Mukhammadjon Y.
2
Mukhammadjon Y.
0
obunachi
0
obuna
6,5ming
tomosha
Sharhlar
1
Tanlanmalar
Suratlar
Akfa Medline University Hospital
Toshkent · Tibbiy laboratoriya
Saqlash
Yanvar 2026
Buvamda bo‘yindagi bezda o‘simta aniqlangach, tanishlar tavsiyasi bilan Akfa Medline klinikasiga olib keldik. Biopsiya operatsiya yo‘li bilan olinganidan keyin bemorning ahvoli keskin yomonlashdi. Dastlab analiz natijalarini 4 kun kutdik, keyin “aniq emas” deyishdi va immunogistokimyoviy analiz topshirish kerakligini aytishdi. Uni yana 12 kun kutdik va alohida to‘lov qildik. Bu vaqt ichida bemorning holati yaxshilanmadi, aksincha og‘irlashdi. Viloyat onkologiyasida bemorning yoshi va yurakdan oldin operatsiya bo‘lgani sababli ximioterapiya mumkin emas deyishdi. Shunga qaramay, Akfa Medline biz davolaymiz, ximiya qilamiz deb qayta chaqirdi. Ammo olib kelganimizdan keyin ximiya mumkin emasligini aytib, endi “chuqurroq analiz uchun Hindistonga yuborish kerak” deyishdi va yana alohida to‘lov bilan jo'natdik uni. “3 kunga yotqizib davolab beramiz” deb klinikaga yotqizishdi, lekin tuzalish o‘rniga bemor reanimatsiyaga tushib qoldi va u yerda 8 kun yotdi. Bu vaqt davomida ham holat yaxshilanmadi. Hindistondan analiz javoblari kelgach, ichilishi kerak bo‘lgan dorilarni surishtirsak, 10 kunligi taxminan 5000$ ekan va uni doimiy ichish kerak bo‘lar ekan. Bu haqda oldindan bir og‘iz ham aytilmagan. Shu vaqtgacha analizlar, tekshiruvlar va davolash bahonasida 8000$ atrofida mablag‘ sarfladik, ammo hech qanday foyda bo‘lmadi — bemorning ahvoli faqat og‘irlashdi. Pulimiz tugaganini aytganimizdan keyin esa: “Bu kasalning tuzalib ketganini ko‘rmaganman, boshqa kasalxonaga olib ketasizlarmi?” degan gaplarni eshitdik. Bemorni “tuzatib beramiz” deb ushlab turishdi, ammo natijada na sog‘liq yaxshilandi, na aniq yo‘l ko‘rsatildi. Bizda klinika bemorning sog‘lig‘idan ko‘ra maksimal darajada pul olishga uringandek taassurot qoldirdi. Juda og‘ir tajriba bo‘ldi. Boshqalarga ham ogohlantirish sifatida yozdim.