Ashxobod sayilgohi Toshkent shahrining markazida joylashgan yirik istirohat bog‘idir. U 2018-yilda ochilgan bo‘lib, hozirda 10 gektar maydonni egallaydi. Bog‘ Kichik halqa avtomobil yo‘li va Maxtumquli prospekti oralig‘ida joylashgan.
Ashxobod va Toshkent shaharlari o‘rtasidagi birodarlik munosabatlari doirasida, 2017-yil 20-mayda shahar ma'muriyatlari o‘rtasida birodarlik aloqalarini o‘rnatish to‘g‘risidagi kelishuv imzolangan. Shu munosabat bilan, 2018-yil 24-aprelda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ishtirokida Ashxobod sayilgohi tantanali ravishda ochilgan.
Bog‘da turli attraksionlar, dam olish maskanlari va sayr qilish uchun mo‘ljallangan hududlar mavjud. Bu joy poytaxt aholisi va mehmonlari uchun sevimli dam olish maskanlaridan biridir.