Assalomu aleykum. Davlat xizmatlariga ishim tushib baloga qoldim. Xodimlarini muomalasi rasvo. Kelgan mijozni odam o'rniga ko'rmaydi. Charchab qo'pollik qilmasin deb ertalab 8 bo'lmasdan birinchilardan boraman. Qarashichi odamni yeyman deydi bu g'o'ddaygan axmoqlarni. Xuddiki men ularni uyiga bostirib kirib dasturxonidan nonini yeb ketayotganday. Savolingga ters ters javob qaytaradi. Qanaqadir qog'ozni olish uchun xodimlarni to'g'ri turuntira olmasligi sabab 3 marta bekorga borib kelishim qoldi. Kamida ularni zardali javoblariga asabiylashib. 1 yoshlar bolamni yolg'iz qoyib borib kelaman, qanday asabiylashmay. Shuni 1 martaga to'g'ri tushuntirsa boladiku. Gapirgilari kelmaydi xonimlarni. Qayerdan shuncha nafrat ertalab 8 dan mijozlarga! Kassaniku so'ramasa ham bo'ladi soat 9 ga qarab borsa ham kassachimiz yoqlar. Shanba kuni 10 ga qarab boryapdi soat kutib turibman ham yoq. Kim ula buncha xalqni ustidan kulganday nafsonyatiga tekganday tuyulyabdi menga. Chora ko'rishingizni talab qilaman. Chora ko'rilmasa oxirigacha borman o'zim.