kmh kmh
2
kmh kmh
0
obunachi
0
obuna
14ming
tomosha
Sharhlar
1
Tanlanmalar
Suratlar
Oksus Universiteti
Toshkent · OO‘Yu
Saqlash
Dekabr 2024
Agar "Oxus Universitet"ga hujjat topshirishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, qaroringizni qayta ko‘rib chiqishingizni tavsiya qilaman. Mening ukam aynan shu universitetda o‘qiydi, va dastlab biz ham bu oliygohni yuqori darajadagi, yaxshi sharoitlar mavjud bo‘lgan o‘quv maskani deb o‘ylagandik. Ammo afsuski, amalda bunday emas ekan. Talabalikdan avval universitet tomonidan ko‘plab va’dalar beriladi, ammo ko‘pchiligi amalga oshmaydi. Masalan, yotoqxona sharoitlari qoniqarli emas: isitish tizimi tez-tez o‘chib turadi, xonalar sovuq bo‘lib, bu talabalarning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘plab talabalarning sovuqdan kasallanganiga guvoh bo‘ldik. Umuman olganda, ko‘pchilik talabalar ushbu universitetdan norozi. Hurmatli ota-onalar va abiturientlar, o‘zingiz va yaqinlaringizni ehtiyot qiling. Bu qaror sizga kutilmagan muammolar keltirib chiqarishi mumkin. Mening ukam qilgan xatoni takrorlamang! Yaxshi tanlovlar qilishingizni tilayman!