Ovqatlari yaxshi edi, lekin xizmat ko'rsatish yaxshi emas. Joy buyurtma qilish uchun qo'ng'iroq qilganda menejerning muomilasi ham qo'pol edi. Ofitsiantlar esa buyurtmani yozib olmadi. Buyurtma esidan chiqqan vaziyat ham bo'ldi. Non, salat va taom olib kelishda ham kamchilik kuzatildi. Iftorlik vaqti bo'lgani uchun bo'lsa kerak odam juda ham ko'p edi. Deraza tomondan joy band qilinganda ham umuman boshqa tomonga bizni joylashtirishdi. Aytib o'tilgan kamchiliklarni bartaraf etishizni so'rab qolaman!
Yaqinda 2-qavatida tug’ilgan kun nishonladik. Undan avval ham 1marotaba borgan edim. 1-qavatida o’tirgan edik. Tozaligi, xizmat ko’rsatishi, narxlari va menyusi yaxshi. Ofitsiantlar qayta-qayta xabar olib, stolga qarab turishdi. Restoranlarga borsam sezar salat aniq ta’tib ko’rardim. Bu safar ham buyurtma qildik. Manga judayam yoqdi.
Ochilganiga ko’p bo’lganiga qaramasdan tashrif buyuradiganlar yetarlicha.