---
metadata:
  - name: generator
    content: Diplodoc Platform v5.57.3
alternate:
  - ru/
  - uz/
  - href: https://yandex.uz/legal/termsofuse_lavka/uz/index.md
    type: text/markdown
    title: Markdown version
  - href: https://yandex.uz/legal/termsofuse_lavka/uz/llms.txt
    type: text/markdown
    title: llms.txt
---
> **Documentation Index:** Fetch the complete configuration index at https://yandex.uz/legal/termsofuse_lavka/uz/llms.txt

  # Yandex Lavka servisining foydalanuvchi kelishuvi

  ## 1. Terminlar va ta’riflar

  1.1. Ushbu hujjat maqsadlarida quyida keltirilgan terminlar quyidagi ma’nolarda ihlatiladi:

  *Yandex Lavka servisi, Servis* — Servisdan Foydalanuvchiga Foydalanuvchi kelishuvida nazarda tutilgan shartlarda Tovarlarga va Yetkazib berishga Buyurtma berish imkoniyatini taqdim etuvchi “Yandex” va “YANDEX” MChJ yoki uning affillangan shaxslarining barcha veb-saytlarini (shu jumladan, lekin cheklanmagan holda Internet tarmog‘ida: [http://lavka.yandex.uz](http://lavka.yandex.uz/) manzili bo‘yicha joylashtirilgan, EHM uchun dasturlarini) bildiradi.

  *Foydalanuvchi* — Tovarga va uni Yetkazib berishga Buyurtmani amalga oshirish maqsadida Foydalanuvchi kelishuvida nazarda tutilgan shartlar asosida Servisdan foydalanadigan shaxs.

  *Avtorizatsiyalangan foydalanuvchi* — Servisda ro‘yxatdan o‘tish paytida o‘ziga berilgan login va parol yordamida Servisda avtorizatsiyadan o‘tgan Foydalanuvchi.

  *Bonuslar/ballar* — Servis Foydalanuvchilari sonini, Servis orqali rasmiylashtirilgan Buyurtmalar sonini ko‘paytirish maqsadida va Foydalanuvchilar faolligini rag‘batlantiruvchi dasturlar doirasida Foydalanuvchilarning Servisga nisbatan sodiqligini oshirish maqsadida Servisda ko‘rsatilgan miqdorda taqdim etiladi. Ushbu bonuslar/ballardan, shu jumladan, Foydalanuvchi buyurtma qilgan Tovar va/yoki Yetkazib berish xizmatining haqini to‘lashda foydalanish mumkin. Bonuslar va ballar Servisni ilgari surish hamda Foydalanuvchilarning undan foydalanish hajmini oshirish maqsadida taqdim etilishi mumkin.

  *Buyurtma* — Foydalanuvchi tomonidan Servisda rasmiylashtirilgan Tovar va Yetkazib berishga buyurtma bo‘lib, uning natijasida Foydalanuvchi;

  *Shartnoma* — Foydalanuvchi va Servis o‘rtasida tuziladigan, Tovarni sotish va Yetkazib berish xizmatini ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma.

  *Tovar* — Servisda masofaviy sotish yo‘li bilan pullanadigan taom mahsulotlari, oziq-ovqat tovarlari va ichimliklar, shuningdek nooziq-ovqat tovarlari. Foydalanuvchi kelishuvi yoki Foydalanuvchi kelishuvining 2.2-bandida ko‘rsatilgan boshqa hujjatlarda Tovar so‘zi tilga olinganda, agar Foydalanuvchi kelishuvida yoki tegishli hujjatda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, bir yoki bir nechta Tovar ko‘zda tutiladi;

  *Yetkazib berish* — Foydalanuvchi Servisda buyurtma qilgan Tovarni Foydalanuvchigacha yetkazib berish xizmati;

  *Servis yig‘imi —* mustaqil iste’mol qiymatiga ega bo‘lgan, Servisning funksional imkoniyatlaridan (EHM uchun dasturlar majmuasi) foydalanganlik uchun haq bo‘lib, u Tovar, Buyurtmani yig‘ish yoki yetkazib berish xizmatlari yoxud sotuvchi yoki yetkazib beruvchi tomonidan ko‘rsatiladigan boshqa qo‘shimcha xizmatlar uchun to‘lov bo‘lib hisoblanmaydi.

  *Yetkazib beruvchi* — Yandex va Yetkazib beruvchi o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida Foydalanuvchi buyurtma qilgan Tovarni Yetkazib berishni amalga oshiruvchi yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor. Yetkazib beruvchilar to‘g‘risidagi axborot Foydalanuvchi kelishuvida keltirilgan;

  *Foydalanuvchi kelishuvi* — Internet tarmog‘ida quyidagi manzil bo‘yicha joylashtirilgan ushbu hujjat: [https://yandex.uz/legal/termsofuse_lavka](https://yandex.uz/legal/termsofuse_lavka);

  *Yandex* — “Y UB LAVKA” MChJ XK (soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami: 311564606; joylashgan yeri: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Shahrisabz ko‘chasi, 2 uy);

  *Promokod* — ma’lum belgilar ketma-ketligi bo‘lib, u faollashtirilganda va Promokoddan foydalanishning boshqa shartlariga rioya qilinganda Foydalanuvchiga Tovarning va/yoki Yetkazib berishning va/yoki Servis yig‘imining qiymatiga chegirma taqdim etiladi. Chegirmalar Servisni ilgari surish va Foydalanuvchilarning undan foydalanish hajmini oshirish maqsadida taqdim etilishi mumkin.

  *Yandex Go ilovasi* — Foydalanuvchilarga Internet tarmog‘ida quyidagi manzil bo‘yicha ochiq taqdim etilgan, mobil qurilmalar uchun “Yandex Go” dasturidan foydalanishga Litsenziya kelishuvi shartlarida taqdim etiladigan mobil qurilmalar uchun “Yandex Go” dasturi: [https://yandex.com/legal/yandexgo_mobile_agreement](https://yandex.com/legal/yandexgo_mobile_agreement/).

  *Yandex Eats ilovasi* — Foydalanuvchilarga Internet tarmog‘ida quyidagi manzil bo‘yicha ochiq taqdim etilgan, mobil qurilmalar uchun “Yandex Yeda” dasturidan foydalanishga Litsenziya kelishuvi shartlarida taqdim etiladigan mobil qurilmalar uchun “Yandex Eats” dasturi: *[https://yandex.com/legal/license_eda_uz](https://yandex.com/legal/license_eda_uz)*.

  1.2. Foydalanuvchi kelishuvida uning 1.1-bandida aniqlanmagan terminlardan ham foydalanilishi mumkin. Bunday holda, shunday termin Foydalanuvchi kelishuvining matniga muvofiq talqin qilinadi. Foydalanuvchi kelishuvi matnida terminning bir xil ma’noli talqini bo‘lmagan taqdirda, birinchi navbatda — O‘zR qonunchiligida, ikkinchi navbatda — Servisda, so‘ngra — Internet tarmog‘ida shakllangan (hamma yerda qo‘llaniladigan) termin talqiniga amal qilish kerak.

  ## 2. Umumiy qoidalar

  2.1. Ushbu Foydalanuvchi kelishuvi Yandexning Foydalanuvchiga Yandex Lavka Servisidan foydalanishni taklif etishni ifoda qiladi.

  2.2. Foydalanuvchining Servisdan foydalanishi ushbu Foydalanuvchi kelishuvi, shuningdek, “YANDEX” MChJ (ADRR: 1027700229193) hujjatlari:

  * Maxfiylik siyosati ([https://yandex.uz/legal/confidential](https://yandex.uz/legal/confidential/)) bilan tartibga solinadi,

  keyingi o‘rinlarda birgalikda “Tartibga soluvchi hujjatlar” deb yuritiladi.

  2.3. Foydalanuvchi Servisdan/uning alohida funksiyalaridan foydalanishni boshlar ekan, ushbu Foydalanuvchi kelishuvini, shuningdek, Tartibga soluvchi hujjatlarning shartlarini to‘liq hajmda, hech qanday izoh va istisnolarsiz qabul qilgan deb hisoblanadi. Foydalanuvchi kelishuvi va/yoki Tartibga soluvchi hujjatlarning biron-bir qoidasiga Foydalanuvchi rozi bo‘lmagan holda, u Servisdan foydalanishga haqli emas.

  2.4. Yandex istalgan paytda Foydalanuvchiga xabar bermasdan Foydalanuvchi kelishuvi qoidalarini o‘zgartirishga, “YANDEX” MChJ esa istalgan paytda Foydalanuvchiga xabar bermasdan Tartibga soluvchi hujjatlarning shartlarini o‘zgartirishga haqlidir. Foydalanuvchi kelishuvining amaldagi tahriri uning 1.1-bandida ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha joylashtiriladi. Foydalanuvchi kelishuvi va Tartibga soluvchi hujjatlarning yangi tahriri bilan tanishmaslik xavf-xatari Foydalanuvchining zimmasida bo‘ladi, Foydalanuvchi kelishuvi yoki Tartibga soluvchi hujjatlar o‘zgartirilgandan keyin Servisdan foydalanishda davom etish ularning yangi tahririga rozilik deb hisoblanadi.

  2.5. Agar Yandex tomonidan Foydalanuvchi kelishuviga uning 2.4-bandida nazarda tutilgan tartibda Foydalanuvchi rozi bo‘lmagan o‘zgartirishlar kiritilgan holda, u Servisdan foydalanishni to‘xtatishi shart. 

  2.6. Servisdan foydalanish orqali Foydalanuvchi Yandexdan reklama mazmunidagi xabarlarni olishga o‘z roziligini beradi. Foydalanuvchi Servisning tegishli funksionalidan foydalanish yoki reklama mazmunidagi xabarda ko‘rsatilgan yo‘riqnomalarga amal qilish yo‘li bilan bunday xabarlarni olishdan voz kechishga haqli.

  2.7. Servisning alohida funksiyalaridan foydalanish, shu jumladan, Buyurtmani rasmiylashtirish imkoniyati Foydalanuvchi Servisda ro‘yxatdan va avtorizatsiyadan o‘tganidan keyin taqdim etiladi. Ro‘yxatdan o‘tishda Foydalanuvchi Servisdagi ro‘yxatdan o‘tish shaklida so‘raladigan o‘zi haqidagi ma’lumotlarni taqdim etishi, shuningdek, login sifatida ishlatiladigan elektron pochta manzilini va parolni ko‘rsatishi shart. Foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tishda unga berilgan login va parolni uchinchi shaxslarga bermaslik, shuningdek, ularning saqlanishi va maxfiyligini ta’minlash majburiyatini oladi. Servisda Foydalanuvchining logini va paroli yordamida bajarilgan barcha harakatlar Foydalanuvchining o‘zi tomonidan bajarilgan deb hisoblanadi.

  2.8. Foydalanuvchi Servisdan foydalanishda bittadan ortiq qayd yozuvidan foydalanishga haqli emas. Yandex tomonidan Foydalanuvchining ushbu bandda ko‘rsatilgan shartni buzganligidan dalolat beruvchi holatlar aniqlansa, Yandex Foydalanuvchi kelishuvining 4.1-bandida nazarda tutilgan choralarni qo‘llashga haqli.

  ## 3. Servisda Buyurtmani rasmiylashtirish tartibi va shartlari

  3.1. Buyurtmani faqat Avtorizatsiyalangan Foydalanuvchi rasmiylashtira oladi.

  3.2. Servisda Buyurtmani rasmiylashtirish Foydalanuvchining Tovarni sotish va Yetkazib berishni amalga oshirishning barcha muhim shartlariga, shuningdek, ushbu Foydalanuvchi kelishuvining Servisdan foydalanish shartlariga hamda Servis yig‘imi miqdoriga roziligini bildiradi.

  Servis yig‘imining miqdori oldindan belgilangan iqtisodiy va (yoki) texnologik jihatdan asoslangan parametrlar asosida avtomatik tarzda aniqlanadi va bu parametrlar Foydalanuvchining hududi va manzilini, Buyurtmaning xususiyatlari va tarkibini, Buyurtmani olishning tanlangan usulini, yetkazib beruvchini jalb qilish zaruratini, Servisdan foydalanish shartlarini va tegishli Buyurtmaning boshqa parametrlarini o‘z ichiga olishi mumkin.

  “Buyurtma berish va to‘lash” (yoki amalda foydalaniladigan boshqa nomdagi) tugmani bosish bilan Foydalanuvchi Buyurtmani rasmiylashtirishdan oldin unga Servis yig‘imining bor ekanligi, miqdori va maqsadi to‘g‘risida to‘liq axborot taqdim etilganini tasdiqlaydi, ushbu Foydalanuvchi kelishuvining shartlarini qabul qiladi va Servisning funksional imkoniyatlaridan ko‘rsatilgan shartlarda haq evaziga foydalanishga o‘z roziligini bildiradi.

  3.3. Foydalanuvchi tuzadigan Shartnomaning muhim shartlari Servisda chop etilgan Tovarning tavsifida, uni tayyorlash va/yoki sotish shartlarida hamda Yetkazib berish shartlarining tavsifida ko‘rsatiladi.

  3.4. Foydalanuvchi Buyurtmani rasmiylashtirar ekan, Yandex Tovarni yetkazib berish xizmatini bajarishni uchinchi shaxsga topshirishi mumkinligiga hamda uning ijro sifati uchun javobgar bo‘lmasligiga rozi bo‘ladi.

  3.5. Foydalanuvchi Servisdan foydalanishda, shu jumladan, Buyurtmani rasmiylashtirishda Yandexga taqdim etadigan shaxsiy axboroti Yandex tomonidan Yetkazib berish xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma tuzilgan Yetkazib beruvchiga uzatilishi mumkinligiga o‘z roziligini tasdiqlaydi. Foydalanuvchi Yandex va “YANDEX” MChJ Foydalanuvchining shaxsiy axborotini, shuningdek, Foydalanuvchi tomonidan ko‘rsatilgan Buyurtmani oluvchisining shaxsiy axborotini tegishli Buyurtma bajarilgan sanadan boshlab kamida uch yil davomida saqlash huquqiga ega ekanligiga rozi bo‘ladi.

  3.6. Foydalanuvchi rasmiylashtirgan Buyurtma haqidagi axborot  Servisning “Mening buyurtmalarim” bo‘limida Avtorizatsiyalangan foydalanuvchi uchun mavjud bo‘ladi. Servisning ushbu bo‘limida Avtorizatsiyalangan foydalanuvchi Buyurtmaning holati to‘g‘risidagi axborotni ko‘ra oladi.

  3.7. Foydalanuvchi Servisda buyurtmani rasmiylashtirar ekan: (i) Yandex yoki uning affillangan shaxslari Foydalanuvchiga: Buyurtma rasmiylashtirilgandan keyin; u o‘zgartirilgan taqdirda; Buyurtmaning bajarilishiga yoki uning holati to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor qilishga ta’sir qiladigan holat yuz berganda Tovarni yetkazib berishdan oldin yuborishi mumkin bo‘lgan elektron xatlarni; (ii) Foydalanuvchi ko‘rsatgan telefon raqamiga xabarlarni (SMS) olishga, shuningdek, (iii) Foydalanuvchi ko‘rsatgan telefon raqamiga Servis va Yetkazib beruvchining ish sifatini baholash taklifi bilan qo‘ng‘iroq qilishiga rozi bo‘ladi. Agar Foydalanuvchi o‘ziga xabar yuborish funksiyasini o‘chirib qo‘ysa, u Buyurtmani yetkazib berishni amalga oshirish  imkoniyati bor yoki yo‘qligi haqida xabardor qilish maqsadida Buyurtmani yetkazib berish jarayoni to‘g‘risidagi axborot uning elektron manziliga yuborilishiga rozi bo‘ladi.

  3.8. Foydalanuvchi Buyurtmani rasmiylashtirar ekan: a) Foydalanuvchi kelishuvi va Tartibga soluvchi hujjatlarning qoidalari bilan to‘liq tanishib chiqqanligini; b) Foydalanuvchi kelishuvi va Tartibga soluvchi hujjatlarni to‘liq tushunishini; v) Servisdan foydalanish bo‘yicha ushbu Foydalanuvchi kelishuvining shartlarini to‘liq tushunishini hamda Servis yig‘imi narxini belgilash tartibini qabul qilishini tasdiqlaydi.

  3.9. Foydalanuvchi rasmiylashtirilgan Buyurtma doirasida Tovar va Yetkazib berish uchun to‘lov majburiyatini bajarmagan taqdirda, Yandex uning Servisdan foydalanish va Buyurtma rasmiylashtirish imkoniyatini bloklashga haqli.

  3.10. Foydalanuvchi Servisda Buyurtmani rasmiylashtirishda o‘zi va Buyurtmani oluvchi haqida ishonchli ma’lumotlarni ko‘rsatishi shart. Foydalanuvchi o‘zi taqdim etgan axborotning ishonchsizligi tufayli yuzaga keladigan barcha oqibatlar uchun javobgar bo‘ladi.

  3.11. Buyurtmani rasmiylashtirish uchun Foydalanuvchi Tovar va Yetkazib berish haqidagi axborot bilan tanishib chiqqach, Servis yordamida ijro uchun zarur bo‘lgan barcha ma’lumotlarni, shu jumladan, lekin ular bilan cheklanmagan holda: Foydalanuvchining shaxsiy axborotini; yetkazib beriladigan to‘liq manzil (shu jumladan, aholi turar joyining nomi, metro bekati (agar qo‘llanilsa), ko‘cha (shoxko‘cha, shosse va hk.), uy raqami (shu jumladan, korpus, imorat, mulk va boshqalar), kirish yo‘lagining raqami, xonadon raqami, qavat, domofon kodini (agar qo‘llanilsa)); oluvchining F.I.O.; aloqa ma’lumotlarini (telefon raqami va boshqalar); to‘lov usulini ko‘rsatadi, shundan keyin Servisdagi “Buyurtmani yuborish” (yoki shunga o‘xshash boshqa) tugmasini bosadi. Foydalanuvchi buyurtmani rasmiylashtirar ekan,  Foydalanuvchi kelishuvi bilan tanishganligini va unga so‘zsiz rozi ekanligini, shuningdek, Servisda joylashtirilgan Tovar, Yetkazib berish va Servis yig‘imi haqidagi axborot  bilan tanishganligini tasdiqlaydi.

  3.12. Foydalanuvchi “To‘lovga o‘tish” tugmasini bosish bilan Foydalanuvchi kelishuvining 6.8-bandida nazarda tutilgan Yetkazib beruvchilar orasidan ushbu Kelishuvning 3.14-bandiga muvofiq aniqlanadigan Yetkazib beruvchi bilan Shartnoma tuzishga o‘zining to‘liq va so‘zsiz roziligini (akseptini) bildiradi.

  3.13. Buyurtmani rasmiylashtirgan Foydalanuvchi Buyurtmani olish uchun Yetkazib berish manzilida bo‘lishi, shuningdek, Tovar yetkazib berilganda uni qabul qilish va haqini to‘lashni ta’minlashi shart. Foydalanuvchi Yetkazib berish manzilida bo‘lmagan taqdirda, xuddi shunday Foydalanuvchining harakati yoki harakatsizligi tufayli yuzaga kelgan sabablarga ko‘ra Tovarni unga topshirish imkoni bo‘lmaganda, xuddi shuningdek, Foydalanuvchi Tovarni qabul qilishdan bosh tortgan hollarda (sifati lozim darajada bo‘lmagan yoki Foydalanuvchi rasmiylashtirgan Buyurtma shartlariga muvofiq kelmaydigan Tovar bundan mustasno), 10 daqiqa kutish muddati tugagach, Foydalanuvchi Yandex bilan tuzilgan Shartnomani (Shartnomalarni) bajarishdan bosh tortgan hisoblanadi.

  3.14. Agar Foydalanuvchiga yetkazib berilgan Tovar, Foydalanuvchining fikriga ko‘ra, lozim darajadagi sifatda bo‘lmasa sifatsiz va (yoki) Foydalanuvchi  rasmiylashtirgan Buyurtmaga muvofiq kelmasa, Foydalanuvchi zudlik bilan [support-uz@lavka.yandex.uz](mailto:support-uz@lavka.yandex.uz) elektron pochta manziliga yetkazib berilgan Tovarning fotosuratlarini hamda undagi nuqsonlar tavsifini yuborishi shart.

  3.15. Servisda ko‘rsatilgan Tovarni tayyorlash va (yoki) o‘tkazish hamda Yetkazib berish vaqti taxminiy bo‘lib hisoblanadi.

  ## 4. Servisdan foydalanish. Servisning alohida funksiyalari

  4.1. Yandex Foydalanuvchi tomonidan Foydalanuvchi kelishuvi va/yoki Tartibga soluvchi hujjatlar bir necha marta buzilgan taqdirda, o‘z ixtiyoriga ko‘ra Foydalanuvchining qayd yozuvidan foydalangan holda uning Servisga (yoki texnologik jihatdan imkon bo‘lsa, Servisning alohida funksiyalariga) kirishini cheklash yoki Foydalanuvchining qayd yozuvini butunlay bloklash, yoxud Foydalanuvchi kelishuvi va Tartibga soluvchi hujjatlar, shuningdek, qonunchilik talablari yoki uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida Foydalanuvchiga nisbatan boshqa choralar ko‘rish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

  4.2. Foydalanuvchi “YANDEX” MCHJ, Yandex va “YANDEX” MCHJ, Yandex hamkorlariga Servisdan foydalanish, Servisda Buyurtmani rasmiylashtirish va bajarish maqsadlarida o‘zining shaxsiy axborotiga (shu jumladan, shaxsiy ma’lumotlarga) ishlov berilishiga, shuningdek, Foydalanuvchi shaxsiy axborotining Yandex hamkorlariga, shu jumladan Yetkazib beruvchiga uzatilishiga rozilik beradi. Servisdan foydalanish chog‘ida Foydalanuvchi o‘zining shaxsiy axboroti ushbu Foydalanuvchi kelishuvi hamda “YANDEX” MCHJ ning quyidagi manzilda tanishish uchun mavjud bo‘lgan Maxfiylik siyosatida belgilangan shartlarda va maqsadlarda Yandexga va “YANDEX” MCHJ ga, shu jumladan transchegaraviy uzatish orqali ishlov berish uchun topshirilishiga rozi bo‘ladi: [https://yandex.uz/legal/confidential/](https://yandex.uz/legal/confidential/).

  ## 5. Mahsulot va/yoki Yetkazib berish uchun to‘lov

  5.1. Foydalanuvchi tomonidan rasmiylashtirilgan Buyurtma doirasida Tovar va/yoki Yetkazib berish haqini to‘lash Foydalanuvchi tomonidan naqd pulsiz to‘lov funksiyasi yordamida Ulangan bank kartasidan (Foydalanuvchi kelishuvining 5.4-bandi) yoki Tovarni Foydalanuvchiga topshirish vaqtida naqd pul bilan amalga oshiriladi. Yandex naqd pulsiz to‘lov imkoniyatini taqdim etish borasida Servis ishida xatolar va uzilishlar bo‘lmasligiga kafolat bermaydi.

  5.2. Amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, Yetkazib berish va/yoki Tovar uchun to‘lov amalga oshirilganda, chek Foydalanuvchi tomonidan Servisda ro‘yxatdan o‘tishda ko‘rsatilgan elektron pochta manziliga yuborilishi mumkin.

  5.3. Ulangan bank kartasi Foydalanuvchi tomonidan Servis interfeysida ko‘rsatilishi mumkin, bunda Foydalanuvchi quyidagi ma’lumotlarni ko‘rsatadi:

  * Bank kartasi egasining ismi-sharifi (“cardholder” qiymati);

  * Bank kartasining raqami;

  * Amal qilish muddati;

  * Himoya kodi.

  Agar bank kartasining ma’lumotlari to‘g‘ri, amalda bo‘lsa va ushbu kartadan Servis doirasida foydalanish texnik jihatdan mumkin bo‘lsa, ko‘rsatilgan bank kartasi Ulangan maqomini oladi va undan naqd pulsiz to‘lovlar uchun foydalanish mumkin bo‘ladi. Barcha ulangan kartalar Servis interfeysida aks ettiriladi.

  5.4. Naqd pulsiz to‘lov Foydalanuvchi tomonidan to‘lovlarni qabul qilish bo‘yicha vakolatli operator yoki elektron pul mablag‘lari operatori ishtirokida amalga oshiriladi hamda xalqaro to‘lov tizimlari, banklar (shu jumladan, Ulangan kartaning emitent-banki) va hisob-kitoblarning boshqa ishtirokchilari qoidalari bilan tartibga solinadi.

  5.5. Foydalanuvchi kelishuvining 5.4-bandiga muvofiq o‘z ma’lumotlari ko‘rsatganda va Ulangan kartadan keyinchalik foydalanganda Foydalanuvchi uning nomiga berilgan haqiqiy bank kartasi to‘g‘risida ishonchli va to‘liq axborotni ko‘rsatganini; xalqaro to‘lov tizimlari qoidalariga hamda Ulangan kartani chiqargan bank-emitentning talablariga, shu jumladan naqd pulsiz hisob-kitob qilish tartibiga rioya etishini tasdiqlaydi va kafolatlaydi.

  5.6. Foydalanuvchi Servisda ro‘yxatdan o‘tish paytida o‘ziga berilgan login va parol yordamida avtorizatsiyadan o‘tganidan keyin Servis doirasida amalga oshirilgan barcha harakatlar, shu jumladan, Ulangan bank kartasidan foydalanib naqd pulsiz to‘lash bo‘yicha harakatlar Foydalanuvchi tomonidan bajarilgan deb hisoblanishini tushunadi va bunga rozi bo‘ladi.

  5.7. Foydalanuvchi naqd pulsiz to‘lov fakti va/yoki summasiga rozi bo‘lmagan taqdirda va Servis doirasida Ulangan kartadan foydalanish bilan bog‘liq boshqa masalalar yuzasidan, naqd pulsiz to‘lov amalga oshirilgan yoki murojaatga sabab bo‘lgan boshqa harakatlar yoxud hodisalar yuz bergan kundan e’tiboran 14 kalendar kun ichida ushbu Foydalanuvchi kelishuvida ko‘rsatilgan rekvizitlar orqali Yandexga murojaat qilishga haqli.

  Bunday murojaat yuzasidan o‘tkazilgan tekshiruv natijalariga ko‘ra Yandex naqd pulsiz to‘lov summasini to‘liq yoki qisman qaytarish to‘g‘risida qaror qabul qilgan holda, ushbu summa naqd pulsiz to‘lov amalga oshirilgan bank kartasining bank hisobvarag‘iga qaytariladi. Pul mablag‘larini qaytarish tartibi to‘lovlarni qabul qilish bo‘yicha vakolatli operator yoki elektron pul mablag‘lari operatorining ishtirokida amalga oshiriladi hamda xalqaro to‘lov tizimlari, banklar (shu jumladan, Ulangan kartaning emitent-banki) va hisob-kitoblarning boshqa ishtirokchilari qoidalari bilan tartibga solinadi.

  5.8. Yandex istalgan paytda Foydalanuvchidan Servis doirasida ko‘rsatilgan ma’lumotlarni, shu jumladan, Ulangan karta ma’lumotlarini tasdiqlashni talab qilish va bu bilan bog‘liq ravishda tasdiqlovchi hujjatlarni (xususan, shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni) so‘rash huquqini o‘zida saqlab qoladi, bunday hujjatlarning taqdim etilmasligi Yandexning ixtiyoriga ko‘ra noto‘g‘ri axborot taqdim etishga tenglashtirilishi va Foydalanuvchi kelishuvining 4.1-bandida nazarda tutilgan oqibatlarga olib kelishi mumkin.

  5.9. Foydalanuvchi tomonidan haqi naqd pul mablag‘lari bilan to‘langan Tovar yoki Yetkazib berish qiymatini qaytarish zarurati yuzaga kelgan taqdirda, pul mablag‘lari Yandex tomonidan pul mablag‘larini faqat naqd pulsiz tartibda Foydalanuvchining Ulangan kartasiga o‘tkazish yo‘li bilan qaytariladi. Agar Foydalanuvchining Servisda Ulangan kartasi bo‘lmasa, pul mablag‘larini qaytarish Foydalanuvchi o‘zida Ulangan karta borligi to‘g‘risida axborot  taqdim etgan kundan boshlab 14 kalendar kuni ichida amalga oshiriladi.

  ## 6. Boshqa shartlar

  6.1. Foydalanuvchi o‘zining muomalaga layoqatli ekanligini va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq Yandex bilan Shartnoma tuzish uchun zarur yoshga to‘lganligini tasdiqlaydi.

  6.2. Yandex quyidagilar uchun javobgar bo‘lmaydi:

  6.2.1. Servis ishida yuzaga keladigan vaqtinchalik nosozliklar va uzilishlar va/yoki Foydalanuvchilarga Buyurtmani rasmiylashtirish imkonini beruvchi funksionalning mavjudligi hamda ular sababli axborotning yo‘qolishi, shuningdek, axborotning saqlanishi, to‘g‘ri va o‘z vaqtida uzatilishi hamda yetkazilishi.

  6.2.2. Servisning ishonchliligi, sifati va ishlash tezligi, shuningdek, Foydalanuvchi tomonidan yaratiladigan, foydalaniladigan va olinadigan axborotning saqlanishi.

  6.3. Foydalanuvchining Yandexga murojaat qilish tartibi: barcha murojaatlar [support-uz@lavka.yandex.uz](mailto:support-uz@lavka.yandex.uz) elektron pochta manziliga yoki quyida ko‘rsatilgan yozishmalar manziliga yuborilishi kerak. Servis funksionalida Foydalanuvchi tomonidan Yandexga murojaat yo‘llashning boshqa usullari ham nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin.

  6.4. Agar Servisda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, Servisda ko‘rsatilgan barcha narxlar QQS ni o‘z ichiga oladi.

  6.5. Yandex haqida axborot:

  Tashkilot nomi: “Y UB LAVKA” XK MChJ

  Tashkiliy-huquqiy shakli: Mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi xorijiy korxona

  Ro‘yxatdan o‘tgan sana: 21.08.2024

  Joylashgan manzili: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Lolazor MFY, Fidokor ko‘chasi, 30 uy

  STIR: 311564606
  

  *Chop etilgan sana: 2026 yil 24 avgust*

