Andijon shahridagi yagona yo'lovchi poyezd stansiyasi. Ushbu vokzaldan respublikaning boshqa shahrlariga, xususan Toshken, Samarqand, Buxoro va Nukusga reyslar amalga oshiriladi. Ishchilari xushmuomala, ichki tozalikka qat'iy amal qilinadi.
Vokzalga faqat 1 tomondan kirsa bo'ladi, kirishning qarama-qarshi tomoni ko'prik qurilishi sabab buzib tashlangan. Vokzalda ko'p hollarda yo'lovchilar ko'pligi sabab o'rindiqlar yetishmaydi. Do'kon mavjud ammo tashqariga qaraganda narxlari qimmat. Cafe'lar mavjud emas. Deyarli doimo yuklarni tekshirish postining faqat 1 tomoni ishlatiladi.