Zilola Nurmatullayeva
10
Zilola Nurmatullayeva
0
obunachi
2
obuna
140,4ming
tomosha
Sharhlar
32
Suratlar
45
Khan Chapan
Toshkent • Bar
Saqlash
Sentabr 2025
Judayam zo‘r restoran. Taomlarining barchasi mazali. Oilaviy barchamizga ma'qul bo'ldi. Lekin baland musiqa sal dilni xira qiladi. Musiqalarning jonli ijro etilishi restoranga o‘zgacha joziba baxsh etmoqda. Atmosfera va servisga gap yo‘q.
Andalus
Toshkent • Supermarket
Saqlash
Sentabr 2025
Yaxshi do‘kon, faqat mahsulotlari boshqa gigant savdo tarmoqlariga qaraganda qimmat. Narxlarda farq bor. Mahsulotlarning joylashtirish o‘rinlari tartibli. Kassa yaxshi yo‘lga qo‘yilgan
Ecobozor
Toshkent • Bozor
Saqlash
Sentabr 2025
Yaxshi bozor. Bozorlarning yangi, rivojlangan va zamonaviy avlodi. Barcha turdagi mahsulotlarni ortiqcha qiyinchiliklarsiz topsa bo‘ladi. Qisqasi barcha o‘zbeklarga qulay va mos tanlov. Oilamizga ma'qul
Blue Mosque
Fatih • Masjid
Saqlash
Sentabr 2025
Judayam chiroyli masjid. Masjit toqidagi har bir bezaklar yuqori did bilan bezatilgan. Bezaklar har biri mahoratli xattotlar tomonidan yaratilgan. Turistlarga to‘la, go‘zal ma'ruzalar bilan yanada ko‘rkamlashgan maskan.
Gulhane Park
Fatih • O‘rmoq
Saqlash
Sentabr 2025
Istanbuldagi eng chiroyli bog‘lardan biri. Bog‘ muhitidagi turli-tuman daraxtlar, rang-barang gullar va ajoyib dizayndagi favvoralar tabiat go‘zalligiga yanada ko‘rk qo‘shib turibdi. Insonlar ishdan bo‘sh vaqtida maroqli hordiq chiqaradigan go‘zal bog‘. Daraxtlarning ko'pligini bog‘ havosini toza va musaffoligini ta'minlab turibdi. Bizga judayam yoqdi.
M-Clinic
Toshkent • Tibbiy markaz, klinika
Saqlash
Sentabr 2025
Dunyoning eng zamonaviy texnologiyalari asosida qurilgan va ta'mirlangan O'zbekistondagi eng yaxshi klinika. Barcha shifokorlari tajribali, kuchli bilim va salohiyatga ega yuqori klassifikatsiyadagi kadrlar. Klinkidaning barcha qavatlari, yo‘lak va davolash xonalari so‘nggi dizayndagi jahon standartlariga barqaror javob beradigan yangi avlod texnologiyalari va apparaturalari bilan ta'minlangan. Klinikadagi barcha bemorlar yuqori bilimli shifokorlar yordami bilan shifo topadi. Ayniqsa, mazkur klinikadagi shifokor travmotolog-ortoped Nurmatullayev Sa’dulla Xikmatullayevich kuchli bilim va yuqori tajriba egasi sifatida juda ko‘plab aynan shu soha bo‘yicha og'rigan bemorlarga shifo ulashishdan charchamaydi. Doktor Sa'dulla o'zining kuchli salohiyati va turli davlatlarda orttirib qaytgan amaliy tajribalari bilan klinikaga shifo izlab kelgan yuzlab bemorlarni oyoqqa turg‘azdi. Hozirda uning qo‘l ostidagi jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgan bemorlar avvalgi sog‘lom hayot tarziga qaytib sog‘lig‘idan mamnun umr kechirishmoqda. Doktor Sa'dullaga omad!!
Red Tower
Alanya • Muzey
Saqlash
Sentabr 2025
Chiroyli qal'a. O‘zida o‘tmish xotiralari, voqealari va jozibasini mujassam etgan bu qal'a turistlarga to‘la. Zinalari qaytadan ta'mirlanib texnik jihatdan takomillashtirilgan. E'tiborga molik jihati shundaki qal'aning eng yuqori qismidan tabiatning eng go‘zal manzarasini tomosha qilish mumkin!! Bu esa insonga haqiqiy tabiat mo‘jizalaridan bahramand bo'lish imkonini beradi.
Premium
Toshkent • Go‘zallik saloni
Saqlash
Avgust 2025
Haqiqiy nomiga mos premium salon. Barcha masterlari so‘nggi urf va dizayndagi xizmatlarni taqdim etishadi. Oxirgi modadagi luks kosmetikalardan foydalanishadi. Foydalanuvchilar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Mijozlar istagan turli shakldagi make up va soch turmagini maromiga yetkazib yaratib berishadi. Oilamizdagi o‘tkazilgan to'yda men ham aynan premium salonini tanladim. Munira opa men uchun yengil makiyaj va soch turmagini juda go‘zal shaklda yaratib berdilar. Hali hech qaysi makiyaj va turmak menga bunchalik ma'qul kelmagan. Munir make up ga alohida rahmat!! Barcha ishlari tahsinga sazovor!! Omad yor bo'lsin!!
Somsa
Toshkent • Qahvaxona
Saqlash
Avgust 2025
Yaxshi somsaxona. Taomlari mazali. Qulay lokatsiyada joylashgan. Barcha ho‘randalarga manzur ta'm va maskan. Oilamiz judayam yoqdi. Ishchilarga rahmat!! Faoliyatlarida omad!!
Taksim Mosque
Beyoğlu • Masjid
Saqlash
Avgust 2025
Chiroyli masjid. Naqsh va bezaklari bejirim, tashrif buyuruvchilarga barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Ziyoratchilar uchun qulay joyda joylashgan, so‘nggi dizaynda jihozlangan masjid.