UMAR OGʻA
10
UMAR OGʻA
1
obunachi
1
obuna
108,7ming
tomosha
Sharhlar
9
Tanlanmalar
Suratlar
180
NBU
Toshkent • Bank
Saqlash
Yanvar 2026
"Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" aksiyadorlik jamiyati — Oʻzbekistonning universal tijorat banki, aktivlar hajmi boʻyicha mamlakatning eng yirik, loyihaviy moliyalashtirish, universal tijorat, investitsion va jamgʻarma bank funksiyalarini birlashtiruvchi bank hisoblanadi.
Toshkent teleminorasi
Toshkent • Yodgorlik
Saqlash
Yanvar 2026
Toshkent teleminorasi — Oʻrta Osiyodagi eng baland bino. Uning balandligi 375 metrdir. Rasmiy tilda Toshkent teleminorasi H-375m obyekti deb ataladi. Teleminora 1978-yildan boshlab, 6 yil davomida qurib bitilgan. 1985-yilning 15-yanvarida ishga tushirilgan. Tarixi XX asrning 60-yillariga kelib televideniye va radio O‘zbekiston madaniy hayotida mustahkam joy egallay boshladi. 1957-yilda bunyod etilgan 180 metrlik birinchi Oʻzbekiston telemarkazi 4 millionlik poytaxt va Toshkent viloyati aholisi ehtiyojini yetarlicha qondirish, televizion koʻrsatuvlarni koʻpaytirish va togʻli tumanlarga dasturlarni yetkazishga ojizlik qilib qoldi. 1971-yilning 1-sentyabrida Oʻzbekiston Aloqa vazirligi (hozirgi Respublika Aloqa va axborotlashtirish agentligi) tasarrufida Toshkent radiotelevizion uzatish markazi qurilishi direksiyasi tashkil etildi. Qisqa fursat ichida yangi teleminora loyihasini tayyorlashga kirishildi. Loyiha juda sinchkovlik bilan oʻrganildi, qayta-qayta sinovlardan oʻtkazildi. Chunki bunday balandlikdagi inshoot qurilishi hali tajribada boʻlmagandi. 1978-yilda teleminora qurilishi boshlandi. Har qanday inshootning mustahkamligi albatta poydevoriga bogʻliq. Teleminoraning toʻrt tayanchi va unga tutashgan uchta oyoqlari 11 metrlik chuqurlikdan koʻtarilib chiqilgan, bir-biri bilan bogʻlanmagan temir-beton asoslarga tayangan boʻlib, muvozanatini oʻta yuqori darajada ushlab turishga qodir klassik tizim yaratildi. Teleminora qurilishi “11-Balandqurilish” boshqarmasi quruvchilari tomonidan amalga oshirildi. 1984—1985-yillardagi qahraton qish sharoiti, balandlik va muntazam shamol, tobora yuqorilab borayotgan qurilmalar nishab oʻlchovini toʻgʻri olish oson kechmadi. Qurilishda Rossiyalik mutaxassislar ham faol ishtirok etishgan. Minora qurilishi 25 tonna yukni 240 metr balandlikka koʻtarish qobiliyatiga ega boʻlgan maxsus kran yordamida amalga oshirilgan[2]. 1985-yil 15-yanvarda Poytaxtning Yunusobod tumani Boʻzsuv yoqasida Toshkent teleminorasi qad rostladi, inshootning eng baland nuqtasida bayroq hilpiray boshladi.
Xalqlar do'stligi saroyi
Toshkent • Konsert zali
Saqlash
Yanvar 2026
„Xalqlar doʻstligi“ saroyi – Toshkent shahridagi madaniyat markazlaridan biri. 1980-yil qurilgan, 1981-yilda foydalanishga topshirilgan (meʼmorlar: Ye.Bukina, S.Odilov, Ye. Rozanov, Ye.Suxanova, F. Tursunov, V.Shestopalov, Ye.Shumov va boshqalar). Turli tadbirlar (sʼyezd, qurultoy, festival va boshqalar) oʻtkazish, konsertlar berishga moʻljallangan. Konsert zalida xorijiy davlat rasmiylari uchun turli tantanalar ham tashkil etiladi[2][3]. Bino qiyofasi va bezaklarida milliy meʼmorlikka xos boʻlgan muqarnasga oʻxshash shakllardan foydalanilgan; binoni bezashda mahalliy xom ashyolar, Nurota va Gʻozgʻon marmarlari ishlatilgan. Bino tarhi toʻrtburchak shaklda, tarzlariga ishlangan quyosh nurini toʻsadigan jimjimador shakllar binoga salobat, kiraverishdagi peshtoqlar koʻrk berib turadi. Bino tepasiga yuzasi marmar bilan qoplangan muqarnasni eslatuvchi yirik yigʻma temirbeton qurilmalar oʻrnatilgan. Bino mujassamoti markazida balkonli, amfiteatr shaklidagi 4 ming oʻrinli zal turadi (bir oz qiyaroq yon devorlari tomoshalarni yaxshi koʻrish hamda eshitish imkonini beradi). Sahna maxsus qurilmalar (koʻtarilib tushiriladigan supalar, prezidium, sahna va xor supalarini tomosha vaqtida siljitishga imkon beradigan transportyor, dekoratsiyalarni koʻtarib tushiradigan shtanketlar, keng formatli ekran) bilan jihozlangan. Zalda kinotovush texnikasi hamda matnni bir yoʻla 8 tilga tarjima qilish apparatlari, maxsus texnologik aloqa tizimi bor. Vestibyul tabiiy toshlardan ishlangan „Xalqlar doʻstligi“, „Bayram“, „Gullagan oʻlka“ mozaikalari (rassom A. Buxorboyev) bilan bezatilgan. Prezidium zali gobelen (rassom B. Jalolov), tomosha zali „Sanʼat“ mozaikasi (rassom V. Burmakin, R. Nemirovskiy), yogʻoch oʻymakorligi (usta Q. Haydarov, O. Fayzullayev), banket zali bezaklari (rassom J. Hakimov, A. Ilhomov), yon devorlari sopol laganlar (rassom A. Kedrin) bilan bezalgan. Saroy interyerida feruza rangli ulkan koshinkori devor (Toshkent chinni zavodida tayyorlangan) mavjud.
Xalqlar Doʻstligi yodgorligi
Toshkent • Urush yodgorligi, ommaviy qabr
Saqlash
Yanvar 2026
Shomahmudovlar oilasi – insonparvarligi bilan tanilgan oila. Ikkinchi jahon urushi davrida temirchi Shoahmad Shomahmudov (1891—1970) va uning xotini Bahri Akramova (1903—1987) turli millatning qarovsiz va yetim qolgan bolalarini farzandlikka olib, taʼlim- tarbiyani bolalarga juda yaxshi berganlar
Nestone
Toshkent • Savdo ofisi
Saqlash
Mart 2025
Nest One (talaffuzi: Nest Uan) — Toshkent shahrida qurib bitkaziligan koʻp funksiyali osmonoʻpar bino. Balandligi 266,5 m boʻlib, „Toshkent City“ XKMning 4-loti Nest One Umumiy maʼlumot Joylashuvi- Tashkent city Shahar-Toshkent Mamlakat-Oʻzbekiston Qurilishi boshlangan-2017-yil Qurilishi tugagan- 2023-yil Balandligi-267 m Eng yuqori qavati- 51 Texnik holati Material-Beton, metal Kompleksning markaziy va eng baland minorasi 51 qavatdan iborat boʻlib, turar joy xonalari, ofislar, restoranlar, sport maydonchalari va boshqa jamoat joylarini oʻz ichiga oladi. Kompleksning qoʻshni binolarida ofis maydoni va besh yulduzli „The Ritz-Carlton“ mehmonxonasi joylashgan Loyihaning umumiy maydoni 187,284 kv.m. Yer uchastkasining umumiy maydoni 14,779 kv.m. Loyiha byudjeti 150 million AQSh dollarini tashkil etadi. Qurilganidan soʻng „Nest One“ Oʻzbekistondagi birinchi osmonoʻpar bino va eng baland bino, shuningdek, Abu Dabi Plaza majmuasidan keyin Markaziy Osiyodagi ikkinchi eng baland binoga aylanadi.
Amir Temur xiyoboni
Toshkent • O‘rmoq
Saqlash
Mart 2025
Amir Temur (Eski turkcha: امیر تیمور – Amir Temur) (1336-yil 9-aprel, 1405-yil 18-fevral) – oʻrta asrlarning buyuk turkiy askari va qoʻmondoni, Temuriylar imperiyasi asoschisi, Oltin Oʻrda, Mamluk sultonligi, Dehli sultonligi, Usmonlilar davlati, Kavkaz va Erondagi davlatlarni yengishi ortidan musulmon olamining toʻla yetakchisi, yeri 4,4 mln km² ga yetishgan 14-yuzyilliknig eng kuchli davlat quruvchisi, 35 yillik boshqaruvi va yurishlari chogʻida biror urushni yutqazmagan qoʻshinboshi, oʻtmishda koʻrilgan uchta buyuk harbiy-taktik urush va yurish qoʻmondonlaridan biri, Temuriylar uygʻonish davri asoschisi, ilm-fan, meʼmorchilik, Sanʼat va Adabiyot homiysi
Buxoro arki
Buxoro • Muzey
Saqlash
May 2024
Buxoro arki — Oʻzbekistonning Buxoro shahridagi qadimiy ark; atrofidagi maydon sathidan qariyb 20 metr balandlikda koʻtarilgan va taxminan 4 gektar maydonni egallagan monumental qal’a. Qalʼa Buxoroning eng qadimiy meʼmoriy va arxeologik yodgorligi hisoblanadi. Bu qal’a tepalikni tashkil etgan koʻp asrlik vayronagarchilik qatlamlariga ega shaharning eng qadimiy qismi hisoblanadi
Minorai Kalon
Buxoro • Haykal, yodgorlik
Saqlash
May 2024
Minorai Kalon (Katta minora), Arslonxon minorasi — Buxorodagimeʼmoriy yodgorlik.Poyi Kalonmeʼmoriy ansamblining bir qismi.Eski Buxoroning eng baland inshooti,balandligi 47.5 metr. Oʻz vaqtida Rossiya imperiyasining hujumi natijasida 26 ta bomba borib tekkan lekin qulab tushmagan. Mazkur inshoot meʼmor Usta Baqo loyihasi asosasida qoraxoniyhukmdorArslonxon topshirigʻiga binoan 1127-yilda bunyod etilgan[1]. Hozirgi kunda minoraOʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan.Minorayi kalonda jami koʻtarilish uchun zinalar soni 105 ta boʻlgan
Lavash
Oqqoʻrgʻon • Tez ovqatlanish
Saqlash
Aprel 2024
Ajoyib restoran, oilaviy tushlik uchun eng zoʻr joy. bu yerga kelishni tavsiya qilgan boʻlardim, tayyorlanadigan taomlariga judayam mazali 👌