Usmon
5
Usmon
1
obunachi
0
obuna
262
tomosha
Sharhlar
4
Tanlanmalar
Suratlar
13
Tez-Tez China
Toshkent · Ombor
Saqlash
Kecha
Xitoydan omborligiga narsa buyurtma qilsam, omborga borganida oʻzligi oʻlchab, kargo narxini chiqarib berishadi. Eng zoʻri tovar hajmi necha g boʻlsa, oʻsha uchun pul toʻlayman. Misol 120 g boʻlsa, 120 g uchun toʻlayman. Boshqa kargolarga oʻxshab 120 g boʻlsa, 200 g hisoblashmaydi. Juda qulayligidan 26 ta narsa buyurtma qilib qoʻyibman. Undan 14 tasi qisqa muddat ichida kelib, ularni qabul qilib ham boʻldim. Aytgancha, AVIAda olib kelmaydigan narsa boʻlsa, oʻzligi bittada AVTOga oʻtkazib yuborishadi. Shu sababli ham men tovar buyurtma qilishdan ikkilanib oʻtirmayman - bu narsa AVIAda olib kelish mumkinmi deb... Punkt xodimlari ham xushmuomala. Savollar soʻrasam, batafsil va tushunarli qilib javob berishyapti.
Toshkent hayvonot bogʻi
Toshkent · Hayvonot bog‘i
Saqlash
Kecha
Yolgʻiz aylanishga boʻlmas ekan-u, lekin oilaviy kelinsa odam maza qilsa kerak. Men kechroq borganim sabablimi, ba’zi hayvonlarni koʻra olmadim. Xattoki bittasi koʻzimni oldida katagiga kirib ketdi). Baliq va ilonlar saqlanadigan binoda ilon va baliqlar kamaygan ekan. Yoshligimda kelganimda hamma joy toʻlib turgani esimda. Hozir baʼzi akvariaunda baliqlar yoʻq, bo‘sh.
Uzum
Toshkent · O‘quv markazi
Saqlash
Kecha
Uzum Market mijozlari yoki sotuvchilari platformaga oid biror muammolari boʻlsa, bemalol kelib hal qilishsa boʻlarkan. Oʻzim Uzum Market sotuvchisiman. Uzum xodimlari vaqti-vaqti bilan hamkorlik qilib, suhbatga chaqirib, savdolarimni yanada koʻtarish uchun nimalar qilishimiz mumkinligini aytib berishadi va birgalikda rejalar tuzamiz. Undan tashqari xodimlar muomalasi yaxshi. Tushunmagan joylarimni chiroyli tushuntirib berishadi. Bir safar hujjat kam olib kelib qoʻyganimda yaqin orada printer izlatmasdan, oʻzligi chiqarib, qabul qilib olishgan.
West Bay Beach
Zone 61 · Sohil
Saqlash
Fevral 2026
Sohilda barcha kerakli narsalar: kiyinish xonasi, yuvinish xonasi, hojatxona, ovqatlanish shaxobchalari, doʻkon va dam olish uchun oʻrindiqlar bor. Tozalikka ham eʼtibor berisharkan. Faqat ichki qonunlarga amal qilmaganlarga qattiq eʼtibor berishmayapti. Musulmon davlat boʻlsa ham turistlar bemalol ichki kiyimlarda choʻmilishyapti. Musulmon boʻlsangiz va oila bilan kelgan boʻlsangiz sohil ochilish vaqti kelishga toʻgʻri kelarkan. Aytgancha, kirish pulli, lekin aksar mehmonxonalar vaucher taqdim qilisharkan.