Yandex bosh sahifasiga o‘tishYandex bosh sahifasiga o‘tishYandex.Ob-havo bosh sahifasiga o‘tishYandex.Ob-havo bosh sahifasiga o‘tish
Yandex bosh sahifasiga o‘tishYandex bosh sahifasiga o‘tishYandex.Ob-havo bosh sahifasiga o‘tishYandex.Ob-havo bosh sahifasiga o‘tish

Hani

Havo ifloslanish bashorati

Yaxshiroq

Xavo sifati yaxshi. Tashqarida cheklanmagan miqdorda vaqtni o‘tkazish mumkin.

  • aqi40
  • aqi33
  • aqi23
  • aqi23
  • aqi35
  • aqi43
  • aqi42
  • aqi43

Havodagi ifloslantiruvchi moddalar

NO29µg/m³

Atmosferaga NO2 chiqarilishining asosiy manbalariga turli yonish jarayonlari kiradi (kommunal isitish tizimida, elektr energiyasi ishlab chiqarishda, yer usti va suv transportlaridagi ichki yonish dvigatelida). Azot dioksidining uzoq muddatli ta’siri fonida bolalarda, astma bilan kasallanganlarda bronxit alomatlari kuchayishi mumkin. Shuningdek, NO2 ifloslanishi bilan o‘pka funksiyalarining pasayishi ortib boradi.JSSTdan ma’lumotlar

PM107µg/m³

Diametri 10 mikrometrdan kam bo‘lgan ifloslantiruvchi moddalar zarralari nafas yo‘llarida cho‘kishi va salomatlik bilan bog‘liq muammolarga olib kelishi mumkin. Bunday zarralarning ta’siri ko‘z va tomoqda qichishni, yo‘tal, nafas olish qiyinlashishi yoki astmaning kuchayishiga olib kelishi mumkin. Nisbatan tez-tez va davomli ta’sir yanada jiddiyroq oqibatlarga olib kelishi mumkin.JSSTdan ma’lumotlar

SO22µg/m³

Tarkibida oltingugurt bo‘lgan, neft va gazni yoqish hamda mineral rudalarni eritishda hosil bo‘ladigan juda yomon hidli rangsiz gaz. SO2 moddasining atmosferaga chiqarilishining asosiy antropogen manbalariga turar-joy binolarini isitish, elektr energiya ishlab chiqarish maqsadida yoqilg‘i yoqilishi va ichki yonish dvigateli kiradi. Nafas olish tizimiga zarar yetkazishi, o‘pka funksiyasi buzilishi va ko‘zlar qichishiga sabab bo‘lishi mumkin. Nafas olish yo‘llarining shamollashi yo‘tal, balg‘am ko‘chishi, astmaning kuchayishi va surunkali bronxitga olib keladi hamda respirator infeksiyalariga qarshi kurashishni susaytiradi.JSSTdan ma’lumotlar

O310µg/m³

Ozonning yerga yaqin qatlami quyosh nurining ichki yonish dvigatellaridan va sanoat korxonalaridan chiquvchi gazlar bilan zararlangan havoga ta’siri natijasida hosil bo‘ladi. Ozon nafas olish buzilishini keltirib chiqarishi, astmaning rivojlanishiga olib kelishi, o‘pka funksiyasini pasaytirishi va o‘pka kasalliklarini chaqirishi mumkin.JSSTdan ma’lumotlar

PM2,54µg/m³

Diametri 2,5 mikrometrdan kam bo‘lgan ifloslantiruvchi moddalar zarralari o‘pka va qon aylanish tizimiga tushishi hamda salomatlik bilan bog‘liq jiddiy muammolarga olib kelishi mumkin. Eng jiddiy asoratlarni yurak va o‘pkada qoldirishi mumkin. Bunday zarralar ta’siri yo‘tal, nafas olish qiyinlashishi, astmaning kuchayishiga, shuningdek, surunkali nafas olish tizimi kasalliklariga olib kelishi mumkin.JSSTdan ma’lumotlar

CO171µg/m³

Rang va hidsiz gaz, undan ko‘p miqdorda nafas olganda, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, bosh aylanishi va qusish yuzaga kelishi mumkin. Uning takroriy uzoq vaqt davomidagi ta’siri yurak xastaliklariga olib kelishi mumkin.JSSTdan ma’lumotlar

AQI qiymatlari haqida batafsil

Yaxshiroq 0−50

Xavo sifati yaxshi. Tashqarida cheklanmagan miqdorda vaqtni o‘tkazish mumkin.

O‘rtacha 51−100

Umumiy olganda havo sifati aksariyat insonlar uchun qoniqarli. Lekin yuqori sezuvchanlikka ega insonlarda tashqarida bo‘lish kam va o‘rtacha og‘irlikdagi asoratlarni paydo qilishi mumkin.

Bir oz zararli 101−150

Havoning ifloslanishi yuqori darajaga yetdi, bu sezuvchanligi yuqori bo‘lgan insonlar uchun xavfli bo‘lishi mumkin. Agar siz nafas olishda qiyinchiliklarni yoki tomoq qichishini sezsangiz, tashqarida bo‘lish vaqtini qisqartiring.

Zararli 151−200

Uzoq vaqt davomida tashqarida bo‘lganda nafas olish qiyinlashishi yoki tomoq qichishi mumkin. Sezuvchanligi yuqori bo‘lgan insonlar darhol o‘zlarini yomon his qilishlari mumkin. Tashqarida bo‘lish vaqtini cheklang.

Juda zararli 201−300

Nafas olish qiyinlashishi yoki tomoq qichishi kabi alomatlar yuzaga kelishi mumkin; bino ichida qolish va tashqaridagi tadbirlarni kechiktirish tavsiya etiladi. Sezuvchanligi yuqori bo‘lgan insonlar darhol o‘zlarini yomon his qilishlari mumkin, ular tashqariga chiqmasliklari maqsadga muvofiq.

Xavfli 301−500

Tashqariga har qanday vaqtga chiqish, hatto bir necha daqiqaga, barcha aholi guruhlari uchun jiddiy asoratlarni tug‘dirishi mumkin. Ko‘chaga chiqmaslikka urining.
AQI ma’lumotlari baholovchi hisoblanadi va modelli taxminlash asosida olinadi.
Ifloslanish ta’siri haqidagi ma’lumotlar “Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti” axborotiga asoslanadi.