Yandex Eats yo‘naltirish dasturining sharlari

(keyin o‘rinlarda — Dastur)

1. UMUMIY QOIDALAR

1.1. Terminlar va ta'riflar

Yo‘naltirish dasturi, Dastur — Yandex Eats Servisini ommalashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasida Servis mavjud bo‘lgan hududda Tashkilotchi tomonidan o‘tkaziladigan marketing aksiyasi.

Tashkilotchi — «YANDEX YEDA» MCHJ, O‘zbekiston Respublikasi, indeks 100077, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Chust ko‘chasi 1, ro‘yxat raqami 2059526.

Yandex Eats Servisi, Servis — Servisdan foydalanuvchiga Servisda joylashtirilgan materiallar bilan tanishish, tovarlarga buyurtma berish va Foydalanuvchi kelishuvida ko'rsatilgan tarzda yetkazib berish imkoniyatini taqdim etadigan barcha veb-saytlar (shu jumladan Internet tarmog‘ida http://eats.yandex.com/uz manzilida joylashtirilgan, lekin ular bilan cheklanmagan holda, EHM uchun dasturlar (jumladan, Yandex Eats ilovasi va Tashkilotchininh va /yoki affillangan shaxslarining l qurilmalari uchun boshqa dasturlar).

Foydalanuvchi kelishuvi — Internetda https://yandex.uz/legal/termsofuse_eda manzilida joylashtirilgan hujjat.

Promo-kod — bu ma'lum belgilar ketma-ketligi bo'lib, uni faollashtirish va Promo-koddan foydalanishning boshqa shartlariga rioya qilish sharti bilan Yandex Eats Servisidan foydalanuvchiga chegirma beriladi.

Yo‘naltiruvchi promo-kod — Dastur ishtirokchisining promo-kodi bo‘lib, uni faollashtirish va Yo‘naltiruvchi promo-koddan foydalanishning boshqa shartlariga rioya qilish sharti bilan Do'stga chegirma taqdim etiladi.

Chegirma — Promo-kodni faollashtirish sharti bilan dastur doirasida taqdim etiladigan Servisdagi buyurtma narxiga chegirma.

Do'st — ilgari Yandex Eats Servisidan foydalanmagan va to'g'ridan-to'g'ri Dastur ishtirokchisidan Yo‘naltiruvchi promo-kodni olgan jismoniy shaxs.

Dastur ishtirokchisi — Yandex Eats axborot xizmatida ro'yxatdan o'tgan, ushbu Shartlarga muvofiq Dasturda ishtirok etish shartlarini bajargan muomalaga layoqatiga ega jismoniy shaxs.

1.2. Dasturning o‘tkazish muddati 2023-yil 01-avgustdan 2023-yil 31-dekabrgacha.

1.3. Dastur ishtirokchisi Dastur shartlari bilan tanishishi shart. Dasturda ishtirok etish orqali Dastur ishtirokchisi ushbu Dastur shartlari bilan tanishganligini va ularga roziligini tasdiqlaydi.

1.4. Do'st Dastur shartlari bilan tanishib chiqishi shart. Yo'naltiruvchi promo-koddan foydalangan holda, Do'st ushbu Dastur shartlari bilan tanishganligini va ularga roziligini tasdiqlaydi.

1.5. Promo-kod va Yo'naltiruvchi promo-koddan foydalanishda chegirma promo-kodlardan foydalanish qoidalarida, shuningdek ushbu Shartlarda nazarda tutilgan hollarda va shartlarda taqdim etiladi.

1.6. Dastur lotereya yoki tavakkalga asoslangan boshqa bir o'yin bo'lib hisoblanmaydi.

1.7. Dastur faqat Yandex Eats Servisida amal qiladi.

2. DASTURNING TAVSIFI

2.1. Dasturning ishtirokchisi bo'lish uchun Yandex Eats Servisining foydalanuvchisi Yandex Eats Servisida kamida 1 (Bir) buyurtma berishi kerak. Ushbu shartni bajargandan so'ng, Dastur ishtirokchisiga Yandex Eats Servisining «Do'stni taklif qilish» bo'limi ochiladi. Yandex Eats Servisining «Do'stni taklif qilish» bo'limiga kirish maqsadlari uchun faqat Dasturda ishtirok etishni xohlagan Dastur ishtirokchisi Yandex Eats Servisida avtorizatsiyadan o‘tgan paytida foydalangan telefon raqami yordamida Yandex Eats Servisiga kirib amalga oshirgan buyurtma hisobga olinadi (Servis foydalanuvchisining boshqa telefon raqamlaridan foydalanib qilingan buyurtmalar hisobga olinmaydi).

2.2. Yo‘naltiruvchi promo-kodni olish uchun Dastur ishtirokchisi Yandex Eats Servisining «Chegirma olish» bo‘limiga o‘tishi, Yo‘naltiruvchi promo-kodni nusxalashi va uni SMS, elektron pochta, istalgan messenjer orqali yoki Dastur ishtirokchisining ixtiyoriga ko'ra boshqa yo'l bilan do‘stiga yuborishi yoki maxsus «Bo‘lishish» tugmasidan foydalanishi kerak.

2.3. Yo'naltiruvchi promo-kod cheksiz sondagi Do'stlarga yuborilishi mumkin.

2.4. Yo'naltiruvchi promo-kodni Do'stga (do'stlarga) uzatish paytida Dastur ishtirokchisi unga (ularga) Yo'naltiruvchi promo-kodi bo'yicha Chegirmani taqdim etish shartlari to'g'risida to‘liq axborotni ma‘lum qilishi shart.

2.5. Yo'naltiruvchi promo-koddan foydalanish uchun Do'st Servisda ro'yxatdan o'tishi va Yandex Eats-da birinchi buyurtmani rasmiylashtirishda Dastur ishtirokchisidan olingan Yo'naltiruvchi promo-kodni faollashtirishi kerak. Yo‘naltiruvchi promo-kodni faollashtirish Servisdagi birinchi buyurtma narxiga 40 000 (qirq ming) so‘m miqdorida chegirmani taqdim etadi, bunda Promo-kodni qo‘llashgacha bo‘lgan buyurtma narxi esa 130 000 (bir yuz o‘ttiz ming so'm) so‘mdan kam bo‘lmasligi kerak. Buyurtmaning narxi faqat tovarlarning narxini o'z ichiga oladi, yetkazib berish, boshqa xizmatlar va yig‘imlarni o'z ichiga olmaydi.

2.6. Do'st dastur ishtirokchisining Yo'naltiruvchi promo-kodni qo‘llagan holda buyurtmani rasmiylashtirganidan va olganidan so'ng, Dastur ishtirokchisiga Do'st uchun promo-kod taqdim etiladi. Do‘st uchun promokod Yandex Eats Servisida 130 000 (bir yuz o‘ttiz ming) so‘mdan boshlab har qanday keyingi buyurtma uchun 40 000 (qirq ming) so‘m miqdorida chegirmani taqdim etadi. Do'st uchun Promo-kodni pul mukofotiga almashtirilmaydi.

2.7. Buyurtmani rasmiylashtirishda faqat bitta promo-koddan foydalanish mumkin.

2.8. Promo-kod chegirmasi faqat tovarlar narxiga qo‘llaniladi, yetkazib berish, boshqa xizmatlar va yig‘imlarga qo‘llanilmaydi.

2.9. Dastur doirasidagi promo-kodlar uchun chegirmalarni yangi foydalanuvchilar uchun boshqa chegirmalar, shuningdek, boshqa promo-kodlar va aksiyalar uchun chegirmalar bilan qo‘shish mumkin emas.

2.10. Promo-kodlardan foydalanish qoidalari https://yandex.uz/legal/promocode_eda/ havolasida keltirilgan.

3. DASTURNING BOSHQA SHARTLARI

3.1. Dasturda vijdonsizlik bilan ishtirok etishning oldini olish uchun Tashkilotchi foydalanuvchining Servisdan vijdonan foydalanayotganini tekshirishning ushbu Dasturda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko'rsatilmagan usullarni qo'llash, shuningdek foydalanuvchi tomonidan Xizmatdan foydalanishning vijdonanligini tekshirish, shuningdek tegishli suiiste'mollar va / yoki Dastur shartlaridan vijdonsizlik bilan foydalanish aniqlangan holda Chegirma/Promo-kodni taqdim etishni rad etish huquqini o'zida saqlab qoladi.

3.2. Tashkilotchiga, Dasturning boshqa ishtirokchilariga nisbatan vijdonsizlik harakatlari aniqlangan taqdirda Tashkilotchi ishtirokchilarni Dasturda ishtirok etishdan chetlashtirish huquqiga ega.

Tashkilotchi Dastur ishtirokchilarining harakatlarini vijdonsiz harakatlar jumlasiga kiritish mezonlarini o'z ixtiyoriga ko'ra belgilaydi va ushbu mezonlarni, shuningdek ularni aniqlash mexanizmlarini oshkor qilmaslik huquqiga ega.

3.3. Tashkilotchi ushbu Dasturni o‘tkazishni muddatidan oldin tugatish va/yoki uni o‘tkazish hududini o'zgartirish huquqini o'zida saqlab qoladi.

3.4. Dastur texnik sabablarga ko'ra, shu jumladan, foydalanuvchi ilovalarni eng so'nggi kirish mumkin bo‘lgan versiyagacha yangilamasa va/yoki boshqa sabablarga ko'ra kirila olmaydigan bo‘lishi mumkin.

3.5. Dasturda ishtirok etish foydalanuvchining Dasturning ushbu shartlariga to'liq roziligini bildiradi.

3.6. Dasturda ishtirok etish bilan bog'liq murojaatlarni ko'rib chiqishda qo'llab-quvvatlash xizmati Dasturda ishtirok etish faktini, uning shartlari bajarilishini so'rash huquqiga ega, murojaat qiluvchi esa bularni tasdiqlashi shart: sahifaning skrinshoti va/yoki qo'llab-quvvatlash xizmati xodimi tomonidan ko'rsatilgan boshqacha tarzda tasdiqlash kabi. Agar bunday tasdiqlash taqdim etilmasa, Tashkilotchi foydalanuvchi Dasturda ishtirok etish imkoniyatini taqdim etishni rad etish huquqini o'zida saqlab qoladi.

3.7. Servis foydalanuvchini alohida ogohlantirmasdan, Dastur shartlariga o'zgartirishlar kiritish huquqiga ega. Foydalanuvchi https://yandex.uz/legal/referral_eats/ havolasi orqali Dastur shartlaridagi o‘zgarishlarni mustaqil ravishda kuzatish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.