Yandeks qidiruv tizimidan foydalanish uchun litsenziya

1. Umumiy qoidalar

1.1. Yandeks (Yandeks servislarining Foydalanuvchi kelishuvida belgilanganidek) Internet tarmog‘idan Foydalanuvchiga (keyingi o‘rinlarda “Foydalanuvchi”) – Internet tarmog‘ida joylashtirilgan o‘zini qiziqtirgan axborotni qidirish uchun Yandeksning qidiruv mashinasidan foydalanishini taklif qiladi. Servis quyidagi manzilda mavjud: https://yandex.uz (keyingi o‘rinlarda – “Servis”).

1.2. Foydalanuvchining Servisdan foydalanishi ushbu Shartlar, shuningdek, quyidagi hujjatlar (keyingi o‘rinlarda –Tartibga soluvchi hujjatlar) bilan tartibga solinadi: Yandeks servislari Foydalanuvchi kelishuvi (https://yandex.uz/legal/rules/), shuningdek Maxfiylik siyosati (https://yandex.uz/legal/confidential).

1.3. Servisdan yoki uning alohida funksiyalaridan foydalanishni boshlar ekan Foydalanuvchi ushbu Shartlarni, shuningdek yuqorida ko‘rsatilgan barcha hujjatlarning shartlarini to‘liq, hech qanday qo‘shimcha shartlarsiz va istisnolarsiz qabul qilgan hisoblanadi. Agar Foydalanuvchi ko‘rsatilgan hujjatlarning qoidalaridan har qanday biriga rozi bo‘lmasa, Foydalanuvchi Servisdan foydalanishga haqli emas.

1.4. Ushbu shartlar Yandeks tomonidan hech qanday maxsus xabarnomasiz o‘zgartirilishi mumkin, Shartlarning yangi tahriri, agar ushbu Shartlarning yangi tahririda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, ushbu xatboshida ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha Internet tarmog‘ida joylashtirilgan paytdan boshlab kuchga kiradi. Shartlarning amaldagi tahriri doimo quyidagi manzilda joylashgan sahifada bo‘ladi: https://yandex.uz/legal/termsofuse.

1.5. Agar Yandeks ushbu Shartlarning 1.4-bandida nazarda tutilgan tartibda ushbu Shartlarga Foydalanuvchi rozi bo‘lmagan o‘zgartirishlarni kiritgan bo‘lsa, foydalanuvchi Servisdan foydalanishni to‘xtatishi shart.

1.6. Servisning hozirgi paytda mavjud bo‘lgan barcha funksiyalari, shuningdek, ularni har qanday rivojlantirishi va / yoki yangilarini qo‘shish, ushbu Shartlarning mavzusi bo‘lib hisoblanadi.

2. Veb-saytlarni indekslash

2.1. Yandeks uchinchi shaxslar tomonidan yaratilgan va Internet tarmog‘ida ochiq foydalanish mumkin bo‘lgan veb-sayt sahifalarini –tegishli veb-saytning login va parolini kiritmasdan havola orqali o‘tish mumkin bo‘lgan sahifalarni indekslaydi.

Sayt egasi indeksatsiya sozlamalarini https://yandex.uz/support/webmaster/ru/robot-workings/robot.html sahifasida ko‘rsatilgan yo‘riqnomalarga muvofiq boshqarishi mumkin.

2.2. Qidiruv natijalarini dolzarblashtirish maqsadida Yandeks roboti veb-sayt sahifalaridagi o‘zgarishlarni avtomatik tarzda kuzatib boradi (qayta indekslash amalga oshiriladi). Biroq, uchinchi shaxslarning veb-sayt sahifalarida joylashtirilgan har qanday axborot yoki materiallar istalgan paytda u yoki bu sahifaning egasi tomonidan o‘zgartirilishi mumkin. Yandeks har bir veb-saytdagi bunday o‘zgarishlarni kuzatib bormaydi va ular uchun javob bermaydi.

2.3. Yandeks o‘z ixtiyoriga ko‘ra robot tomonidan sahifalarni indekslash tartibini, shu jumladan sahifalarni yangilash va qidiruv robotini sozlash tartibini belgilaydi.

2.4. Indekslash va qidiruv jarayonining bir qismi bo‘lgan natijalarni tartibga solish belgilangan relevantlik mezonlariga asosan to‘liq avtomatik tarzda beradi, ular Yandeksning o‘z ixtiyoriga ko‘ra qidiruv sifatini oshirish maqsadida o‘zgartirilishi mumkin. Yandeks relevantlikni ma‘lum bir so‘rov bo‘yicha qidiruv natijasining axborot izlayotgan foydalanuvchilarning manfaatlariga eng yaxshi muvofiqlik sifatida tushunadi, u umuman olganda, sayt egalari yoki alohida Foydalanuvchilarning manfaatlariga mos kelmasligi ham mumkin.

2.5. Yandeks Foydalanuvchining hech qanday so‘rovlari (kalit so‘zlari) bo‘yicha Servisning qidiruv natijalarida veb-saytlarning o‘rnini sun‘iy ravishda o‘zgartirmaydi, bunday o‘rinlarni sotmaydi va Foydalanuvchining ma‘lum bir so‘rovi bo‘yicha qidiruv natijalarida u yoki bu veb-saytning o‘rni o‘zgarmasligiga kafolat bermaydi.

Qidiruv natijalari sahifasida promo e‘lonlar bo‘lishi, ularga promo e‘lonlarni qidiruv natijalari sahifasida aks ettirilgan boshqa axborotdan farqlashga yordam beradigan maxsus belgilar yoki tashqi bezak qo‘shilishi mumkin.

2.6. Sifatsiz saytlar belgilariga javob beradigan saytlar, shu jumladan “qidiruv spami” dan foydalanadigan saytlar (ya‘ni, Servis qidiruv tizimini aldashga va uning natijalarini o‘rinni o‘zgartirish maqsadida o‘zgartirishga urinishlar) saralashda pasaytirilishi yoki ularni to‘g‘ri baholashning imkoni yo‘qligi sababli Servisning bazasidan butunlay chiqarib tashlanishi mumkin.

Yandeks veb-saytlarni Servis bazasidan chiqarib tashlash yoki ularning o‘rnini o‘zgartirish to‘g‘risida izoh bermaydi, bunday harakatlar haqida xabar qilmaydi va Servisning bazasiga qayta kiritish yoki o‘rnini o‘zgartirishga hech qanday kafolat va muddat bermaydi. Batafsil axborotni “Sifatsiz sayt belgilari” bo‘limidan quyidagi manzilda topish mumkin: (https://yandex.uz/support/webmaster/ru/yandex-indexing/webmaster-advice.html).

3. Servisdan foydalanish. Servisning alohida funksiyalari

3.1. Yandeks Servis orqali Foydalanuvchiga, u kiritgan so‘rov bo‘yicha Internetdan axborot qidirish imkoniyatini taqdim etadi. Servis Foydalanuvchiga bepul asosda taqdim etiladi va faqat shaxsiy notijorat maqsadlari uchun mo‘ljallangan, ushbu Litsenziyada, Tartibga soluvchi hujjatlarda yoki Yandeksning alohida servislaridan foydalanish shartlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.

3.2. Servis yordamida Foydalanuvchi uchun potensial xavfli veb-saytlar, masalan, zararli kod mavjud bo‘lgan sahifalar haqida ogohlantirish funksiyasi ochiq bo‘lishi mumkin.

Biron-bir saytning potensial xavfliligi, shuningdek, bunday xavfning taxminiy darajasi va xususiyati haqida axborot Yandeksning hamkorlari tomonidan taqdim etiladi yoki Yandeks tomonidan o‘z uslublaridan foydalangan holda aniqlanadi. Potensial xavfli saytlar ham saralashda pastroq ko‘rsatilishi yoki Servisning bazasidan chiqarib tashlanishi mumkin.

Yandeks veb-saytni potensial xavfli saytlar jumlasiga kiritishning asoslari to‘g‘risida hech qanday tushuntirishlar bermaydi. Yandeks saytning potensial xavfliligi haqidagi axborotning aniqligini kafolatlamaydi (xususan, potensial xavfli deb belgilanmagan veb-saytlar haqiqatan ham hech qanday zararli kodni o‘z ichiga olmasligini, yoki buning aksini kafolatlamaydi).

3.3. Qidiruv natijalarida ko‘rsatiladigan saytlarga ba‘zi havolalar sayt yoki uning xususiyatlari haqida qo‘shimcha ma‘lumot beruvchi maxsus belgilar bilan birga berilishi mumkin. Maxsus belgilar foydalanuvchining faoliyati bilan bog‘liq axborotga avtomatik ravishda ishlov berish asosida saytga avtomatik ravishda berilishi yoki bunday axborot manbai haqidagi tushuntirishlarni o‘z ichiga olishi mumkin. Maxsus belgilar “bor boricha” shartlarda joylashtiriladi va Foydalanuvchilarga taqdim etiladi. Yandeks saytga maxsus belgining to‘g‘ri joylashtirilgani va sayt haqida qo‘shimcha axborotning to‘g‘riligi, shuningdek, Foydalanuvchilarning shunday belgilar asosida qabul qiladigan qarorlari uchun javobgar bo‘lmaydi. Maxsus belgilarning ma‘nosi haqida batafsil axborot quyidagi manzilda chop etilgan: https://yandex.uz/support/webmaster/ru/search-results/tags.html.

3.4. Servis Foydalanuvchilarga uchinchi shaxslar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar yoki Foydalanuvchi Servisdan foydalangan holda axborot olgan mutaxassislar haqida baholarini ko‘rsatish va sharhlar qoldirish imkoniyatini taqdim etadi.

Qidiruv natijasi sahifasining uchinchi shaxslarning xizmatlari, mutaxassis faoliyati bilan bog‘liq bloklar va qidiruv natijalari aks ettiriladigan interfeysida mavjud bo‘lgan maxsus shakldan foydalangan holda, shuningdek, Yandeks Servislarida Foydalanuvchi qayd yozuvining sharhlar va baholar sahifasidagi (https://reviews.yandex.uz/ugcpub/cabinet) maxsus so‘rovnoma shaklida yoki Foydalanuvchiga sharh qoldirish imkoniyatini beruvchi push-bildirishnomalar shaklida ham sharh yoki bahoni joylashtirishga ruxsat beriladi.

Sharhlar va baholarni joylashtirish Yandeks Sharhlar sahifasidan foydalanish shartlariga mv amalga oshiriladi (https://yandex.ru/legal/reviews_termsofuse).

4. Interaktiv qidirish elementlari

4.1. Qidiruv natijalarini o‘z ichiga olgan sahifada Foydalanuvchilarning ayrim so‘rov toifalari bo‘yicha turli xil axborot bloklari ko‘rinishidagi interaktiv qidiruv elementlari aks ettirilishi mumkin. Interaktiv qidiruv elementlari qidiruv natijasi axborotini Foydalanuvchi uchun eng qulay formatda taqdim etishga mo‘ljallangan.

Interaktiv qidiruv elementlari avtomatlashtirilgan qidiruv algoritmlarining ishlashiga ta’sir ko‘rsatmaydi va qidiruv natijalarini saralashda saytlarga biron-bir ustuvorlik yoki afzallik berish vositasi sifatida qaralishi mumkin emas.

4.2. Interaktiv qidiruv elementlari turli shakllarda, jumladan, quyida ko‘rsatilgan shakllardan birida taqdim etilishi mumkin.

4.2.1. Qidiruv natijalari sahifasida obyektli javoblar (keyingi o‘rinlarda “Obyektli javoblar), ya’ni turli manba-saytlardan indekslangan axborot kartochkalari shakllantirilishi mumkin. Obyektli javoblar ushbu bo‘limda ko‘rsatilgan bir yoki bir nechta turli axborot bloklaridan iborat bo‘lishi mumkin.

4.2.2. Qidiruv natijasi Foydalanuvchining so‘rovini aniqlashtirish uchun mo‘ljallangan interaktiv elementlarni o‘z ichiga olishi mumkin, shu jumladan:

  • Servisdagi alohida so‘rovlar bo‘yicha qidiruv so‘rovini kiritish satrida yoki qidiruv natijalari sahifasida alohida blok ko‘rinishida sadjestlar (so‘rovni davom ettirish takliflari) berilishi mumkin;
  • ayrim so‘rovlar bo‘yicha Foydalanuvchi turli parametrlarni (filtrlarni) tanlash imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin. Alohida parametrlarni belgilash orqali Foydalanuvchi shunday qilib qidiruv so‘rovini o‘zgartiradi, shundan keyin yangi qidiruv natijalari sahifasi shakllantirilishi mumkin.

4.2.3. Servis orqali Foydalanuvchi sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanib ishlaydigan ayrim funksiyalardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin, shu jumladan:

  • Foydalanuvchiga “Yandeks AI” rejimini faollashtirish imkoniyati berilishi mumkin. “Yandeks AI” rejimida Foydalanuvchining so‘roviga avtomatik tarzda bir nechta qidiruv natijalari manbalaridan javob yaratiladi.

Yandeks mazkur funksiyaning ishlashiga kafolat bermaydi va undan foydalanish uchun cheklovlar va limitlar o‘rnatish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

Sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda yaratilgan yoki umumlashtirilgan javoblar kimningdir fikri, Yandeksning nuqtai nazari yoki faktlar haqidagi tasdiq bo‘lib hisoblanmaydi va hech qanday holatda qarorlar qabul qilish yoki biror harakatni amalga oshirishda qo‘llanma yoki maslahat sifatida baholanishi mumkin emas.

4.3. Interaktiv qidiruv elementlarini joylashtirish va aks ettirish saralash qoidalariga muvofiq avtomatik tarzda yuz beradi. Yandeks interaktiv elementda taqdim etilgan axborotning aniqligini, muvofiqligini, to‘g‘riligini, yetarliligini va to‘liqligini kafolatlay olmaydi, shuningdek, axborotning Foydalanuvchi kutgan va ko‘zlagan maqsadlariga mos kelishini ham kafolatlay olmaydi, axborotning mazmuni uchun javobgar bo‘lmaydi va aniq bir elementning qidiruv sahifasida ko‘rsatilishini kafolatlamaydi. Foydalanuvchi bunday funksiyalar orqali taqdim etilgan axborotning to‘g‘riligi va dolzarbligini mustaqil ravishda tekshirish, shuningdek, ko‘rsatilgan manba saytlarining mazmuni bilan solishtirib chiqish majburiyatini oladi.

5. Axborotning maxfiyligi va xususiyligi

5.1. Foydalanuvchi ushbu bilan Yandeksga, u Servisdan foydalanish paytida Foydalanuvchi haqida Yandeks olishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni qayta ishlashiga rozilik beradi. Ma’lumotlar Maxfiylik siyosatiga (https://yandex.uz/legal/confidential) muvofiq qayta ishlanadi.

5.2. Foydalanuvchi uchun eng muvofiq qidiruv natijalarini shakllantirish maqsadida Yandeks Servisdan foydalanish jarayonida olingan Foydalanuvchi haqidagi quyidagi ma’lumotlarni qayta ishlashi mumkin: Foydalanuvchining joriy qidiruv so‘rovi, Foydalanuvchining qidiruv so‘rovlari tarixi, qidiruv so‘rovlarini kiritish usuli (tavsiyalarga bosishlar), qidiruv natijalaridagi havolalarga bosishlar va qidiruv sahifasiga qaytish vaqti, Foydalanuvchining qurilmasi haqida axborot, joylashuv ma’lumotlari, cookie-fayllar.

Servisni yaxshilash maqsadida Yandeks, shuningdek, turli Foydalanuvchilarning ko‘rsatgan ma’lumotlarini umumlashtirilgan holda qayta ishlashi mumkin.

Video orqali Qidiruvni amalga oshirishda Foydalanuvchiga uning so‘rovlar tarixi (agar Foydalanuvchi Yandeks ID orqali avtorizatsiyalangan bo‘lsa) yoki eng ko‘p uchraydigan video so‘rovlari (agar Foydalanuvchi avtorizatsiyalangan bo‘lmasa) asosida video tavsiyalari taqdim etilishi mumkin. Foydalanuvchining Video orqali Qidiruv axborot blokidagi so‘rovlar tarixi bevosita shu blokda saqlanadi va Foydalanuvchi maxsus funksionallik yordamida uni o‘chirib tashlashi mumkin.

6. Cheklovlar

6.1. Servis “bor boricha” taqdim etiladi. Yandeks Servisning Foydalanuvchining maqsadlari va kutganlariga muvofiqligini, umuman Servisning va uning alohida komponentlari yoki funksiyalarining uzluksiz va xatosiz ishlashini kafolatlamaydi, xususan, Yandeks istalgan vaqtda Servis taqdim etadigan funksional imkoniyatlarni to‘liq yoki qisman o‘zgartirishga haqli.

6.2. Yandeks Servis yoki uning elementlaridan foydalanish yoki foydalana olmaslikning to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita oqibatlari uchun, Servis yoki uning alohida elementlari va funksiyalaridan foydalanish, foydalanmaslik yoki foydalana olmaslik natijasida Foydalanuvchiga yoki uchinchi shaxslarga yetkazilgan, shu jumladan Servis ishidagi ehtimol xatolar yoki uzilishlar tufayli yuzaga kelgan zararlar uchun javobgar bo‘lmaydi.

6.3. Yandeks Servisda indekslangan sahifalarning sifati va mazmuni uchun javobgar bo‘lmaydi. Indekslash Yandeks qidiruv mashinasi roboti tomonidan muayyan algoritmlarga muvofiq avtomatik tarzda amalga oshiriladi, bu veb-saytlar sahifalari mazmunining qonunchilik normalari, axloq yoki ma’naviyat me’yorlariga mosligini oldindan yoki keyinchalik baholashni (moderatsiyani) mo‘ljallamaydi. Shuningdek Yandeks o‘zi indekslagan uchinchi shaxslarning veb-saytlarida Foydalanuvchiga taqdim etilishi mumkin bo‘lgan xizmat ko‘rsatish, tovar sotib olish va shu kabi takliflarning mavjudligi yoki yo‘qligi, mazmuni va sifati uchun, bundan tashqari, Foydalanuvchi bunday takliflardan foydalanishi natijasida ko‘rishi mumkin bo‘lgan har qanday turdagi zararlar uchun ham javobgar bo‘lmaydi.

6.4. Yandeks Foydalanuvchining qidiruv so‘roviga javobning to‘la-to‘kis bo‘lishini va Foydalanuvchi o‘zini qiziqtirgan mavzu bo‘yicha Internet tarmog‘ida mavjud barcha axborotni olishini kafolatlamaydi, shuningdek, Foydalanuvchining muayyan so‘rovi bo‘yicha Servisning qidiruv natijalarida taqdim etilgan veb-sayt sahifalariga havolalarning mutlaq aniqligi va dolzarbligi uchun javobgar bo‘lmaydi.

6.5. Interaktiv qidiruv elementlari orqali taqdim etilgan axborot faqat ma’lumot berish xususiyatiga ega. Servisning funksional imkoniyatlari yuridik ahamiyatga ega faktlarni aniqlash, qidiruv natijalarini siljitish yoki taqdim etiladigan axborot haqida baho berish uchun mo‘ljallanmagan. Interaktiv qidiruv elementlari orqali taqdim etilgan har qanday axborot, bunday ma’lumotning asl manbai bo‘lgan sahifada tasdiqlashni talab etadi.

6.6. Agar Foydalanuvchi va Yandeks o‘rtasidagi kelishuvda boshqacha holat nazarda tutilmagan bo‘lsa, Foydalanuvchi Servisga avtomatik so‘rovlar yuborishga haqli emas.

7. Yakuniy qoidalar

7.1. Yandeks va Foydalanuvchi o‘rtasidagi munosabatlar qo‘llaniladigan qonun hujjatlari asosida tartibga solinadi.

7.2. Yandeks Servis va uning funksiyalarining tuzilishi hamda ishlash algoritmlariga har qanday o‘zgartirishlar kiritish, Servisning yoki uning funksiyalarining ishlashini vaqtincha to‘xtatib qo‘yish, Servis funksiyalarini o‘zgartirish yoki bajarilishini to‘xtatishga haqli.

7.3. Servisdan foydalanish yoki foydalana olmaslik bilan bog‘liq barcha savollar va e’tirozlar quyidagi manzil bo‘yicha qayta aloqa shakli orqali yuborilishi lozim: https://yandex.uz/support/abuse/ru/troubleshooting/search/list.html.

Chop etilgan sana: 01.08.2025

Oldingi versiyasi: https://yandex.uz/legal/termsofuse/15042025/

Oldingi versiyasi: https://yandex.uz/legal/termsofuse/14022019/

Oldingi versiyasi: https://yandex.uz/legal/termsofuse/09112018/