Ruxsatlar

Mobil Yandex Brauzerning to‘g’ri ishlashi uchun ruxsatlar berilishi zarur. Ularning bir qismi o’rnatish paytida, boshqa qismi esa funksiya ishga tushirilganda so’raladi.

Bildirishnomalarga kirishga ruxsat berish

Yandex xizmatlaridan eslatmalar yuborish uchun talab qilinadi.

Agar o’rnatish paytida Brauzerga bildirishnomalarga kirish huquqini berishdan bosh tortgan bo’lsangiz, buni keyinroq qilishingiz mumkin:

Sharh

Mobil qurilmalar ishlab chiqaruvchilari Android interfeysini o’zgartirishi mumkin. Quyida o’zgartirilmagan Android uchun ko’rsatmalar keltirilgan.

  1. Smartfon sozlamalarini oching.
  2. Bildirishnomalar → Ilovalar sozlamalari ustiga bosing.
  3. Brauzer uchun funksiyasini yoqing.

Kameraga kirish

Rasmga qarab qidirish uchun talab etiladi.

Agar o’rnatish paytida Brauzerga kameradan foydalanishga ruxsat bermagan bo’lsangiz, buni keyinroq ham qilishingiz mumkin:

Sharh

Mobil qurilmalar ishlab chiqaruvchilari Android interfeysini o’zgartirishi mumkin. Quyida o’zgartirilmagan Android uchun ko’rsatmalar keltirilgan.

  1. Smartfon sozlamalarini oching.
  2. Ilovalar va bildirishnomalar → Ilovalarga berilgan ruxsatlar → Barcha ilovalarni ko’rsatish ustiga bosing.
  3. Ilovalar ro’yxatida Yandex Brauzerni tanlang.
  4. Ruxsatlar bandiga bosing.
  5. Kamera parametrini yoqing.

Joylashuvni aniqlash

Quyidagi holatlarda ishlatiladi:

  • saytlar siz uchun muhim axborotlarni (masalan, ob-havo, tirbandlik yoki xaritani) chiqaradi;
  • Aqlli satrda haqiqiy maslahatlar chiqadi (masalan, ob-havo haqida);
  • sozlamalarda mintaqada ishlatiladigan qidiruv tizimlarining jamlanmasi chiqadi;
  • Tabloda mintaqa uchun standart sifatida belgilangan saytlar jamlanmasi chiqadi.

Agar o’rnatish paytida Brauzerga joylashuvingiz haqidagi maʼlumotlardan foydalanish huquqini bermagan bo’lsangizsiz, buni keyinroq ham qilishingiz mumkin:

Sharh

Mobil qurilmalar ishlab chiqaruvchilari Android interfeysini o’zgartirishi mumkin. Quyida o’zgartirilmagan Android uchun ko’rsatmalar keltirilgan.

  1. Smartfon sozlamalarini oching.
  2. Ilovalar va bildirishnomalar → Ilovalarga berilgan ruxsatlar → Barcha ilovalarni ko’rsatish ustiga bosing.
  3. Ilovalar ro’yxatida Yandex Brauzerni tanlang.
  4. Ruxsatlar bandiga bosing.
  5. Joylashuv parametrini yoqing.

Fayllarga kirish

Sharh

Mobil qurilmalar ishlab chiqaruvchilari Android interfeysini o’zgartirishi mumkin. Quyida o’zgartirilmagan Android uchun ko’rsatmalar keltirilgan.

  1. Smartfon sozlamalarini oching.
  2. Ilovalar va bildirishnomalar → Ilovalarga berilgan ruxsatlar → Barcha ilovalarni ko’rsatish ustiga bosing.
  3. Ilovalar ro’yxatida Yandex Brauzerni tanlang.
  4. Ruxsatlar bandiga bosing.
  5. Xotira funksiyasini yoqing.
Yordam xizmatiga yozish