Behruz Muxiddinov
4
Behruz Muxiddinov
0
obunachi
0
obuna
55ming
tomosha
Sharhlar
4
Suratlar
Toshkent aqua bog‘i
Toshkent • Akvapark
Saqlash
Sentabr 2025
Toshkent aqua bog‘iga borganman, juda zo‘r joy. Suv havzalari katta, attraksionlari ham ko‘p, yozda dam olish uchun ajoyib. Oila yoki do‘stlar bilan borishga qulay. Faqat odam ko‘p bo‘ladi, lekin baribir maroqli.
Toshkent hayvonot bogʻi
Toshkent • Zoodo‘kon
Saqlash
Sentabr 2025
Toshkent hayvonot bog‘iga borganman, joyi katta va turli hayvonlarni ko‘rish mumkin. Bolalar uchun ham qiziqarli, sayr qilishga yaxshi. Faqat ba’zi joylari biroz eskiroq, lekin baribir dam olish uchun yaxshi joy.
Prime Game
Keles • Bilyard klubi
Saqlash
Sentabr 2025
Prime biliard clubi haqida fikrim: joyi chiroyli, ichkarisi ozoda va qulay. Stol va jihozlari sifatli, o‘ynash uchun sharoit yaxshi. Do‘stlar bilan borib dam olishga zo‘r joy. Xodimlari ham xushmuomala. Umuman olganda, vaqtni maroqli o‘tkazish mumkin.
Malika Bazar
Toshkent • Bozor
Saqlash
Sentabr 2025
Malika bozoriga ko‘p borganman, juda katta va odam gavjum joy. Har xil narsalarni topish mumkin – kiyim, texnika, hatto oziq-ovqat ham bor. Narxlari boshqa joylarga qaraganda arzonroq. Faqat bozor ichida adashib qolish oson, chunki juda katta va do‘konlari ham ko‘p. Lekin baribir kerakli narsani topib olish mumkin.