi tarjimda panelida belgisini bosing.

Rasmlardagi original rasmni qaytarish uchun  belgisini bosing. Original tilda sahifalar va rasmlarni ko’rish uchun tarjimalar panelida  belgisiga bosing.

Sharh

Siz rasmlarni sahifadan tashqarida ham tarjima qilishingiz mumkin. Qurilmadagi fotosurat yoki rasmni varaq yoki rejimida tarjima qilish mumkin.

Rasmlarni avtomatik tarjima qilishni yoqish

Agar sahifa tarjima qilinganda rasmlar ham avtomatik tarjima qilinishini xohlasangiz:

  1.  →  → Yandex Tarjimon tugmasini bosing.

  2. Rasmlarni avtomatik tarjima qilish parametrini yoqing.

Rasmlarni avtomatik tarjima qilishni faolsizlantirish

Agar sahifalar tarjima qilinganda rasmlar avtomatik tarjima qilinishini xohlamasangiz:

  1.  →  → Yandex Tarjimon tugmasini bosing.

  2. Rasmlarni avtomatik tarjima qilish parametrini faolsizlantiring.

  1. Usullardan birini tanlang:

    •  → tugmasini bosing.

    • Pastki panelda tugmasini bosing. Tablo ostidagi Tarjima bandini tanlang.

    Tarjimon yangi varaqda ochiladi.

  2. Qurilmadan rasm yuklab olish uchun tugmasini bosing.

  3. Kiritish satri ustida tarjima tilini tanlang,   tugmasini bosing.

Oynada asl matn ustiga tarjima qilingan rasm paydo bo’ladi. Amalni tanlang:

  • Boshqa tarjima tilini tanlash uchun rasmning tepasidagi tugmasini bosing.

  • Tarjima qilingan rasmni saqlash uchun  tugmasini bosing.

  • Tarjimani baholash uchun yoki tugmasini bosing.

Jonli efir

Brauzer jonli videolarni (strimlar, jonli efirlar) tarjima qila oladi. Siz YouTube kanallari orqali Real vaqt rejimida o'zbek tilidagi eshittirishlarni tomosha qilishingiz mumkin.

Neyrotarmoq audiotrekni darhol to’liq qabul qilib oladigan yozib olingan roliklardan farqli o’laroq, bevosita translyatsiyalar vaqtida u sinxron tarjimon kabi “yo’l-yo’lakay” ishlaydi. Aniqlash va talaffuz uchun vaqt kerak, shuning uchun tarjima translyatsiya boshidanoq emas, balki bir necha soniyadan keyin paydo bo’ladi.

Subtitrlar tarjimasi

Cheklov

Hozirgi paytda Yandex subtitrlari Coursera, VKontakte, YouTube, Twitch, Vimeo, 9GAG kabi ayrim xostinglardagi videolarda mavjud.

Yandex Brauzer tarjima qilishi mumkin bo’lgan videolar uchun subtitrlarni dastaklaydi. Subtitrlarni yoqish va sozlash uchun:

  1. Videoda ustiga bosing.

  2. Subtitrlarnilarni sozlash uchun ustiga bosing va tanlang:

    • Til — asl yoki tarjima tilini tanlashingiz mumkin. Agar videoda subtitrlar boʼlsa, Yandex emas, balki xizmat subtitrlarini ko’rsatish mumkin.
    • So’zlarni yoritish — ayni paytda talaffuz qilinayotgan so’z yoritib ko’rsatiladi. Bu funksiya faqat asl tildagi Yandex subtitrlariga tatbiq etiladi.

Sharh

So’zning tarjimasini subtitrda ko’rish uchun noma’lum so’zni bosing — qalqib chiquvchi oynada so’z va jumlaning tarjimasi paydo bo’ladi, video esa to’xtaydi. Tomoshani davom ettirish uchun videodagi oynaning istalgan joyiga bosing.

Video tarjimasi bo’lgan subtitrlarni yoqolmayapman
  1.  →  → Yandex Tarjimon tugmasini bosing.

  2. Agar videoni to’liq ekran rejimida yoki ilovalar ustida (“rasm ichida rasm”) ko’rayotgan bo’lsangiz, subtitrlarni yoqish imkoni bo’lmaydi. Oddiy rejimga qayting, subtitrlarni yoqing va sozlang. Keyin videoni to’liq ekranda yoki ilovalar ustida qayta oching.

Subtitrlarni tarjimasiz qanday yoqish mumkin
  1. Tarjima belgisi yonidagi ustiga bosing.

  2. Subtitrlar funksiyasini yoqing.

  3. Til maydonida asl tilni tanlang. Agar xizmatning o’z subtitrlari bo’lsa, ularni ham tanlash mumkin.

Yordam xizmatiga yozish