“Ortiqcha to‘lovsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash”marketing aksiyasining qoidalari

Toshkent sh.

Marketing aksiyasining mazkur qoidalari (keyingi o‘rinlarda "Qoidalar" deb yuritiladi) Yandex Split servisi foydalanuvchilari uchun "Ortiqcha to‘lovsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash" aksiyasini (keyingi o‘rinlarda "Aksiya" deb yuritiladi) tashkil etish va o‘tkazish tartibini tartibga soladi.

1. Umumiy qoidalar

1.1. Aksiya rag‘batlantiruvchi aksiya hisoblanib, maqsadlari iste’molchilar talabini rag‘batlantirish, e’tiborni jalb qilish, taniqlilik va sodiqlikni oshirish, ularni bozorda yanada ilgari surish maqsadida Aksiya Tashkilotchisining tovar belgilari, mahsulotlari va xizmatlariga Ishtirokchilarning qiziqishini saqlab qolish va oshirish hisoblangan tadbirlar majmuasini ifodalaydi.

1.2. Aksiya O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘tkaziladi.

1.3. Aksiya tashkilotchisi: "Y Split" MChJ (STIR: 311598817. Yuridik manzili: O‘zbekiston Respublikasi, TOSHKENT SHAHRI, YUNUSOBOD TUMANI, BUYUK TURON MFY, SHAXRISABZ KO‘CHASI, 2-UY)

1.4. Aksiya tashkilotchisi, uni O‘tkazish qoidalari, muddatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar https://yandex.uz/legal/splitpromo saytida joylashtiriladi.

1.5. Aksiya lotereya yoki tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyin hisoblanmaydi, shuning uchun u majburiy roʻyxatdan oʻtish yoki tegishli davlat organlariga xabar berishni talab qilmaydi.

2. Aksiyaning o‘tkazilish davri:

Hamkor, hamkor savdo maydonchasi

Aksiyada ishtirok etuvchi buyurtmalar

Aksiyaning o‘tkazilish davri

Yandex Go Marketi

2 (ikki) oy muddatga rasmiylashtirilgan buyurtmalar

20.12.2024 dan 31.12.2026 gacha

“Dafna” do‘konlar tarmog‘i

2 (ikki) oy muddatga rasmiylashtirilgan buyurtmalar

22.09.2026 dan 31.12.2026 gacha

4 (to‘rt) oy muddatga rasmiylashtirilgan buyurtmalar

01.03.2026 dan 15.04.2026 gacha

DiSport do‘koni

2 (ikki) oy muddatga rasmiylashtirilgan buyurtmalar

22.01.2026 dan 31.12.2026 gacha

Ecco

2 (ikki) oy muddatga rasmiylashtirilgan buyurtmalar

12.01.2026 dan 31.12.2026 gacha

4 (to‘rt) oy muddatga rasmiylashtirilgan buyurtmalar

05.06.2026 dan 05.07.2026 gacha

1Fit (fitnes klublari)

4 (to‘rt), 6 (olti) va 12 (o‘n ikki) oy muddatga rasmiylashtirilgan buyurtmalar

22.04.2026 dan 31.12.2026 gacha

Englify (maktab)

2 (ikki), 4 (to‘rt), 6 (olti) va 12 (o‘n ikki) oy muddatga rasmiylashtirilgan buyurtmalar

13.04.2026 dan 31.12.2026 gacha

Prep uz

2 (ikki), 4 (to‘rt), 6 (olti) oy muddatga rasmiylashtirilgan buyurtmalar

21.05.2026 dan 31.12.2026 gacha

push30

2 (ikki), 4 (to‘rt), 6 (olti) va 12 (o‘n ikki) oy muddatga rasmiylashtirilgan buyurtmalar

08.04.2026 dan 31.12.2026 gacha

asko

2 (ikki), 4 (to‘rt), 6 (olti) oy muddatga rasmiylashtirilgan buyurtmalar

24.04.2026 dan 31.12.2026 gacha

Joybox

6 (olti) oy muddatga rasmiylashtirilgan buyurtmalar

24.08.2026 dan 24.09.2026 gacha

3. Qoidalarda ishlatiladigan asosiy atamalar

Ishtirokchi — Qoidalarning 4-bo‘limida ko‘rsatilgan talablarga javob beradigan jismoniy shaxs.

Servis — Tashkilotchi tomonidan Topshiriq shartnomasi shartlariga muvofiq taqdim etiladigan Yandex Split/Split servisi.

Topshiriq shartnomasi — https://yandex.uz/legal/split_b2c/ manzili bo‘yicha Internet tarmog‘ida joylashtirilgan hujjat.

Tovar — Ishtirokchi tomonidan Yandex Go Marketida yoki Hamkorda Servis yordamida sotib olingan tovar, ish, xizmat.

Yandex Go Marketi — "YGO UB" MChJ tomonidan https://yandex.com/legal/market_termsofuse_uz shartlari bo‘yicha boshqariladigan servis Qoidalarda Topshiriq shartnomasida belgilangan boshqa atamalar ham ishlatilishi mumkin.

Hamkor — tovarlarni, ishlarni, xizmatlarni sotuvchi va o‘ziga Servisni ulagan yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor. Hamkorlar Qoidalarning 2-bo‘limida sanab o‘tilgan.

4. Aksiya ishtirokchilari

4.1. Aksiya Ishtirokchisi Topshiriq shartnomasi shartlariga muvofiq Servisdan foydalanuvchi o‘z nomidan ish yurituvchi yuridik qobiliyatli jismoniy shaxs hisoblanadi.

4.2. Aksiyada ishtirok etish Ishtirokchining mazkur Qoidalarga to‘liq roziligini anglatadi.

5. Aksiya shartlari:

5.1. Aksiyada ishtirok etish uchun Ishtirokchi quyidagilarni amalga oshirish kerak:

5.1.1. Aksiyaning o‘tkazilish davrida 2 (ikki) oy muddatga Servis orqali Yandex Go Marketda Tovarni xarid qilishini rasmiylashtirish.

5.1.2. Aksiyaning o‘tkazilish davrida, mavjudligiga qarab, 2 (ikki) yoki 4 (to‘rt), yoki 6 (olti), yoki 12 (o‘n ikki) oyga Servis orqali Hamkordan Qoidalarning 2-bo‘limida ko‘rsatilgan jadvalga muvofiq Tovar xaridini rasmiylashtirish.

5.1.3. agar qo‘llanilasa, Topshiriq shartnomasi bo‘yicha xarajatlarni qoplash uchun birinchi to‘lovni kiritish.

5.2. Servis Qoidalarning 5.1-bandida ko‘rsatilgan harakatlarni amalga oshirgan Aksiya Ishtirokchisiga Topshiriq shartnomasi bo‘yicha Ishonchli vakil mukofotini to‘lashda 100% chegirma taqdim etishi mumkin.

6. Aksiya Ishtirokchilarini xabardor qilish tartibi va usuli

6.1. Aksiya Ishtirokchilarini va Aksiyaning potensial ishtirokchilarini uni amalga oshirish shartlari to‘g‘risida xabardor qilish https://yandex.uz/legal/splitpromo saytida ma’lumotlarni joylashtirish, shuningdek Servisdagi shaxsiy kabinet orqali, onlayn va oflayn reklama joylashtirish orqali yuz beradi.

7. Yakuniy qoidalar

7.1. Aksiya tashkilotchisi istalgan vaqtda sabablarsiz ushbu Aksiyani to‘xtatib turish yoki tugatish yoki uning shartlarini o‘zgartirish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Aksiya shartlarini to‘xtatib turish/o‘zgartirish to‘g‘risidagi ma’lumotlar https://yandex.uz/legal/splitpromo saytida joylashtiriladi. Aksiyaning yangi shartlari, agar tegishli nashrda boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, ular ko‘rsatilgan manzilda e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi va amal qiladi.

7.2. Ishtirokchilar Aksiya Tashkilotchisi tomonidan tasodifiy tarzda aniqlanadi. Ushbu Aksiya doirasida beriladigan har qanday takliflar individual tarzda belgilangan hisoblanadi. Bu takliflardan foydalanish shartlari tasodifiy tanlangan Ishtirokchilarga Servis interfeysi orqali ma’lum qilinadi.

Ushbu Aksiya doirasida ko‘rsatilgan takliflarni taqdim etish — Aksiya Tashkilotchisining huquqi hisoblanadi, lekin uning majburiyati emas va Aksiya Ishtirokchisi bo‘lish uchun belgilangan talablarga javob beradigan har qanday foydalanuvchiga kafolat berilmaydi.

Texnik xususiyatlarga ko‘ra, Aksiya yoki Aksiya doirasidagi alohida takliflar Ishtirokchilarga bosqichma‑bosqich qo‘llanilishi mumkin.

7.3. Aksiya O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va mazkur Shartlarga muvofiq tashkil etiladi va o‘tkaziladi. Mazkur Aksiya bilan bog‘liq barcha munozarali masalalar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi asosida tartibga solinadi.

7.4. Mazkur Qoidalarning 5-qismida nazarda tutilgan harakatlarni bajarish Ishtirokchining Aksiyaning barcha shartlariga so‘zsiz roziligini bildiradi.

7.5. Chegirmani ekvivalent miqdorda pul mukofoti to‘lash bilan almashtirish ko‘zda tutilmagan.

7.6. Marketing aksiyasini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq barcha nizolar va kelishmovchiliklar muzokaralar yo‘li bilan hal qilinadi. Muzokaralar yo‘li bilan hal etilmagan nizoli masalalar Tashkilotchi joylashgan manzil bo‘yicha sudda hal qilinadi.

7.7. Tashkilotchi, Aksiyaning boshqa Ishtirokchilariga nisbatan insofsiz xatti-harakatlar aniqlangan taqdirda, Tashkilotchi Ishtirokchilarni Aksiyada ishtirok etishdan chetlashtirish huquqiga ega. Tashkilotchi o‘z xohishiga ko‘ra Aksiya Ishtirokchilarining xatti-harakatlarini insofsiz deb tasniflash mezonlarini belgilaydi va ushbu mezonlarni, shuningdek ularni aniqlash mexanizmlarini oshkor qilmaslik huquqiga ega.

Hujjat nashr etilgan sana: 03.09.2026

Oldingi versiyasi: https://yandex.uz/legal/splitpromo/uz/08042026

Oldingi versiyasi: https://yandex.uz/legal/splitpromo/uz/02032026

Oldingi versiyasi: https://yandex.uz/legal/splitpromo/uz/31122025

Oldingi versiyasi: https://yandex.uz/legal/splitpromo/uz/24102025

Oldingi versiyasi: https://yandex.uz/legal/splitpromo/uz/13082025

Oldingi versiyasi: https://yandex.uz/legal/splitpromo/uz/12052025

Oldingi versiyasi: https://yandex.uz/legal/splitpromo/uz/12052025

Oldingi versiyasi: https://yandex.uz/legal/splitpromo/uz/01042025