J
Jahongir Zokirov
J
10
Jahongir Zokirov
2
obunachi
0
obuna
440,7ming
tomosha
Sharhlar
41
Suratlar
11
Bek Osiyo
Toshkent • Restoran
Saqlash
Noyabr 2025
Bu joyga yomon baho berishga shoshilmaslik kerak. Albatta "Moshkichiri" ni tatib, o'zgacha quvvatni sezgandan so'ng tarif bersangiz adolatdan bo'ladi, shaxsan men ko'p joylarda yuqoridagi taomni tatib solishtirdim, umuman olganda odam yeydigan taomni yomonlash niyatim yo'q, faqatgina zo'rini tavsiya qilmoqchiman holos. Hammasi meyorida yoqimli va ancha yaxshilangan servis (oldinlari servis yomonlashib qolgan edi) hozir esa boshqacha...
Quyosh
Boʻstonliq tumani • Restoran
Saqlash
Oktabr 2025
Quyosh chiqishini poylash, piknik uchun qulay joylar shu va shunga o'xshash maskanlarda birrov qo'nov bo'lsangiz pullik xizmatga duch kelasiz. Albatta xizmat bepul bo'lmaydi lekin qonuniy tarzda bo'lsa ayni muddao bo'lar edi
Tatneft
Toshkent • AYOQSh
Saqlash
Oktabr 2025
Avval boshidan bu Yoqilg'i quyish shahobchasi xizmatidan foydalanganmiz, hozirgi kunda ham uyaltirib qo'ygani yo'q. Mashinangiz yuqori sifatli yoqilg'ida yursa sinab ko'rishilani tavsiya etaman, farqini darhol sezasiz
Markab
Toshkent • Lizing kompaniyasi
Saqlash
Avgust 2025
Markab, bu uzoqni yaqin qilguchi ulovga bir vosita sifatida qarovchilar uchun ajoyib bir maskanki, u yerda texnikadan aldanib qolish darajasi 0 ga teng. Malakali xodimlar, avtomobil tekshirishdan tortib rasmiylashtirish jarayonlarida ham sizlarga hech bo'lmaganda maslahat berishadi, hush muomaladagi jamoa sizni yaxshi niyat ila kutib shu yo'sinda kuzatishadi. Qisqa qilib aytganda Allohdan qo'rquvchi va Davlat qonunlariga amal qilguchilar sizga xizmat qilishadi...
Doʻstlik istirohat bogʻi
Toshkent • Attraksionlar bog‘i
Saqlash
Avgust 2025
Bu yerga bolalarsiz kelish "taqiqlanadi", albatta hazil. Bu park bolalarga jonivorlani yaqindan tanishtirish, ularga o'z qo'llari bilan ozuqa yedirish uchun barcha sharoitlar mavjud. Aslida ba'zi jonivorlar yoqimtoy va judayam yuvosh bo'lishini o'sib kelayotgan bolachalarga anglatish, bolalarni hayotga yanada teran nazar bilan booqishga undaydi deb o'ylayman...
Gt club
Toshkent • Fitnes-klub
Saqlash
Iyul 2025
Bu sport kompleksga aynan suzish va gimnastika yo'nalishlari bo'yicha farzandlarimni berganman, suzish bo'yicha murabbiy qattiq qo'l, etiborli va jonkuyar albatta suzishni o'rganayotganlar uchun yuqoridagilar mujassamligi muhim, gimnastikada esa nozik harakatlarga moslashuvchanlik suzishdan ham qiyinroqligini tushundim...
Shashlik market Marinno
Toshkent • Go‘sht va kolbasalar do‘koni
Saqlash
Iyul 2025
Marinno qaysi filialidan bo'lsa ham shashlik tayyorlash uchun birdek sifatli barcha maxsulotlar bor, piknik oldi tashrif buyurib sinab ko'rishingizni taklif qilaman...
High Town Mall
Toshkent • Savdo markazi
Saqlash
Iyul 2025
Kattalar uchun ayniqsa bolalar tevarak atrofni rang-barangini his qilishi, bog'cha yoki maktabdan keyin dam olib hordiq chiqarishi uchun deyari barcha sharoitlar bor. Tamaddi xonalar, issiqda muzdek muzqaymoq, bolalar maydonchalari va kompyuter o'yingohlari ham bor...
Gʻalaba bogʻi
Toshkent • Xiyobon
Saqlash
Iyul 2025
Bu maskan nafaqat park balki o'tmish bilan Mustaqilligimiz bog'ichi desak adashmagan bo'lamiz. Tashrif buyuruvchilar uchun urush davridagi Harbiy texnikalarni ko'rib hozirgi rivojlangan, zamon talabiga mos texnikalar qanchalar shiddat bilan o'zgarayotganini ko'rish mumkin...
New Bukhara Premium
Toshkent • Restoran
Saqlash
Iyul 2025
Buxoro kafelari azaldan mazali taomlari bilan ayniqsa shashliklari totli bo'lganligi sabab o'zgacha ajralib turar edi. Hozir ham sifatli va mazali taom ho'rrandalar jalb qilishning birinchi asosi bo'lib xizmat qiladi, bu safar ham Buxoro mazali taomlari mehmonlar oldida uyaltirmadi...