Yandex Eats xizmati Promokodlardan foydalanish shartlari

1. UMUMIY QOIDALAR

1.1. Mazkur Yandex Eats xizmati Promokodlardan foydalanish shartlarida quyidagi atamalar va taʼriflardan foydalaniladi:

1.1.1. Yandex Eats – “Y EATS” MChJ XК, manzil: TOSHKENT SHAHRI, MIRZO ULUGʻBEK TUMANI, ELOBOD MFY, CHUST KOʻCHASI, 1-UY

1.1.2. Promokod – belgilarning muayyan ketma-ketligi, ular faollashtirilgan taqdirda va ulardan foydalanishning boshqa shartlariga rioya qilinganda Foydalanuvchiga Chegirma taqdim qilinadi. Promokod Kuponda yoki Saytda koʻrsatish usuli bilan, shuningdek, yana boshqa usullar bilan Foydalanuvchi eʼtiboriga yetkazilishi mumkin.

1.1.3. Chegirma – Foydalanuvchi tomonidan buyurtma qilingan Mahsulot va Mahsulotni Foyalanuvchiga Yetkazish narxiga nisbatan mijozga Kuponda, Saytda yoki yetkazilgan boshqa usulda koʻrsatilgan miqdorda Foydalanuvchiga taqdim etiladigan chegirma. Chegirma miqdori, agar amalda boʻlsa, QQS hisobi bilan koʻrsatilgan.

1.1.4. Kupon – Promokod va Chegirma taqdim etish shartlari mavjud hujjat (jumladan, qogʻoz karta yoki boshqa tarqatma material; plakat yoki boshqa ommaga namoyish qilishga moʻljallangan tashuvchi; boshqa istalgan targʻibot materiali; elektron koʻrinishdagi axborot).

1.1.5. Sayt – Internet tarmogʻidagi Promokod va Chegirma taqdim etish shartlari mavjud sahifa.

1.1.6. Yandex Eats xizmati – Yandex va uning affillangan shaxslarining Xizmat Foydalanuvchisiga Foydalanuvchi bilan kelishuvda tavsiflangani kabi Mahsulot va Yetkazish boʻyicha Buyurtmalarni amalga oshirish imkonini taqdim etuvchi barcha veb-saytlari (jumladan, biroq bu bilan cheklanmagan holda, Internet tarmogʻidagi eats.yandex.com/uz manziliga joylangan), EHM uchun dasturlarni (jumladan, mobil qurilmalar uchun dasturlari) anglatadi.

1.1.7. Shartlar – https://yandex.uz/legal/promocode_eda manzili boʻyicha Internet tarmogʻiga joylangan mazkur Yandex Eats xizmati Promokodlardan foydalanish shartlari.

1.1.8. Foydalanuvchi bilan kelishuv – https://yandex.uz/legal/termsofuse_eda manzili boʻyicha Internet tarmogʻiga joylangan, oʻzida Foydalanuvchi uchun Yandex Eats xizmatidan foydalanish taklifini ifodalovchi hujjat.

1.2. Mazkur Shartlarda foydalaniladigan boshqa atamalar Foydalanuvchi bilan kelishuvga muvofiq talqin qilinadi.

1.3. Mazkur Shartlar muddatsiz amal qiladi.

1.4. Foydalanuvchilar Shartlar bilan tanishishga majburdirlar. Promokodni faollashtirish orqali Foydalanuvchi mazkur Shartlari bilan toʻliq tanishgani va rozi ekanini tasdiqlaydi.

1.5. Promokod, Promokoddan foydalanish shartlariga, shuningdek, Kuponda, Saytda yoki Foydalanuvchiga yetkazilgan boshqa usulda, qolaversa, mazkur Shartlarda koʻrsatilgan shartlarga amal qilingan taqdirda, Kuponda, Saytda yoki Foydalanuvchiga yetkazilgan boshqa usulda koʻrsatilgan miqdorda Chegirma olish huquqini taqdim etadi.

2. PROMOKODLARDAN FOYDALANISH SHARTLARI

2.1. Promokod faqat naqdsiz toʻlov (Foydalanuvchi bilan kelishuvning 5.1.3-bandi) qilganda, yaʼni ulangan bank kartasi orqali Mahsulotlar va Yetkazish uchun naqdsiz toʻlov qilganda Chegirma olishga imkon beradi.

Chegirma olish shartlari sifatida kartalari reklama aksiyasida qatnashayotgan emitent boʻyicha cheklov boʻlishi mumkin. Naqdsiz toʻlov maqsadi uchun faqat moddiy tashuvchidagi bank kartalari qabul qilinadi; oldindan toʻlov uchun virtual bank kartalari va elektron koʻrinishdagi boshqa kartalar elektron toʻlovning boshqa vositalariga tenglashtiriladi va toʻlovga qabul qilinmaydi.

2.2. Quyidagi Chegirma taqdim etish shartlari Promokod taqdim etishi mumkin:

2.2.1. Yandex Eats xizmati orqali faqat birinchi Buyurtmaga Chegirma: birinchi Buyurtma Foydalanuvchi tomonidan Yandex Eats xizmatida koʻrsatilgan telefon raqami orqali aniqlanadi.

2.2.2. Yandex Eats xizmati orqali dastlabki bir nechta Buyurtmaga Chegirma (masalan, Yandex Eats xizmati orqali dastlabki uchta Buyurtmaga): Chegirma mazkur Shartlarning 2.2.1-bandida belgilanganidek birinchi Buyurtmaga, shuningdek, birinchi Buyurtmada Promokod faollashtirilgan taqdirda keyingi muayyan miqdordagi Buyurtmalar amalga oshirilganda ham taqdim etiladi;

2.2.3. Yandex Eats xizmati orqali Mahsulot va Yetkazish Buyurtma qilinganida faqat muayyan parametrlar tanlangan taqdirda Chegirma;

2.2.4. Yandex Eats xizmati orqali faqat muayyan hudud (jumladan, shaharlar, yoʻnalishning boshlangʻich va/yoki oxirgi nuqtalari boʻylab cheklovlar) doirasida va/yoki muayyan muddat doirasida Mahsulotlar va Yetkazish Buyurtma qilinganida. Promokod amal qilish muddati tugashi bilan u yaroqsiz holga keladi. Bunday hudud va/yoki muddat Kuponda, Saytda koʻrsatilmagan va/yoki Foydalanuvchiga boshqa usulda yetkazimagan taqdirda hudud Kuponlar/Promokodlar tarqatilishi tashkillangan shahar va viloyat doirasida cheklangan hisoblanadi; muddat tegishli Kupon/Promokod ommaviy foydalanish mumkin boʻlgan muddat bilan cheklangan hisoblanadi.

2.3. Promokod, agar Kuponda, Saytda yoki Foydalanuvchiga boshqa usulda yetkazilgan axborotda boshqacha koʻrsatilmagan boʻlsa, bitta Foydalanuvchi tomonidan faqat bir marta ishlatilishi mumkin.

2.4. Foydalanuvchi tomonidan buyurtma qilingan Mahsulot va Yetkazish narxi va Chegirma narxi oʻrtasidagi tafovut, shuningdek, Chegirma summasining oʻzi pul bilan toʻlanmaydi.

2.5. Chegirma faqat Mahsulotlar va Yetkazishni Promokodni faollashtirganda Yandex Eats xizmati tomonidan tanlash taklif qilingan Yandex Eats hamkorlaridan (Restoranlar va Yetkazuvchilar) Buyurtma qilganda taqdim etiladi.

Chegirma Buyurtmani rasmiylashtirish paytida Buyurtmani rasmiylashtirishda tegishli maydonga Promokodni kiritish yoʻli bilan Promokodni qoʻllaganda hamda Xizmat tomonidan kiritilgan Promokod qabul qilingani tasdiqlanganda taqdim etiladi.

2.6. Promokod faqat uni Yandex Eats xizmati orqali Buyurtma rasmiylashtirganda faollashtirganda mazkur Shartlarning 1.5-, 2.2-bandlari qoidalariga amal qilinganda Chegirma taqdim etadi.

2.7. Chegirma Mahsulot narxiga va Yetkazish Foydalanuvchi uchun Foydalanuvchi tomonidan rasmiylashtirilgan Buyurtma doirasida pullik hisoblangan va Yetkazuvchi tomonidan amalga oshirilgan taqdirda Yetkazish narxiga nisbatan taqdim etiladi. Bunda Chegirma nominali avval Mahsulot narxiga nisbatan taqdim etiladi, Mahsulot narxidan oshgan qismi esa Yetkazish narxiga nisbatan taqdim etiladi. Foydalanuvchi Mahsulot va/yoki Yetkazish narxining Chegirma nominali bilan qoplanmagan qismini naqdsiz toʻlov orqali mustaqil toʻlashi mumkin. Mahsulot narxiga nisbatan va Foydalanuvchi uchun Foydalanuvchi tomonidan rasmiylashtirilgan Buyurtma doirasida pullik hisoblangan va Restoran tomonidan amalga oshirilgan taqdirda Yetkazish narxiga nisbatan Chegirma taqdim etishga Xizmat ruxsatiga koʻra yoʻl qoʻyiladi. Yandex Eats koʻrsatilgan Chegirmani taqdim etish shartlari va tartiblarini belgilash huquqini oʻzida qoldiradi.

3. BOSHQA SHARTLAR

3.1. Promokodlardan vijdonsizlarcha foydalanish va/yoki Promokodlardan foydalanishda suiisteʼmolliklarning oldini olish maqsadida Yandex Eats boshqa, mazkur Shartlarda bevosita koʻrsatilmagan tekshiruv usullarini, jumladan, biroq shu bilan cheklanmagan holda, qoʻllash huququni oʻzida saqlab qoladi: Foydalanuvchi haqiqatan Yandex Eats orqali birinchi buyurtmasini rasmiylashtirayotganini, Foydalanuvchi Promokodlardan foydalanishni suiisteʼmol qilmayotganini tekshirish, shuningdek, tegishli suiisteʼmolliklar va/yoki Promokoddan vijdonsizlarcha foydalanish hollari aniqlangan hollarda Chegirma taqdim etishni rad etish.

3.2. Promokoddan foydalanish Foydalanuvchi tomonidan Yandex Eats mobil ilovasi mavjud oxirgi versiyaga yangilanmagan hollarda texnik va/yoki boshqa sabablarga koʻra amal qilmasligi mumkin. Texnik sabablarga koʻra foydalanish sharti Buyurtma uchun naqdsiz toʻlov hisoblangan Promokod orqali Chegirma toʻlov usulini naqdga oʻzgartirilgan va/yoki keyin qayta naqdsiz toʻlovga oʻzgartirilgan taqdirda amal qilmasligi mumkin.

3.3. Promokodlarni faollashtirish va ishlatishga doir murojaatlarni koʻrib chiqishda Yandex Eats yordam xizmati Promokod olingani haqidagi faktni: Promokod kartasining rasmi, Promokod sahifasidan skrinshot va/yoki yordam xizmati koʻrsatmasiga muvofiq boshqa tasdiqni soʻrash huquqiga, murojaat qilayotgan Foydalanuvchi esa tasdiqlash majburiyatiga ega. Bunday tasdiq taqdim etilmagan taqdirda Yandex Eats Chegirma taqdim etishni rad etish huquqini oʻzida saqlab qoladi.

3.4. Yandex Eats mazkur Shartlarga muvofiq Promokodlarni taqdim etish bilan bogʻliq majburiyatlarning telekommunikatsiya va energetika tarmoqlaridagi uzilishlar, zararli dasturlar harakati, uchinchi shaxslarning ruxsatsiz kirishga va/yoki dasturiy va qurilmaviy vositalarni ishdan chiqarishga yoʻnaltirilgan vijdonsizlarcha harakatlari, shuningdek, boshqa oldindan kutilmagan fors-major holatlari natijasida bajarilmasligi yoki yetarlicha bajarilmasligi, shuningdek, Foydalanuvchiga yetgan bevosita, bilvosita, alohida ziyon va zararlar uchun masʼuliyatni zimmasiga olmaydi. Yandex Eats bu kabi holatlarda Foydalanuvchilarning yoʻqotishlarini qoplab berishga majbur boʻlmaydi.

3.5. Yandex Eats, Foydalanuvchilar oʻzlari haqida notoʻgʻri maʼlumot taqdim etish orqali yoki boshqa biror tarzda mazkur Shartlarni buzgan taqdirda ularga Promokod taqdim etishni rad qilish huquqiga ega.

3.6. Mazkur Shartlardan nazarda tutilmagan barcha holatlarda Yandex Eats va Foydalanuvchi Foydalanuvchi bilan kelishuvga murojaat qiladi.

Nashr qilingan sana: 24.07.2025.

Предыдущая версия документа: https://yandex.ru/legal/promocode_eda/03022023