Bukmarklar

Bukmarklar — bu sahifalar, suratlar va videolarga saqlangan havolalar.

Bukmarklarga qo‘shish

 → Bukmarklarga qo‘shish tugmasini bosing.

Odatda havola joriy jildga yoki avvalgi saqlangan jildga saqlanadi. Agar uni boshqa jildga saqlamoqchi bo‘lsangiz, yangi jild yaratish yoki mavjud jildga saqlash uchun O‘zgartirish tugmasini bosing.

Bukmarklarni ochish

 → Bukmarklar belgisini bosing.

Bukmarkni tahrirlash

  1. Bukmarklar ro‘yxatini oching.

  2. Bukmarkni bosing va ushlab turing.

  3. Ochilgan kontekst menyusida O‘zgartirishni bosing.

  4. Bukmark Nomi yoki Manzilini o‘zgartiring.

  5. Saqlash ustiga bosing.

Bukmarkni olib tashlash

  1. Bukmarklar ro‘yxatini oching.

  2. Bukmarkni bosing va ushlab turing.

  3. Ochilgan kontekst menyusida O‘chirib tashlashni bosing.

  4. O‘chirish amalini tasdiqlang.

Turli qurilmalardagi bukmarklar

Sinxronlashdan keyin brauzer barcha sinxronlangan qurilmalardan (kompyuter, planshet, smartfon) bukmarklarni chiqaradi.

Qurilmadagi bukmarkka kirish

  1.  → Bukmarklar belgisini bosing.

  2. Kerakli jildni tanlang: Kompyuter yoki Mobil.

  3. Bukmarkli satrni bosing.

Bukmarklarni sinxronlash xususiyatlari

  • Bitta qurilmada bukmarklarni kiritsangiz yoki o‘chirsangiz, bu o‘zgarishlar tarmoqdagi boshqa qurilmalaringizda ham aks ettiriladi.

  • Agar siz bir xil sahifa uchun turli xil qurilmalarda bukmarklar yaratsangiz, boshqalardan oldin server bilan sinxronlangan bukmark saqlanadi.

  • Bir turdagi qurilmalar bukmarklari umumiy ro‘yxatga qo‘shiladi. Misol uchun, sinxronlash har ikkala kompyuter va smartfonda yoqilgan bo‘lsa, smartfondagi bukmarklarda Kompyuter jildini ko‘rasiz va unda ikkita kompyuterdagi bukmarklar birlashtirilgan bo‘ladi.

Yordam xizmatiga yozish
Avvalgisi