Qidiruvdagi saytda mualliflik huquqlarimni buzuvchi kontent mavjud
Yandex qidiruv natijalarida internetdagi ommabop materiallar taqdim etiladi. Qidiruv tizimlari kontentni boshqa shaxslarning saytlaridan oʻchira olmaydi va hatto Yandex qidiruv natijalarida bunday sahifalarga havolalar boʻlmasa‑da, kontent hamon internetda mavjud boʻladi, huquqlaringizning buzilishi ham davom etadi.
Yandex avtomatik rejimda foydalanuvchilarning soʻrovlari asosida qidiruv natijalarini chiqarib beradi, topilgan sahifalarni nazorat qilmaydi va ular uchun javob bermaydi. Yandex qidiruv natijalarida biror sahifada sizning eksklyuziv huquqlaringiz buzilganini aniqlasangiz, ular joylashgan saytlar administratorlari yoki xosting provayderlariga murojaat qiling. Agar muammoli kontent bu kabi sahifalarda bloklansa yoki oʻchirilsa, yoki boshqa shaklda ularga kirish cheklansa, biroz vaqt oʻtib ularga havolalar avtomatik ravishda qidiruv natijalaridan olib tashlanadi.
Qidiruv tizimida indekslash kechikishlar bilan amalga oshirilishi mumkin, shu sababli oʻchirilgan yoki bloklangan kontent haqidagi maʼlumotlar, shuningdek, sahifaning saqlangan nusxasi maʼlum bir muddat Yandex qidiruv natijalarida saqlanib qolishi mumkin. Maʼlumoti allaqachon oʻchirilgan, lekin hali ham qidiruv natijalarida koʻrinib turgan sahifa haqida shu yerda xabar berishingiz mumkin.
Agar mualliflik huquqlaringiz buzilayotganini aniqlasangiz va Yandex qidiruv natijalaridagi mualliflik huquqi buzilishi toʻgʻrisida ariza bermoqchi boʻlsangiz, iltimos, quyidagi shaklni toʻldiring.
Toʻldirishdan oldin diqqat bilan tanishib chiqing
Arizangizning qonuniyligiga ishonch hosil qilish uchun zarur tekshiruvlarni oʻtkazishingizni (jumladan, yuridik maslahat olishingizni) tavsiya qilamiz. Eʼtibor bering, noqonuniy va asossiz arizalar yuborish yoki yolgʻon yoxud chalgʻituvchi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan arizalar berish siz uchun yuridik javobgarlikka sabab boʻlishi mumkin. Shuning uchun quyidagi shaklni toʻldirishdan oldin tegishli asarning huquq egasi ekaningizga yoki huquq egasining manfaatlarini qonuniy tarzda himoya qilish huquqiga ega ekaningizga, shuningdek, siz shikoyat qilayotgan saytda asardan foydalanishga ruxsat beruvchi asoslar yoʻqligiga ishonch hosil qiling.
Eʼtibor bering, barcha arizalaringizda mualliflik huquqi taxminan buzilgan asarning batafsil tavsifi, qoʻllab‑quvvatlash xizmatimiz xodimlari huquqbuzarlik mavjudligini aniqlashi uchun qonuniy joylashtirilgan asarga havola, siz bloklamoqchi boʻlgan va mualliflik huquqini taxminan buzayotgan saytga havola hamda vakolatli milliy sud yoki maʼmuriy organ tomonidan berilgan mualliflik huquqlaringiz buzilganini tasdiqlovchi hujjat boʻlishi shart. Agar zarur maʼlumotlarni taqdim etmasangiz, bildirishnomangizni koʻrib chiqmasligimiz mumkinligini yodda tuting.
Eslatma: mualliflik huquqining buzilishiga oid ushbu qoidalar faqat www.yandex.uz domeni va unga tegishli quyi domenlarga nisbatan qoʻllaniladi. Agar boshqa domenlar bilan bogʻliq muammoga duch kelsangiz, iltimos, ularda koʻrsatilgan yoʻriqnomalarga amal qiling.
Quyidagi shakl faqat mualliflik huquqining taxminiy buzilishi haqida xabar berish uchun ishlatiladi. Agar boshqa masala yuzasidan shikoyat qilmoqchi boʻlsangiz, iltimos, quyidagi shakllardan foydalaning: https://yandex.uz/support/abuse/ru/troubleshooting/search/list.
Mualliflik huquqlarining buzilishi haqida ariza berish uchun onlayn shakl