Yandex ID servisidan foydalanish shartlari

Bu amal qilish muddati 18.08.2025 y. da tugagan hujjatning eski versiyasidir. Amalda bo‘lgan versiya quyidagi manzilga joylashtirilgan: https://yandex.uz/legal/id_termsofuse/uz/.

1. Umumiy qoidalar

1.1. Mazkur Yandex ID servisidan foydalanish shartlari (keyinchalik — "Shartlar") Yandex ID Servisidan (keyinchalik — "Servis") foydalanishni tartibga soladi, bu orqali Foydalanuvchilar quyida ko‘rsatilgan yuridik shaxslarning affillangan shaxslari tomonidan taqdim etiladigan Yandex servislaridan (keyinchalik — "Yandex servislari") foydalanish maqsadida Yandex ID qayd yozuvlarini (akkauntlarini) yaratishi va ularni boshqarishi mumkin.

Servisdan foydalangan holda, Foydalanuvchi mazkur Shartlarni to‘liq hajmda qabul qilgan va quyidagi shaxslardan biri bilan mazkur Shartlarga muvofiq hech qanday izohlar yoki istisnolarsiz Servisni taqdim etish bo‘yicha shartnoma tuzgan deb hisoblanadi:

(a) “ID Tech” MChJ, Rossiya Federatsiyasi qonunchiligiga muvofiq tashkil etilgan va faoliyat yurituvchi yuridik shaxs (ADRR - 1247700819233), joylashgan manzili: Rossiya, 119021, Moskva shahri, Lev Tolstoy ko‘chasi, 16-uy, agar Foydalanuvchi Rossiya Federatsiyasi yoki Belarus Respublikasining aloqa operatoriga ulangan mobil telefon raqamini Yandex ID akkauntiga bog‘lagan bo‘lsa;

(b) "Y. Izdeu & Jarnama" MChSh, Qozog‘iston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tashkil etilgan va faoliyat yurituvchi yuridik shaxs (ro‘yxatga olish raqami - 170240015454), joylashgan manzili: Qozog‘iston Respublikasi, Olmaota shahri, Bo‘stonliq tumani, Al-Farobiy shox ko‘chasi, 11/1-uy, pochta indeksi: 050059, agar Foydalanuvchi Qozog‘iston Respublikasining aloqa operatoriga ulangan mobil telefon raqamini Yandex ID akkauntiga bog‘lagan bo‘lsa;

(c) Büyük Reklam Çözümleri Limited Şirketi, Turkiya Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tashkil etilgan va faoliyat yurituvchi yuridik shaxs (ro‘yxatga olish raqami - 477257-5), joylashgan manzili: Halaskargazi Mah. Halaskargazi Cd. No:38-66/E İç Kapı No:215 Şişli/ İstanbul, agar Foydalanuvchi Turkiya Respublikasining aloqa operatoriga ulangan mobil telefon raqamini Yandex ID akkauntiga bog‘lagan bo‘lsa;

(d) “TashGisTechnologies” MChJ XK, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tashkil etilgan va faoliyat yurituvchi yuridik shaxs (ro‘yxatga olish raqami – 998615) joylahsgan manzili: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Shahrisabz ko‘chasi, 2-uy, agar Foydalanuvchi O‘zbekiston Respublikasining aloqa operatoriga ulangan mobil telefon raqamini o‘zining Yandex ID akkauntiga bog’lagan bo‘lsa;

(e) ADVT Invest Holding doo Beograd, Serbiya Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tashkil etilgan va faoliyat yurituvchi yuridik shaxs (ro‘yxatga olish raqami - 21964638), joylashgan manzili: Bulevar Vojvode Bojovica 12 11000 Stari Grad, Belgrade, agar Foydalanuvchi yuqorida ko‘rsatilmagan mamlakatning aloqa operatoriga ulangan Yandex ID akkauntiga mobil telefon raqamini bog‘lagan bo‘lsa.

Mobil telefon raqamidan foydalanmasdan Yandex ID akkauntini ro‘yxatdan o‘tkazgan va keyinchalik mobil telefon raqamini o‘z akkauntiga bog‘lamagan Foydalanuvchilar “ID Tech” MChJ bilan Yandex ID Servisini taqdim etish bo‘yicha shartnoma tuzgan hisoblanadi.

Yandex ID dagi akkauntga bog‘langan telefon raqamini boshqa mamlakatning aloqa operatoriga ulangan telefon raqamiga o‘zgartirganda, mazkur Shartlarga muvofiq Yandex bilan tuzilgan shartnoma bo‘yicha huquq va majburiyatlar, yuqorida tavsiflangan qoidalarga muvofiq, boshqa shaxs tomonidan taqdim etilgan Servisning funksional imkoniyatlari boshqacha bo‘lishi mumkinligini hisobga olgan holda, Yandex ID servisini taqdim etgan bir kishidan boshqasiga o‘tkaziladi.

Keyinchalik, yuqorida ko‘rsatilgan yuridik shaxslarning har biri qulaylik uchun "Yandex" deb nomlanadi.

1.2. Mazkur Shartlar Yandex servislaridan foydalanish tartibiga nisbatan Yandex servislarining Foydalanuvchi shartnomasiga qo‘shimcha va uning ajralmas qismini tashkil qiladi.

Mazkur Shartlarda ko‘zda tutilmagan barcha masalalarda Yandex va Foydalanuvchi o‘rtasidagi Yandex ID dan foydalanish bilan bog‘liq munosabatlar quyidagilar bilan tartibga solinadi:

  • Yandex servislarining Foydalanuvchi shartnomasi;
  • Maxfiylik siyosati (keyinchalik — "Tartibga soluvchi hujjatlar")

Foydalanuvchi shartnomasining amaldagi tahriri har doim quyidagi manzil bo‘yicha sahifada joylashgan:

Mazkur Shartlarning aksepti tartibida «ID Tech» MChJ bilan shartnoma tuzgan foydalanuvchilar uchun Maxfiylik siyosatining amaldagi tahriri har doim quyidagi manzil bo‘yicha sahifada joylashgan: https://yandex.ru/legal/confidential/.

Boshqa mamlakatlardagi foydalanuvchilar uchun Maxfiylik siyosatining amaldagi tahriri har doim quyidagi manzil bo‘yicha sahifada joylashgan:

Foydalanuvchi ushbu orqali, uning shaxsiy ma’lumotlari servisdan foydalanish munosabati bilan, Maxfiylik siyosatiga muvofiq ravishda, to‘planishi va qayta ishlanishini tushunadi va rozi bo’ladi.

1.3. Servisdan/uning alohida funksiyalaridan foydalanishni boshlagan Foydalanuvchi mazkur Shartlarni, shuningdek yuqorida ko‘rsatilgan barcha hujjatlar shartlarini to‘liq hajmda, hech qanday bahonalarsiz va istisnosiz qabul qilgan deb hisoblanadi. Foydalanuvchi ko‘rsatilgan hujjatlarning har qanday qoidalari bilan rozi bo‘lmasa, Foydalanuvchi Servisdan foydalanish huquqiga ega bo‘lmaydi.

1.4. Mazkur Shartlar Yandex tomonidan hech qanday maxsus ogohlantirishsiz o‘zgartirilishi mumkin, agar Shartlarning yangi tahririda boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, Shartlarning yangi tahriri Internet tarmog‘ida mazkur xatboshida ko‘rsatilgan manzilda joylashtirilgan paytdan boshlab kuchga kiradi;

Shartlarning amaldagi tahriri har doim quyidagi manzil bo‘yicha sahifada joylashgan:

Mazkur Shartlarning turli tillardagi versiyalari o‘rtasida zID diyat yuzaga kelgan taqdirda, quyidagi versiya ustun yuridik kuchga ega bo‘ladi: mazkur Shartlarning 1.1-bandiga muvofiq « ID Tech» MChJ bilan shartnoma tuzgan Foydalanuvchilar uchun - rus tilidagi versiyasi; mazkur Shartlarning 1.1-bandiga muvofiq "Y. Izdeu & Jarnama" MChSh bilan shartnoma tuzgan foydalanuvchilar uchun - qozoq tilidagi versiyasi; mazkur Shartlarning 1.1-bandiga muvofiq Büyük Reklam Çözümleri Limited Şirketi bilan shartnoma tuzgan Foydalanuvchilar uchun - turk tilidagi versiyasi; mazkur Shartlarning 1.1-bandiga muvofiq “TashGis Technologies” MChJ XK bilan shartnoma tuzgan Foydalanuvchilar uchun – o‘zbek tilidagi versiyasi; mazkur Shartlarning 1.1-bandiga muvofiq ADVT Invest Holding doo Beograd bilan shartnoma tuzgan Foydalanuvchilar uchun - ingliz tilidagi versiyasi. Mazkur Shartlarning boshqa tildagi versiyalari faqat qulaylik uchun taqdim etilgan.

1.5. Agar Yandex mazkur Shartlarga mazkur Shartlarning 1.4-bandida nazarda tutilgan tartibda Foydalanuvchi rozi bo‘lmagan har qanday o‘zgartirishlar kiritgan bo‘lsa, u Servisdan foydalanishni to‘xtatishi shart.

1.6. Yandex mazkur Shartlarning aksepti natijasida Foydalanuvchi bilan tuzilgan Servisni taqdim etish bo‘yicha shartnoma bo‘yicha o‘z huquq va majburiyatlarini Foydalanuvchini oldindan ogohlantirmasdan va roziligisiz uchinchi shaxslarga o‘tkazish huquqiga ega. Agar qo‘llanilgan huquqqa muvofiq, Yandex bunday o‘tkazmani amalga oshirganligi to‘g‘risida Foydalanuvchini xabardor qilish talab etilsa, u holda mazkur Shartlarning yangi tahririni Servisni taqdim etuvchi shaxslar ko‘rsatgan holda joylashtirish Foydalanuvchini tegishli tartibda xabardor qilish hisoblanadi.

1.7. Servisdan foydalana turib, Foydalanuvchi, Yandex unga axborot ko’rinishdagi xabarlarni, shu jumladan, avtorizatsiya kodlarini telefon qo‘ng‘iroqlari orqali, shuningdek, Foydalanuvchining telefon raqami bog‘langan messenjerda SMS-xabarlarni yoki xabarlarni yuborishi yoki Foydalanuvchining mobil qurilmasida o‘rnatilgan Yandex servislaridan istalganining mobil ilovasiga push-bildirishnoma yuborishi mumkinligini tushunadi.

1.8. Foydalanuvchiga Yandex ID dagi o‘z qayd yozuvidan foydalangan holda avtorizatsiya qilish mumkin bo‘lgan Servislardan foydalanish mazkur Servislarning tegishli mamlakatda amal qiladigan shartlari asosida amalga oshiriladi.

1.9. Servis taqdim etishning mazkur Shartlar bilan tartibga solinmagan ayrim xususiyatlari quyidagi manzilda mavjud bo‘lgan Ma’lumotnomada tasvirlangan bo‘lishi mumkin - https://yandex.ru/support/id/ru/ (rus tilida); https://yandex.com.tr/support/id/tr/ (turk tilida); https://yandex.kz/support/id/kk/ (qozoq tilida); https://yandex.com/support/id/en/ (ingliz tilida), https://yandex.uz/support/id/uz/ (o‘zbek tilida). Qarama-qarshiliklar bo‘lsa, mazkur Shartlar qoidalari qo‘llaniladi.

1.10. Servisning ayrim funksional imkoniyatlari akkauntlarning alohida turlari yoki guruhlari uchun hamda ayrim mamlakatlarda mavjud bo‘lmasligi mumkin. Servisning ayrim funksional imkoniyatlari faqat ma’lum tillarda mavjud bo‘lishi mumkin. Yandex doimiy ravishda Servisni yaxshilash ustida ish olib boradi, barcha mintaqalarda bir xil sifat darajasini ta’minlashga intiladi. Shu bilan birga, qonunchilikdagi farqlar, texnik cheklovlar va Servisni rivojlantirish jarayonlari tufayli Servisning barcha funksional imkoniyatlari barcha mamlakatlarda bir vaqtning o‘zida mavjud bo‘lmasligi mumkin.

1.11. Yandex va Foydalanuvchi o‘rtasida mazkur Shartlardan kelib chiqadigan munosabatlarga nisbatan qo‘llaniladigan huquq mazkur Shartlarning 1.1-bandida ko‘rsatilgan, Foydalanuvchi mazkur Shartlarning aksepti natijasida shartnoma tuzgan yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish huquqi hisoblanadi.

1.12. Shubhaga yo‘l qo‘ymaslik uchun, agar ushbu Shartlarning aniq qoidalaridan boshqacha kelib chiqmasa, “qayd yozuvi”, “Yandex ID”, “profil” va “akkaunt” terminlari ushbu Shartlarda bir-birining o‘rnida ishlatilishi mumkin.

1.13. Yandex o‘z ixtiyoriga ko‘ra Servisning funksionalligini va Servis interfeysi dizaynini o‘zgartirish huquqiga ega.

2. Yandex ID foydalanuvchisini ro‘yxatdan o‘tkazish, Yandex servislarida Yandex IDni foydalagan holda avtorizatsiya qilish

2.1. Yandex ning ayrim servislaridan yoki Yandex servislarining ayrim alohidal funksiyalaridan foydalanish uchun, qo‘llanilgan huquqqa muvofiq muomalaga layoqatli yoshga yetgan Foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tish jarayonidan o‘tishi kerak, buning natijasida Foydalanuvchi uchun noyob qayd yozuvi (Yandex ID) yaratiladi.

Agar Foydalanuvchi ko‘rsatilgan yoshga yetmagan bo‘lsa, shuningdek, amaldagi qonunchilikda bu talab qilingan hollarda, Yandex servislaridan foydalanishga faqat ota-onalar yoki boshqa qonuniy vakillarning (keyinchalik — "Ota-ona") roziligi bilan ruxsat beriladi, aks holda, Foydalanuvchi mazkur Shartlarga muvofiq Yandex servislaridan foydalanish va qayd yozuvlarini yaratish huquqiga ega bo‘lmaydi.

2.2. Foydalanuvchi Yandex ID ro‘yxatdan o‘tish formasini maxsus ro‘yxatdan o‘tish sahifasida yoki alohida Yandex servisining ilovasida to‘ldirish yoki ro‘yxatdan o‘tish formasida taklif qilingan muqobil vositalardan, uchinchi tomon resurs qayd yozuvidan va hokazolardan foydalangan holda ro‘yxatdan o‘tadi.

Ro‘yxatdan o‘tishda Foydalanuvchi Yandex ID ga xavfsiz tarzda kirish, qayd yozuvi ma’lumotlari yo‘qolgan taqdirda kirishni tiklash, Yandex servislarini taqdim etish bo‘yicha Foydalanuvchi bilan muloqot qilish (reklama muloqotidan tashqari, agar Foydalanuvchining alohida roziligi olinmasa), Foydalanuvchilar orasida suiiste’mollardan himoya qilish (ko‘plab akkauntlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, soxta akkauntlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va boshqalar) maqsadida amaldagi mobil telefon raqamini ko‘rsatishi kerak.

Yandex o‘z ixtiyoriga ko‘ra Foydalanuvchi bitta mobil telefon raqamiga ro‘yxatdan o‘tishi mumkin bo‘lgan qayd yozuvlari (akkauntlar) miqdorini cheklash huquqiga ega.

Agar akkauntda Foydalanuvchining ismi, familiyasi va joriy mobil telefon raqami haqida ma’lumot mavjud bo‘lmasa, Yandex Foydalanuvchining Yandex ID akkauntiga kirishini cheklash huquqiga ega. Akkauntga kirish Foydalanuvchi yetishmayotgan ma’lumotlarni ko‘rsatgandan so‘ng tiklanishi mumkin.

2.3. Yandex ID ga kirish uchun vositalar.

2.3.1. Ro‘yxatdan o‘tishda Foydalanuvchi mustaqil ravishda Yandex ID ga kirish uchun login (Foydalanuvchining noyob ramziy nomi) va parolni tanlaydi.

Bunday holatda, avtorizatsiya login va parol avtorizatsiya shaklida to‘g‘ri ko‘rsatilgan holda amalga oshiriladi. Yandex ayrim loginlardan foydalanishni taqiqlash, shuningdek, login va parol (uzunlik, maqbul ramzlar va boshqalar) uchun talablarni belgilash huquqiga ega.

2.3.2. Foydalanuvchiga Yandex ID da quyidagi yo‘llar orqali ro‘yxatdan o‘tish va/yoki avtorizatsiya qilishning soddalashtirilgan tartibidan o‘tish imkoniyati berilishi mumkin:

2.3.2.1 mobil telefon raqamini ko‘rsatish (ba’zi holatlarda Foydalanuvchining ismi va familiyasini ham ko‘rsatiladi). Yandex servislarida keyingi avtorizatsiya Foydalanuvchi tomonidan ro‘yxatdan o‘tish paytida kiritilgan mobil telefon raqami va unga yuborilgan tasdiqlash kodini ko‘rsatish (ro‘yxatdan o‘tish paytida taqdim etilgan familiya va ismni ko‘rsatish talab qilinishi mumkin) orqali amalga oshiriladi.

2.3.2.2 uchinchi tomon resurslari qayd yozuvlaridan foydalanish (ro‘yxatga olish usuli 01.12.2023 yildan ayrim mintaqalar uchun mavjud emas).

Agar qayd yozuvi ilgari uchinchi tomon resurslari qayd yozuvlaridan foydalangan holda ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, keyingi avtorizatsiya va servislarga kirish imkonsiz bo‘lishi mumkin. Yandex servislarining funksional imkoniyatlaridan toʻliq hajmda foydalanish uchun Foydalanuvchi Shartlarning 2.3.1-bandida belgilangan shartlarga muvofiq qoʻshimcha roʻyxatdan oʻtishi kerak boʻlishi mumkin. Qayd yozuviga kirishni amalga oshirish vositalari va usullari haqida batafsil ma’lumotni Yandex ga Kirish sahifasida topish mumkin. Yandex ID ga kirish uchun ushbu vositani tanlab, Foydalanuvchi Maxfiylik siyosati shartlarida uchinchi tomon axborot resurslaridan Foydalanuvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlarini olishga rozilik bildiradi. Foydalanuvchi o‘zi tanlagan uchinchi tomon resursiga kirish vositalarining ishonchliligini va hisob ma’lumotlarining xavfsizligini mustaqil ravishda kuzatishi shart.

2.3.2.3 foydalanuvchi qurilmasi xavfsizlik tizimining funksional imkoniyatlaridan foydalanish.

Foydalanuvchi yuz yoki barmoq izi yordamida Yandex ID da avtorizatsiyani sozlashi mumkin. Ushbu avtorizatsiya usulidan foydalanish quyidagi shartlarga rioya qilgan holda mumkin:

1) Ro‘yxatdan o‘tgan qayd yozuviga ega bo‘lish (Yandex ID);

2) Foydalanuvchi qurilmasi tomonidan barmoq izi va/yoki yuz tasviri yordamida blokirovkani ochish usullarini qo‘llab-quvvatlash.

Avtorizatsiya Foydalanuvchi qurilmasining xavfsizlik tizimidan avtorizatsiya qilish uchun foydalanilgan barmoq izi yoki yuz tasviri Foydalanuvchi qurilmasining xavfsizlik tizimida saqlangan Foydalanuvchining barmoq izi yoki yuz tasviri haqidagi ma’lumotnoma ma’lumotlariga mos kelishini tasdiqlovchi xabarni olish sharti bilan amalga oshiriladi.

Yuz yoki barmoq izi yordamida Yandex ID da Foydalanuvchini avtorizatsiya qilishda WebAuthn texnologiyasi qo‘llaniladi. Yandex Foydalanuvchining barmoq izi yoki yuz tasviri haqidagi ma’lumotlarga kirmaydi yoki to‘plamaydi, shuningdek ko‘rsatilgan ma’lumotlarni boshqa usulda qayta ishlamaydi.

2.4. Foydalanuvchi o‘zi tanlagan Yandex ID ga kirish vositalarining xavfsizligi (shu jumladan taxminlarga bardoshlilik) va xavfsizligi uchun faqat javobgar bo‘ladi, shuningdek, ularning maxfiyligini mustaqil ravishda ta’minlaydi.

Yandex ID ga kirish huquqi yo‘qolgan taqdirda, Foydalanuvchi Yandex ID servisini qo‘llab-quvvatlash sayti sahifasida e’lon qilingan tarzda kirishni tiklash tartibiga murojaat qilishi mumkin.

Agar Foydalanuvchi belgilangan tartibga rioya qilmasa va so‘ralgan Yandex ID ga Foydalanuvchining aniq egaligi tasdiqlanmagan bo‘lsa, Yandex Foydalanuvchining kirishni tiklash bo‘yicha so‘rovini rad etishga haqli.

2.5. Foydalanuvchilar (yoki Foydalanuvchilar toifalari) ma’lumotlarining xavfsizligini ta’minlash maqsadida Yandex Yandex IDni himoya qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni belgilashga, jumladan, qayd yozuviga kirishning kuchaytirilgan vositalarini joriy etishga, qo‘shimcha ma’lumotni taqdim etishni so‘rashga va shubhali faoliyat aniqlansa, Yandex ID ga kirishni cheklashga haqli.

2.6. Foydalanuvchi Yandex ID ga kirishni amalga oshirgandan so‘ng, avtorizatsiya avtomatik ravishda qurilma brauzerida saqlanishi mumkin va har safar Yandex servislaridan foydalanilganda Yandex ID kirish vositalarini qo‘shimcha kiritish talab etilmaydi. Qurilma brauzerida avtomatik ravishda saqlangan Foydalanuvchining Yandex ID ma’lumotlari istalgan Yandex servislariga, shu jumladan servislar, saytlar, ilovalar va boshqa dasturiy mahsulotlarga kirish uchun ishlatilishi mumkin.

2.7. Foydalanuvchining Yandex IDsi bilan Yandex servislari doirasidagi yoki undan foydalanishdagi barcha harakatlar (shuningdek, ularning oqibatlari) uchun faqat Foydalanuvchi javobgar bo‘ladi. Yandex IDni qo‘llagan holda Yandex servislari doirasidagi yoki undan foydalanishdagi barcha harakatlar Foydalanuvchining o‘zi tomonidan amalga oshiriladi, deb hisoblanadi, Foydalanuvchi 2.8-bandda nazarda tutilgan tartibda Yandex ID dan foydalangan holda Yandex servislariga ruxsatsiz kirish va/yoki ularning Yandex ID ga kirish vositalarining (mobil telefon raqami, parol yoki ikki faktorli autentifikatsiya vositalari) maxfiyligi buzilganligi (buzilganligiga shubha) to‘g‘risida Yandex ga xabar bergan hollar bundan mustasno.

2.7.1. Foydalanuvchi o‘zining Yandex ID siga bog‘langan telefon raqami haqidagi axborotni o‘z vaqtida yangilab turishi shart. Raqam o‘z vaqtida o‘zgartirilmagan taqdirda, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlar, shu jumladan Yandex ID ga ruxsatsiz kirish uchun Foydalanuvchi mustaqil ravishda javobgar bo'ladi.

2.8. Foydalanuvchi Yandex servislariga Foydalanuvchining qayd yozuvidan foydalangan holda ruxsatsiz (Foydalanuvchi tomonidan ruxsat etilmagan) kirish holatlari va/yoki ularning Yandex ID ga kirish vositalarining maxfiyligi buzilganligi (buzilganligiga shubha) haqida darhol Yandex ni xabardor qilishi shart. Yandex ma’lumotlarning yo‘qolishi yoki shikastlanishi yoki Foydalanuvchi tomonidan mazkur Shartlar qoidalarini buzganligi sababli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan boshqa oqibatlar uchun javobgar emas.

2.9. Ayrim Yandex servislaridan foydalanish uchun uchinchi tomon servislari (shu jumladan, lekin ular bilan cheklanmagan holda, davlat axborot tizimlari) orqali avtorizatsiya, autentifikatsiya yoki identifikatsiya qilish zarur bo‘lganda, shuningdek, Foydalanuvchi uchinchi tomon servislaridagi akkauntlarni Yandex ID shaxsiy kabinetining “Tashqi akkauntlar” bo‘limida Yandex ID bilan bog‘laganida, boshqa Yandex servislarida foydalanish uchun Yandex ID servisi tomonidan olingan Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari Servisni taqdim etish maqsadida va shuningdek, Yandex ID servisida Yandex servislariga avtorizatsiya/autentifikatsiya qilish va kirish, Yandex servis shakllarida ma’lumotlarni avtomatik to‘ldirish, Yandex servislarida avtorizatsiya/autentifikatsiya bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelganda kirishni tiklash, Yandex servislarida ko‘zda tutilgan yosh cheklovlarini qo‘llash, shuningdek mazkur Shartlarda nazarda tutilgan boshqa hollarda yoki Yandex bunday harakatlarni amalga oshirishdan qonuniy manfaatdor bo‘lsa, tegishli Yandex servisi tomonidan qayta ishlanishi mumkin.

2.10. Foydalanuvchi ma’lumotlarining xavfsizligini ta’minlash va uchinchi shaxslar tomonidan Foydalanuvchining qayd yozuviga ruxsatsiz kirilishining oldini olish maqsadida Yandex qayd yozuviga bog‘langan telefon raqami haqidagi axborotni Foydalanuvchi abonenti bo‘lgan mobil aloqa operatoriga taqdim etishi mumkin.

Mobil aloqa operatori Yandexni Foydalanuvchining telefon raqamiga (masalan, raqamning boshqa uyali aloqa abonentiga o‘tgani haqida) tegishli jiddiy o‘zgarishlar to‘g‘risida xabardor qiladi, Yandex esa tegishli holatlarda ushbu Shartlarning 2.5-bandiga muvofiq Foydalanuvchining qayd yozuviga cheklovlar qo‘yishi mumkin.

2.11. Foydalanuvchi Telegramdagi profilini o‘zining Yandex IDga bog‘lashi mumkin. Bog‘lanish paytida Yandex Telegram provayderidan quyidagi ma’lumotlarni oladi:

  • noyob foydalanuvchi identifikatori (userid);
  • foydalanuvchi nomi (username);
  • va Telegram provayderi tomonidan uning ichki qoidalariga muvofiq uzatiladigan boshqa ma’lumotlar.

Foydalanuvchining Yandex IDga bog‘langan Telegramdagi profili ostida Telegram ichidagi ilovalar, chat botlari va boshqa shunga o‘xshash Yandex servislari vositalari orqali amalga oshirilgan barcha harakatlar bevosita Foydalanuvchi tomonidan amalga oshirilgan hisoblanadi. Siz istalgan vaqtda Yandex ID shaxsiy kabinetida Telegram profilingizni Yandex ID bilan uzishingiz mumkin. Biroq, bog‘lanishni bekor qilish, uni bekor qilishdan oldin bajarilgan harakatlarga ta’sir qilmaydi.

3. Foydalanuvchining Yandex ID ma’lumotlari

3.1. Foydalanuvchi o‘zi haqida to‘g‘ri va to‘liq ma’lumotlarni taqdim etish va bu ma’lumotlarni yangilab turish majburiyatini oladi. Agar Foydalanuvchi noto‘g‘ri ma’lumot taqdim etsa yoki Yandex foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar to‘liq emas yoki ishonchsiz deb hisoblash uchun asos bo‘lsa, Yandex o‘z ixtiyoriga ko‘ra Foydalanuvchining Yandex IDsini bloklash yoki o‘chirish va Foydalanuvchiga uning servislaridan (yoki ularning alohida funksiyalaridan) foydalanishni rad etish huquqiga ega.

3.2. Foydalanuvchining Yandex IDsi Foydalanuvchi haqidagi quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi mumkin:

  • familiyasi, ismi, otasining ismi (mavjud bo‘lsa);
  • mobil telefon raqami;
  • elektron pochta manzili (asosiy va qo‘shimcha);
  • jinsi;
  • tug‘ilgan sanasi;
  • Yandex servislaridan foydalanganda ko‘rsatilgan manzillar;
  • qayd yozuvi uchun tasviri (qayd yozuvi Tasviri);
  • Foydalanuvchining shaxsiy imtiyozlari asosida aniqlangan qo‘shimcha sozlamalar
  • Foydalanuvchi mazkur Shartlarning 3.4-bandiga muvofiq Yandex ID shaxsiy kabinetidagi “Hujjatlar” bo‘limiga qo‘shadigan ma’lumotlar;
  • Foydalanuvchi boshqa servislardagi (axborot tizimlari) akkauntlarini Yandex IDga bog'laganida Yandex tomonidan olingan ma’lumotlar;
  • Foydalanuvchi Yandex servislaridan foydalanganda o‘zi haqida qoldiradigan ma’lumotlar yoki foydalanuvchining Yandex servislaridan foydalanishi natijasida paydo bo‘ladigan ma’lumotlar.

Qayd yozuvi ma’lumotlari Yandex servislarida quyidagi maqsadlarda ishlatilishi mumkin:

  • Yandex servislarida avtorizatsiya va ularga kirish;
  • Yandex servislari shakllarida ma’lumotlarni avtomatik to‘ldirish;
  • Yandex servislarida avtorizatsiya bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelganda kirishni tiklash;
  • Yandex servislaridan foydalanish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha Foydalanuvchi bilan zaruriy aloqa (masalan, Foydalanuvchi qayd yozuvidan foydalangan holda shubhali faoliyat haqida xabar berilganda, Yandex servislarida Foydalanuvchining huquq va manfaatlariga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan muhim o‘zgarishlar va boshqalar);
  • Yandex servislarini shaxsiylashtirish, Yandex servislarining eng to‘liq tavsiyalari va funksional sozlamalarini taqdim etish;
  • shaxssizlashtirilgan tahliliy, statistik va marketing tadqiqotlarini o‘tkazish;
  • Foydalanuvchining ishonchliligini tekshirish;
  • Yandex servislarida taqdim etilgan yosh cheklovlarini qo‘llash;
  • qonunchilik talablarini bajarish;
  • Yandex servislarida Foydalanuvchi tomonidan belgilangan qo‘shimcha sozlamalarni qo‘llash.

Foydalanuvchi istalgan vaqtda qayd yozuvi ma’lumotlarini aniqlashtirishi va Yandex ID shaxsiy kabinetida o‘chirishi mumkin, agar Foydalanuvchi akkaunti avtorizatsiya o‘tkazishni yakunlash va qayd yozuviga kirishni tiklash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan bo‘lsa, aks holda Foydalanuvchi Shartlarning 5.4-bandiga muvofiq o‘z qayd yozuvini o‘chirib tashlashi mumkin.

Maxfiylik siyosatida belgilangan va Yandex ID da mavjud bo‘lgan Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari Maxfiylik siyosati shartlariga muvofiq Yandex tomonidan saqlanadi va qayta ishlanadi.

3.3. Yandex ID shaxsiy kabinetida Foydalanuvchi qayd yozuvi Tasvirini yuklashi va Foydalanuvchi tomonidan Yandex servislaridan foydalanish doirasida e’lon qilingan materiallarga, shu jumladan sharhlar, sharhlar va boshqalarga hamroh bo‘lishi mumkin bo‘lgan nomni (Foydalanuvchi Nomi) o‘rnatishi mumkin.

Agar foydalanuvchi Foydalanuvchi Nomini sozlamagan bo‘lsa, u quyidagi formatda aks ettiriladi: ro‘yxatdan o‘tish shaklida yoki Yandex ID shaxsiy kabinetining tegishli maydonlarida Foydalanuvchi tomonidan ko‘rsatilgan ismi va familiyasi.

Qayd yozuvi Tasviri va Foydalanuvchi Nomi Yandex servislarining Foydalanuvchi shartnomasining 4-bo‘limi talablariga javob berishi kerak. Foydalanuvchi Nomi va/yoki Tasviri ushbu talablarga mos kelmasa, Yandex Foydalanuvchi Nomi va/yoki Tasvirini o‘chirishga yoki Shartlarning 5.3-bandida nazarda tutilgan boshqa choralarni qo‘llashga haqli.

3.3.1. Foydalanuvchi qayd yozuvi Tasviri va Foydalanuvchi Nomi Yandex servislaridan foydalanish doirasida Foydalanuvchi tomonidan e’lon qilingan materiallarga hamroh bo‘lishi va cheksiz ko‘p odamlar foydalanishi mumkinligini tan oladi va rozilik beradi.

Foydalanuvchi Yandex servislarida, reklama mahsulotlarida, korporativ bloglarda va uchinchi tomon resurslarida Yandex akkauntlarida qayd yozuvi Tasviri va Foydalanuvchi Nomini ko‘rsatish huquqiga ega ekanligiga rozi.

Foydalanuvchi tomonidan e’lon qilingan va Foydalanuvchi tomonidan ko‘rsatilgan Yandex servislarida mavjud bo‘lgan qayd yozuvi Tasviri, Foydalanuvchi Nomi va boshqa ma’lumotlar faqat tegishli Yandex servisini taqdim etish va Foydalanuvchilarni shaxsiylashtirish maqsadlarida cheklanmagan miqdordagi shaxslarga ko‘rsatilishi kerak. Ushbu ma’lumot (shu jumladan shaxsiy ma’lumotlar) uchinchi shaxslar tomonidan to‘plash va keyinchalik tarqatish uchun mo‘ljallanmagan, bunday maqsad tegishli servis shartlarida aniq ko‘rsatilgan hollar bundan mustasno.

3.4. Ayrim mintaqalardagi Foydalanuvchilarga Yandex servislarida ko‘rsatilgan hujjatlarni Yandex ID shaxsiy kabinetida saqlash imkoniyati taklif etiladi. Yandex ID ma’lumotlarini boshqarish tartibi https://yandex.ru/legal/id_storage (rus tilida) manzilda joylashgan "Yandex ID da hujjatlarni saqlash" funksiyasidan foydalanish shartlari bilan tartibga solinadi.

3.5. Ayrim mintaqalardagi Foydalanuvchilarga Yandex ID shaxsiy kabinetidan foydalanish orqali bog‘langan kartalar ma’lumotlarini boshqarish imkoniyati berilishi mumkin. Bog‘langan kartalar ma’lumotlarini qo‘shish, ishlatish va boshqarish https://yandex.ru/legal/bank_card (rus tilida), https://yandex.com.tr/legal/bank_card (turk tilida) manzili bo‘yicha e’lon qilingan shartlar bilan tartibga solinadi.

3.6. Mobil telefon raqamini ko‘rsatgan va tasdiqlagan Foydalanuvchi ushbu ma’lumotlarni Foydalanuvchi qurilmasida ko‘rish va saqlash maqsadida Yandex tomonidan saqlanadigan va qayta ishlanadigan shaxsiy ma’lumotlari bilan arxivni so‘rash funksional imkoniyatidan, shuningdek, uning shaxsiy ma’lumotlarini o‘chirish uchun so‘rov yuborish funksional imkoniyatidan foydalanishi mumkin.

Belgilangan funksionallik Yandex ID servisi shaxsiy kabinetining "Ma’lumotlarni boshqarish" bo‘limida mavjud.

3.7. Yandex istalgan vaqtda Foydalanuvchidan Yandex ID da ko‘rsatilgan ma’lumotlarni (shu jumladan Bog‘langan karta ma’lumotlari) tasdiqlashni talab qilish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

Ma’lumotlarni tekshirish maqsadida Yandex tasdiqlovchi hujjatlarni (xususan, shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni) so‘rashga haqli, ularni taqdim etmaslik, Yandex ning ixtiyoriga ko‘ra, noto‘g‘ri ma’lumotlarni taqdim etishga tenglashtirilishi va Shartlarning 3.1-bandida nazarda tutilgan oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Agar Foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda ko‘rsatilgan ma’lumotlar Yandex ID da ko‘rsatilgan ma’lumotlarga mos kelmasa, shuningdek, Yandex ID da ko‘rsatilgan ma’lumotlar Foydalanuvchini aniqlashga imkon bermasa, Yandex foydalanuvchiga Yandex ID ga kirishni va Yandex servislaridan foydalanishni rad etishga haqli.

4. Yandex IDning qo‘shimcha imkoniyatlari. Akkaunt turlari

4.1. Yagona akkaunt

Yandex, ayrim hududlardagi Foydalanuvchilarga nisbatan, o‘z ixtiyoriga ko‘ra, bir xil asosiy telefon raqamini o‘z ichiga olgan Foydalanuvchi qayd yozuvlarini (profillarini) turli xil qayd yozuvlari (profillar) o‘rtasida soddalashtirilgan o‘tish uchun yagona akkauntga birlashtirish huquqiga ega (keyingi o‘rinlarda –“Yagona akkaunt”).

Yandex Foydalanuvchining Yagona akkauntiga Foydalanuvchining ismi va familiyasi, tug‘ilgan sanasi va jinsi to‘g‘risidagi, Yagona akkauntga kiruvchi har qanday Foydalanuvchi profilidan olingan ma‘lumotlarni qo‘shish huquqiga ega, bunda Foydalanuvchi ushbu ma‘lumotlarni keyinchalik tahrirlash imkoniyatini saqlab qoladi. Foydalanuvchi Yagona akkauntda familiya va ism haqidagi dolzarb ma‘lumotlarni qo‘llab turish majburiyatini oladi.

4.1.1. Yagona akkauntda avtorizatsiya qilishda Foydalanuvchi Yagona akkaunt tarkibiga kiruvchi profillar o‘rtasida o‘tishning soddalashtirilgan (parol va/yoki boshqa avtorizatsiya ma‘lumotlarini kiritishni talab qilmaydigan) funksional imkoniyatidan foydalanishi mumkin.

Agar Foydalanuvchining profili qayd yozuviga kirishning qo‘shimcha vositalari (masalan, ikki faktorli autentifikatsiya) bilan kuchaytirilgan bo‘lsa, bunday profilga o'tish faqat tegishli qo‘shimcha avtorizatsiya amallarini bajargandan keyin mumkin bo‘ladi.

4.1.2. Foydalanuvchi profil orqali avtorizatsiyadan o‘tadigan Yandex servislari, o‘z ixtiyoriga ko‘ra ushbu Shartlarning 3.2-bandda ko‘rsatilgan maqsadlarda Foydalanuvchi to‘g‘risidagi ma‘lumotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri uning profilidan yoki Yagona akkauntdan olishi mumkin.

4.1.3. Foydalanuvchi Yagona akkaunt tarkibiga kiruvchi profildagi asosiy telefon raqamini o‘zgartirganda, asosiy telefon raqami Yagona akkauntning barcha profillarida avtomatik ravishda o‘zgaradi.

4.1.4. Foydalanuvchi Yagona akkauntni faqat Yagona akkaunt tarkibiga kiruvchi oxirgi profilni o‘chirish bilan bir vaqtda o‘chirib tashlashi mumkin.

4.2. Oilaviy akkaunt

Ayrim Yandex servislaridan yoki servislarning ayrim alohida funksiyalaridan foydalanish uchun ayrim mintaqalardagi Foydalanuvchiga oilaviy akkaunt (keyinchalik — "Oilaviy akkaunt") yaratish imkoniyati taqdim etilishi mumkin.

Oilaviy akkauntini yaratish tashabbusi bilan chiqqan shaxs (keyinchalik — "Oilaviy akkaunt egasi") Oilaviy akkauntiga a’zolarni qo‘shishi, shuningdek, Yandex ID shaxsiy kabinetidagi Oilaviy akkaunt parametrlarini sozlashi mumkin. Agar foydalanuvchi ilgari alohida Yandex servislarida Oilaviy akkauntni yaratgan bo‘lsa, uni boshqarish Yandex ID shaxsiy kabinetiga o‘tkazilishi mumkin.

Yandex Oilaviy akkauntga kiritilgan Foydalanuvchilar soniga, shuningdek, Foydalanuvchilarni Oilaviy akkauntga kiritish uchun yuborilgan so‘rovlar soniga cheklovlar qo‘yish huquqiga ega.

Oilaviy akkauntdan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlari Yandex ning muayyan servislaridan foydalanishning alohida shartlari bilan tartibga solinishi mumkin.

4.3. Bola akkaunti

4.3.1. Bola akkauntini yaratish

Ayrim mintaqalardagi Foydalanuvchilarga (keyinchalik mazkur bandda qo‘llanilganda — "Ota-ona") Yandex ID funksionalligidan foydalangan holda (keyinchalik — "Ota-ona akkaunti") 14 yoshgacha bo‘lgan shaxslar (keyinchalik — "Bolalar akkaunti") uchun cheklangan huquqlarga ega Yandex servisi Foydalanuvchi qayd yozuvini yaratish imkoniyati beriladi.

Bola akkauntini boshqarish imkoniyatini tasdiqlash uchun Ota-ona mobil telefon raqamidan foydalanib, Ota-ona akkauntini tasdiqlashi kerak. Ota-ona akkaunti Foydalanuvchisining mobil telefon raqamini qo‘shmasdan Bola akkauntini faollashtirish mumkin emas.

Bola akkauntini yaratishda Ota-ona Bola akkaunti Foydalanuvchisi haqidagi ma’lumotlarni ko‘rsatadigan (ismi, familiyasi, yoshi va boshqalar) yangi qayd yozuvi yaratadi, shuningdek, Bola akkaunti uchun login va parolni o‘rnatadi. Ota-ona o‘z ixtiyoriga ko‘ra, Bola akkauntiga Foydalanuvchi qayd yozuvi Tasvirini qo‘shishi mumkin.

Bola akkaunti Ota-onaga Bola akkaunti Foydalanuvchisi Yandex servislari kontentiga kirish uchun yosh chegarasini tanlash imkonini beradi. Toifa Ota-ona tomonidan o‘z ixtiyoriga ko‘ra tanlanadi, Yandex tanlangan toifani Bola akkaunti Foydalanuvchisining haqiqiy yoshi toifasiga nisbatan tekshirishni amalga oshirmaydi.

Bola akkaunti Foydalanuvchisi qayd yozuvini aks ettirish Yandex ID interfeysida akkauntning holatini ko‘rsatadigan maxsus indikator bilan birga keladi.

4.3.2. Bola akkauntini yaratishda, Ota-ona

Yandex servislari uchun Foydalanuvchi shartnomasi shartlarini, Maxfiylik siyosatini va Bola akkauntidan foydalanishga nisbatan mazkur Shartlarni qabul qiladi;

Bola akkauntidan foydalanish doirasida Bola akkaunti Foydalanuvchisi to‘liq yoki cheklangan funksionalligi taqdim etilgan Yandex servislaridan foydalanishi mumkinligini tushunadi va rozi bo‘ladi (Bola akkaunti uchun Yandex servisining o‘ziga xos xususiyatlari va sozlamalariga qarab). Bunday holda, tegishli Yandex servisidan foydalanish shartlarini qabul qiluvchi shaxs, Bola akkaunti Foydalanuvchisi amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq huquqiy layoqatga erishganligiga qarab, Ota-ona yoki Bola akkaunti Foydalanuvchisi hisoblanadi;

Yandex ID Bola akkaunti Foydalanuvchisi, Yandex servislari va ularning alohida funksiyalaridan foydalanish uchun javobgar shaxs sifatida ishlaydi;

Yandex servislarini Bola akkaunti Foydalanuvchisiga taqdim etish doirasida Maxfiylik siyosati shartlariga muvofiq qayta ishlanadigan Bola akkaunti Foydalanuvchisidan shaxsiy ma’lumotlar olinishi mumkinligini tushunadi va rozi bo‘ladi;

Oila akkauntida Bola akkaunti mavjudligi haqidagi ma’lumotlar, shuningdek, Bola akkauntida ko‘rsatilgan ayrim ma’lumotlar Ota-ona va/yoki Administratorga taklif etilayotgan Yandex servislarining funksiyalarini shaxsiylashtirish maqsadida ishlatilishi mumkinligini tushunadi va rozi bo‘ladi;

Bola akkauntiga qo‘llaniladigan kontentni filtrlash choralari avtomatlashtirilganligini tushunadi va rozi bo‘ladi va Ota-ona tomonidan belgilangan yosh chegarasidan kichik bo‘lgan shaxslar uchun mo‘ljallanmagan ma’lumotlarga ega bo‘lgan sahifalarning nosozliklar, xatolar yuzaga kelishini istisno etmaydi. Bola akkauntidan foydalanish to‘liq xavfsizlikni kafolatlamaydi va voyaga yetmaganlar "Internet" tarmog‘idan foydalanganda ota-ona nazorati funksiyasini almashtirmaydi;

Yandex Bola akkaunti Foydalanuvchisining haqiqiy yoshini tekshirmasligini, shuningdek, Ota-onaning Bola akkaunti Foydalanuvchisiga nisbatan qonuniy vakil sifatida harakat qilish huquqiga ega yoki yo‘qligini tekshirmasligini tushunadi va rozi bo‘ladi;

Yandex Yandex servislari doirasida kontentni filtrlash boʻyicha qoʻshimcha choralar koʻrishini tushunadi va rozi boʻladi, lekin Bola akkaunti Foydalanuvchisi bilan bevosita bogʻlanganda uchinchi tomon saytlariga nisbatan hech qanday cheklovchi choralarni qoʻllashi mumkin emas.

4.3.3. Bola akkauntini boshqarish

Bola akkauntini yaratgandan so‘ng, bunday akkauntning Foydalanuvchisi Ota-ona tomonidan ko‘rsatilgan login va paroldan foydalangan holda avtorizatsiya qilish orqali Yandex servislaridan foydalanish huquqiga ega.

Ota-ona Bola akkauntini boshqarish ustidan nazoratni amalga oshiradi, shu jumladan: Bola akkauntining hisobga olish ma’lumotlarini o‘rnatish, o‘zgartirish, Bola akkaunti ma’lumotlarini kiritish, o‘zgartirish, o‘chirish, Bola akkauntidagi kontent uchun yosh cheklovlarini o‘rnatish, Bola akkaunti Foydalanuvchisiga oilaviy toʻlov usuli sifatida bogʻlangan karta toʻplamiga kirish huquqini berish va h.k.

Ota-ona Oilaviy akkaunt a’zosi bo‘lgan va 14 yoshga to‘lgan boshqa Foydalanuvchiga Bola akkauntini boshqarish huquqini (keyinchalik — "Administrator") taqdim etish huquqiga ega. Administrator mazkur bandda ko‘rsatilgan imkoniyatlarga ega. Bola akkauntini o‘chirib tashlash yoki Ota-onaning tasdiqlangan telefon raqamidan foydalanish orqali tasdiqlashni talab qiluvchi boshqa funksiyalarni bajarish faqat Ota-onaning mobil telefon raqami orqali tasdiqlanishi mumkin.

Ota-ona yoki Administrator allaqachon qo‘shilgan Oila akkaunti Foydalanuvchisiga Bola akkauntidan foydalanishni taklif qilishi mumkin. Foydalanuvchining akkauntini Bola akkauntiga aylantirish uchun havolani yuborish orqali Ota-ona mazkur Shartlarning 4.2-bandi shartlariga to‘liq hajmda roziligini bildiradi.

4.3.4. Bola akkauntidan foydalanish

Yandex servislaridan foydalanish, agar ular tegishli funksionallikka ega bo‘lsa, ko‘rsatilgan yosh cheklovlarini hisobga olgan holda, Bola akkauntida mavjud bo‘ladi. Bola akkaunti odatda Oilaviy qidiruvni, ya’ni avtomatik filtrlash rejimini va voyaga yetmaganlar uchun mo‘ljallanmagan sahifalarni qidirish natijalaridan istisnolarni o‘z ichiga oladi. Bunday shaxslar uchun potensial nomaqbul kontentga ega sahifalarga kirish bloklanadi va tegishli bildirishnoma aks ettiriladi.

4.3.5. Bola akkaunti Foydalanuvchisi 14 yoshga yetganida, Ota-ona Bola akkaunti sozlamalarini bekor qilish huquqiga ega, buning natijasida Bola akkaunti Foydalanuvchisiga ushbu harakat o‘zi tomonidan tasdiqlanganidan keyin o‘rnatilgan cheklovlarsiz mustaqil Yandex ID sifatida foydalanish imkoniyati beriladi.

4.4. Ayrim mintaqalarda Foydalanuvchi yo‘l harakati, avtoturargohlar va jamoat ishlari sohasidagi ma’muriy huquqbuzarliklar uchun to‘lanmagan jarimalar (keyinchalik — "Jarima"), topilgan Jarimalarni to‘lash va Foydalanuvchi tomonidan ko‘rsatilgan transport vositasiga nisbatan yangi Jarimalar paydo bo‘lishi to‘g‘risida bildirishnomalarni ulash to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qidirish funksiyasidan foydalanishi mumkin.

Yandex ID dagi Foydalanuvchining profil sahifasidagi maxsus "Jarimalar" bo‘limida Jarimalar haqidagi ma’lumotlarni izlash va monitoring qilish uchun Foydalanuvchi transport vositasi ma’lumotlarini (transport vositasini ro‘yxatga olish guvohnomasi raqami) va Foydalanuvchining haydovchilik guvohnomasi raqamini taqdim etadi. Yandex olingan ma’lumotlarni Maxfiylik siyosati shartlariga muvofiq ma’lumotlarni taqdim etish va olingan ma’lumotlarni Yandex ID servisining shaxsiy kabinetida saqlash uchun qayta ishlaydi.

Yangi jarimalar mavjudligi haqidagi bildirishnomani ulashda, Yandex Foydalanuvchini Yandex mobil ilovasidan foydalangan holda push-xabarlar yuborish yoki boshqa yo‘l bilan Yandex servisi qayd yozuvida Foydalanuvchi tomonidan ko‘rsatilgan aloqa ma’lumotlaridan foydalangan holda xabardor qiladi. Yandex Jarimalarga nisbatan bildirishnomalarning yuborilishiga yoki Foydalanuvchi tomonidan bunday bildirishnomaning o‘z vaqtida yuborilishi va olinishiga kafolat bermaydi.

4.5. Ayrim mintaqalardagi Foydalanuvchilar ba’zi Yandex servislarida o‘z qayd yozuvlari yordamida amalga oshirilgan to‘lovlar haqidagi ma’lumotlarni ko‘rish funksiyasidan foydalanishlari mumkin. Alohida to‘lovlar uchun Foydalanuvchi tegishli tranzaksiya uchun chek haqidagi ma’lumotlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

Belgilangan funksionallik Yandex ID dagi Foydalanuvchi profili sahifasining "To‘lovlar" bo‘limida mavjud.

Yandex aks ettirilgan ma’lumotlarning to‘liqligi, aniqligi va dolzarbligiga kafolat bermaydi.

4.6. Ommaviy profil

4.6.1. Ommaviy profilni yaratish

Ayrim mintaqalardan Foydalanuvchilarga Yandex qidiruv tizimida va boshqa Yandex servislarida interaktiv qidiruv elementi yoki servisdagi axborot bloki sifatida aks ettirilishi mumkin bo‘lgan (funksional imkoniyat mavjud bo‘lganda) Yandex ID qayd yozuvida o‘zlari va ularning kasbiy faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan Profil (keyinchalik — "Ommaviy profil") yaratish imkoniyati beriladi.

Ommaviy profil yaratish uchun foydalanuvchi Shartlarning 4.7.2-bandi qoidalariga muvofiq ID shaxsiy kabinetida maxsus shaklni to‘ldirishi kerak. Ommaviy profil tekshiruvdan o‘tganidan keyin chop etilishi mumkin.

4.6.2. Ommaviy profil maʼlumotlari.

Ommaviy profilni yaratish uchun foydalanuvchi maxsus shaklni to‘ldirishi va o‘zi haqida kerakli ma’lumotlarni taqdim etishi kerak, shu jumladan (lekin quyidagilar bilan cheklanmagan holda):

  • shaxsni tasdiqlovchi hujjatga muvofiq FIO;
  • profil fotosurati;
  • ta’lim haqidagi ma’lumotlar;
  • ish tajribasi haqida ma’lumot;
  • to‘ldiriladigan shaklda ko‘rsatilgan boshqa ma’lumotlar.

Ommaviy profilni joylashtirganda, Foydalanuvchi oʻzi haqida aniq, ishonchli va toʻliq maʼlumotlarni taqdim etish majburiyatini oladi va har qanday oʻzgarishlar yuz bergan taqdirda, uning dolzarbligini saqlab qolish uchun Ommaviy profilga zudlik bilan tuzatishlar kiritish majburiyatini oladi. Yandex taqdim etilgan ma’lumotlarni verifikatsiya qilish tartibini amalga oshirish huquqiga ega.

Barcha ma’lumotlar Yandex tomonidan Maxfiylik siyosati shartlariga muvofiq Yandex ID qayd yozuvida saqlanadi va qayta ishlanadi.

4.6.3. Ommaviy profilni verifikatsiya qilish

Yandex istalgan vaqtda, shu jumladan Ommaviy profilda Foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi va dolzarbligini, shu jumladan Ommaviy profil e’lon qilinishidan oldin va Ommaviy profil e’lon qilinganidan keyingi davrda istalgan shubha tug‘ilganda tekshirish huquqiga ega. Foydalanuvchi tomonidan Ommaviy profilda ko‘rsatilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligiga yoki Ommaviy profil unga tegishli ekanligiga shubha tug‘ilganda, Yandex Foydalanuvchining Ommaviy profilini nashr etishni rad etishga, shuningdek, agar u ilgari e’lon qilingan bo‘lsa, ommaviy ko‘rinishdan olib tashlashga haqli.

Verifikatsiya qilishni o‘tkazish uchun Yandex quyidagilardan foydalanish huquqiga ega

Yandex ID bo‘limida shaklni to‘ldirishda Аoydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan yoki maxsus so‘rov orqali olingan ma’lumotlar;

ochiq manbalardan, shu jumladan ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlar va (yoki) malakalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning Federal reestridan olingan ma’lumotlar, Ta’lim va fan sohasida nazorat bo‘yicha Federal xizmatning ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlari;

Foydalanuvchi tomonidan ilgari taqdim etilgan boshqa Yandex servislaridan olingan ma’lumotlar (Foydalanuvchining roziligi bilan);

Ommaviy profilda Foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirish maqsadida, Yandex qo‘shimcha ma’lumotni, shu jumladan Foydalanuvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni va Ommaviy profilni tekshirish uchun boshqa ma’lumotlarni so‘rashi mumkin.

Ommaviy profil ma’lumotlarini tasdiqlash push-bildirishnoma yoki Foydalanuvchining Yandex ID da ko‘rsatilgan telefon raqamiga yuborilgan yoki Ommaviy profilni yaratish jarayonida kiritilgan verifikatsiya qilish kodi bilan xabar yordamida ham amalga oshirilishi mumkin.

4.6.4. Cheklovlar va javobgarlik

Foydalanuvchi Rossiya qonunchiligi va amaldagi huquqning boshqa normalarini, uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, https://yandex.ru/support/id/data/public-profile-in-search-rules.html (rus tilida) havolada mavjud bo‘lgan moderatsiya Qoidalarini buzgan Yandex servislarining Foydalanuvchi shartnomasida belgilangan cheklovlarni buzgan deb taxmin qilingan yoki amalda buzgan ma’lumotlarni Ommaviy profilga joylashtirmaslik majburiyatini oladi. Ushbu qoidalar buzilgan taqdirda, Ommaviy profilni e’lon qilish tushuntirishsiz rad etilishi mumkin. Agar moderatorlar tomonidan navbatdagi maʼlumotlarni tekshirishda qoidabuzarliklar aniqlansa, ilgari eʼlon qilingan Ommaviy profil nashrdan olib tashlanishi mumkin. Yandex Ommaviy profilda joylashtirilgan ma’lumotlar toifalari va/yoki kasbiy faoliyat turlariga nisbatan cheklovlar kiritish huquqiga ega. Yandex Ommaviy profilni joylashtirishga kafolat bermaydi. Joylashtirilgan ma’lumotlarga shubha tug‘ilgan taqdirda, Yandex Ommaviy profilni e’lon qilishni rad etish yoki ilgari e’lon qilingan Ommaviy profilni tushuntirishsiz nashrdan olib tashlash huquqiga ega.

Foydalanuvchi Ommaviy profilda ma’lumotlarni mustaqil ravishda joylashtiradi va Ommaviy profil va unda ko‘rsatilgan ma’lumotlarni yaratish va joylashtirish bilan bog‘liq holda uchinchi shaxslar oldida javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi.

Foydalanuvchilar boshqa shaxslarning Ommaviy profilidagi ma’lumotlardan Foydalanuvchining tegishli ruxsatisiz foydalanmaslik majburiyatini oladilar.

Axborotlar va/yoki ma’lumotlarning Ommaviy profilda noqonuniy joylashtirilganligi aniqlangan taqdirda, Foydalanuvchi https://yandex.ru/support/abuse/troubleshooting/search/search-appearance.html (rus tilida) qayta aloqa shakli orqali shikoyat qoldirishga haqli.

4.6.5. Ommaviy profilni e’lon qilish

Ommaviy profil yaratishda Foydalanuvchi Ommaviy profilda ommaviy namoyish uchun mavjud bo‘lgan ma’lumotlar bloklarini mustaqil ravishda tanlash huquqiga ega. Foydalanuvchi ommaviy namoyish qilish uchun ko‘rinadigan istalgan ma’lumot, shu jumladan aloqa ma’lumotlari, Foydalanuvchi tasviri, martaba, ta’lim va boshqalar qidiruv natijalarida butun dunyo bo‘ylab cheksiz ko‘p odamlar uchun mavjud bo‘lishini tushunadi va rozi bo‘ladi.

Yandex bunday ma’lumotlardan uchinchi shaxslar tomonidan faqat Ommaviy profilni e’lon qilish maqsadida foydalanishi mumkinligiga kafolat bermaydi va uchinchi shaxslarning Ommaviy profildan ma’lumotlarni nusxalash va qayta ishlash harakatlari uchun javobgar bo‘lmaydi.

Foydalanuvchiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reklama kommunikatsiyasi yoki nomaqbul elektron xabarlarni yuborish maqsadida, shuningdek boshqa noqonuniy harakatlar yoki Ommaviy profil egasini xabardor qilmasdan va/yoki roziligisiz amalga oshiriladigan harakatlar uchun Ommaviy profil egasining aloqa ma’lumotlaridan foydalanish, agar bunday foydalanish professional xarakterdagi takliflarni olishga ommaviy roziligini bildirgan Foydalanuvchilar bilan aloqalarni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lmagan hollarda, taqiqlanadi.

4.7. Yandex ID shaxsiy kabinetida ayrim mintaqalardagi Foydalanuvchilarga "Yandex Pay" MChJ Foydalanuvchi tomonidan "Yandex Split" Servisidan foydalanganda, Yandex ID servisida Foydalanuvchi uchun mavjud bo‘lgan cheklovni (https://yandex.ru/legal/id_split_limit) ko‘rsatish shartlariga muvofiq amalga oshirishi mumkin bo‘lgan xarajatlarning maksimal miqdori to‘g‘risida dastlabki ma’lumotlarni ko‘rish uchun funksional imkoniyatlar taqdim etilishi mumkin.

Agar Foydalanuvchi "Yandex Split" servisi foydalanuvchisi bo‘lsa va "Yandex Pay" MChJ bilan tuzilgan amaldagi topshirish shartnomasiga ega bo‘lsa, bunda Yandex ID shaxsiy kabinetida Foydalanuvchi bunday topshirish shartnomasi haqidagi ma’lumotlarni, shu jumladan, unga muvofiq keladigan to‘lovlar jadvali va miqdorini ko‘rish uchun funksional imkoniyatga ega bo‘lishi mumkin.

Batafsil ma’lumotlar faqat Foydalanuvchini "Yandex Split" servisining imkoniyatlari va funksionalligi haqida xabardor qilish uchun taqdim etiladi.

4.8. Yandex ID shaxsiy kabinetida ayrim mintaqalardagi Foydalanuvchilar "ID dagi tashkilotlar" funksional imkoniyatlaridan foydalanish Shartlariga muvofiq - https://yandex.ru/legal/org_id_termsofuse (rus tilida)- "ID dagi tashkilotlar" funksional imkoniyatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin.

Foydalanuvchi o‘zining Yandex ID qayd yozuvi va "ID dagi tashkilotlar" funksiyasidan “ID dagi tashkilotlar” funksiyasini qo‘llab-quvvatlaydigan Yandex servislarida avtorizatsiya qilish uchun foydalanganda, Foydalanuvchi Tashkilot akkaunti haqidagi ma’lumotlar avtomatik ravishda Yandex ID shaxsiy kabinetida aks ettirilishiga rozilik beradi.

4.9. Foydalanuvchiga o‘z uy hayvonlari haqidagi ma’lumotlarni Yandex ID shaxsiy kabinetida ko‘rsatish imkoniyati taklif etiladi.

Profil ma’lumotlari Yandex servislarida funksiyalar va takliflarni shaxsiylashtirish maqsadida ishlatilishi mumkin va Foydalanuvchining so‘roviga binoan Foydalanuvchiga uy hayvonlari bilan bog‘liq xizmatlarni taqdim etish uchun Yandex hamkorlari va boshqa uchinchi shaxslarga o‘tkazilishi mumkin.

4.10. Ayrim mintaqalardagi Foydalanuvchilarga o‘z avtomobillari haqidagi ma’lumotlarni Yandex ID shaxsiy kabinetidagi "Garaj/Mening mashinam" bo‘limiga joylashtirish imkoniyati taqdim etilishi mumkin. Agar foydalanuvchi Auto.ru saytidagi Garaj bo‘limidan foydalansa, avtomobil haqidagi ma’lumot ko‘rsatilgan bo‘limdan Yandex ID shaxsiy kabinetiga o‘tkazilishi mumkin.

"Garaj/Mening mashinam" boʻlimidagi avtomobil haqidagi maʼlumotlardan Foydalanuvchi tomonidan Yandex servislarida tegishli funksional imkoniyat mavjud boʻlsa, avtomatik ravishda maʼlumotlarni toʻldirish, shuningdek, Yandex servislaridagi funksiyalar va takliflarni shaxsiylashtirish maqsadida foydalanishi mumkin.

4.11. Yandex ID akkauntidan foydalanganda uchinchi tomon servislarida avtorizatsiya qilish

4.11.1 Avtorizatsiya qilish tartibi

Foydalanuvchi o‘zining Yandex ID akkauntidan foydalangan holda API shartlarini qabul qilgan uchinchi shaxslarning Dasturlarida avtorizatsiya qilish imkoniyati (https://yandex.ru/legal/authid_api (rus tilida) havola bo‘yicha mavjud "Yandex ID orqali API avtorizatsiya qilish" servisidan foydalanish shartlari"da (keyinchalik – "API shartlari") ushbu atama shunday tushuniladi) (keyinchalik – "Uchinchi shaxslar") berilishi mumkin.

Foydalanuvchining Dasturda birinchi marta avtorizatsiyasidan oldin, Foydalanuvchi Yandex tomonidan Uchinchi shaxsga uzatiladigan Foydalanuvchi ma’lumotlarining tarkibi to‘g‘risida xabardor qilinadi.

Foydalanuvchi mazkur band qoidalariga muvofiq Dasturda birinchi Avtorizatsiyadan so‘ng, ayrim hollarda, Foydalanuvchi o‘zining Yandex ID akkauntidan avtorizatsiya ma’lumotlarini kiritmasdan turib, ushbu Dasturda keyingi Avtorizatsiyalarni avtomatik ravishda amalga oshirishi mumkin.

Foydalanuvchi Yandex ID akkauntidagi o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirganda, ma’lumotlarning yangilangan ro‘yxati avtomatik ravishda Shartlarning mazkur 4.10.1-bandiga muvofiq Dasturda Foydalanuvchi ruxsat bergan Uchinchi shaxsga o‘tkazilishi mumkin.

Foydalanuvchining Uchinchi shaxslarga uzatilgan ma’lumotlarini qayta ishlash Uchinchi shaxslar tomonidan shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash bo‘yicha siyosatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Uchinchi shaxslarga uzatilgan ma’lumotlarni qayta ishlash bilan bog‘liq istalgan savollar uchun Foydalanuvchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri uchinchi tomonlarga murojaat qilishi kerak. Yandex Foydalanuvchi ma’lumotlarini Uchinchi shaxslar tomonidan qayta ishlash uchun javobgar emas, ularning shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiqligini tekshirmaydi yoki kafolatlamaydi.

Yandex Uchinchi shaxslarni identifikatsiya qilmaydi va ularning aniq nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), joylashgan manzili va aloqa ma’lumotlari haqida ma’lumotga ega emas.

4.11.2 Ma’lumotlarga kirish huquqini bekor qilish

Foydalanuvchi istalgan vaqtda Yandex ID akkauntining "Ma’lumotlarga kirish" bo‘limida Uchinchi shaxsning o‘z ma’lumotlariga kirishini bekor qilishi mumkin, buning natijasida:

Uchinchi shaxs Foydalanuvchining Yandex ID akkauntidagi joriy ma’lumotlariga kirish imkoniyatini yo‘qotadi, shu bilan birga ilgari uzatilgan ma’lumotlar Uchinchi shaxs tomonidan ma’lumotlarni qayta ishlash siyosatiga muvofiq qayta ishlanishi mumkin;

Foydalanuvchi Uchinchi shaxs Dasturida avtomatik Avtorizatsiya qilish imkoniyatini yo‘qotadi.

4.11.3 Uchinchi shaxslarning reklama jo‘natmalariga rozilik

Dasturda birinchi Avtorizatsiyani amalga oshirishdan oldin Foydalanuvchi Uchinchi shaxsga (shuningdek, uning hamkorlari va/yoki affillangan shaxslariga) Dastur bilan bog‘liq reklama xarakteridagi xabarlarini (reklama jo‘natmalarini) olishga rozilik berish funksiyasidan foydalanish huquqiga ega. Reklama jo‘natmalarini Yandex ID akkauntida ko‘rsatilgan Foydalanuvchining aloqa ma’lumotlari (Yandex ID akkauntida ko‘rsatilgan asosiy telefon raqami va elektron pochta manzili) yordamida qabul qilishga rozilik beriladi. Bunday holda, Foydalanuvchi Yandex ID dagi aloqa ma’lumotlarini o‘zgartirganda, Yandex ID akkauntida ko‘rsatilgan yangilangan aloqa ma’lumotlaridan foydalangan holda Uchinchi shaxslardan reklama jo‘natmalari yuborilishi mumkin.

Uchinchi shaxsga taqdim etilgan reklama jo‘natmalariga rozilikni bekor qilish zarur bo‘lganda, Foydalanuvchi mustaqil ravishda Uchinchi shaxs bilan bevosita bog‘lanishi kerak. Yandex Uchinchi shaxslarning harakatlari, shu jumladan reklama jo‘natmalari va reklama xabarlarini yo‘naltirish uchun rozilik olish bilan bog‘liq harakatlar uchun javobgar emas. Yandex Uchinchi shaxslar tomonidan reklama to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiqligini tekshirmaydi yoki kafolatlamaydi.

4.12. Yandex ID shaxsiy kabinetida ayrim hududlardagi Foydalanuvchilar “Servislarning xabarnomalari” funksional imkoniyatidan foydalanishlari mumkin, bu Foydalanuvchiga turli aloqa kanallari (SMS xabarlar, telefon qo‘ng‘iroqlari, elektron pochta xabarnomalari, mobil ilovalardagi push-bildirishnomalar) orqali turli mavzularda “Servislarni xabardor qilish” bo‘limida taqdim etilgan Yandex servislaridan reklama va boshqa marketing xabarlarini olishga roziliklarni boshqarish imkonini beradi.

Foydalanuvchi ilgari Foydalanuvchi tomonidan berilgan Yandex servislaridan reklama va marketing xabarlariga roziliklarning joriy holatini kuzatishi mumkin.

5. Cheklovlar Yandex IDni o‘chirib tashlash

5.1. Yandex ID dan foydalanganda Foydalanuvchi quyidagi huquqlarga ega emas:

  • Yandex servislarining Foydalanuvchi shartnomasida belgilangan talablarni buzgan holda Yandex ID dan foydalanishni amalga oshirish;
  • Yandex ID uchun kirish vositalarini uchinchi shaxsga o‘tkazish (mazkur Shartlarda belgilangan hollar bundan mustasno), shuningdek, Yandex ID va/yoki unga kirish huquqi bo‘lgan boshqa kelishuvlarni belgilash, sotish, almashtirish yoki amalga oshirish;
  • foydalanuvchilarni Yandex ID ga istalgan shaxs yoki tashkilot egaligi haqida chalg‘itish;
  • noqonuniy harakatlarni amalga oshirish uchun Yandex ID dan foydalanish.

5.2. Foydalanuvchi qayd yozuvlarining ayrim toifalari, agar ro‘yxatdan o‘tish paytida yoki muayyan servisdan foydalanish shartlarida nazarda tutilgan bo‘lsa, ayrim Yandex servislaridan yoki ularning individual funksiyalaridan foydalanishni cheklashi yoki taqiqlashi mumkin.

5.3. Yandex ID ga kirishni cheklash.

Yandex Foydalanuvchining Yandex IDni bloklash yoki o‘chirib tashlash, shuningdek, Yandex ID dan foydalangan holda Yandex ning belgilangan servislariga (yoki texnologik jihatdan mumkin bo‘lsa, servisning alohida funksiyalariga) kirishni taqiqlash va Yandex ID dan foydalangan holda e’lon qilingan istalgan kontentni tushuntirishsiz, shu jumladan quyidagi hollarda o‘chirib tashlash huquqiga ega:

  • Yandex servisida Foydalanuvchining shubhali faoliyatini aniqlash;
  • ichki moderatsiya jarayonidan o‘tmaslik;
  • agar Аoydalanuvchining harakatlari yoki u tomonidan joylashtirilgan ma’lumotlar ushbu Shartlarni, Bitim shartlarini yoki Shartnomalarning 1.2-bandida ko‘rsatilgan boshqa hujjatlar shartlarini, tegishli servisdan foydalanish shartlarini yoki amaldagi qonunchilikni buzsa;
  • Foydalanuvchi tomonidan Yandex ning, boshqa Yandex servislari Foydalanuvchilarining, Uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarining buzilishi yoki bunday buzilish tahdidlarini yaratish.

Foydalanuvchi ikki yarim yil davomida Yandex ID dan, shu jumladan Yandex servislariga kirish uchun foydalana olmasa (Shartlarning 5.5-bandi).

5.4. Foydalanuvchi Yandex IDsini tugatish.

Foydalanuvchi o‘zining Yandex ID shaxsiy kabinetidagi maxsus funksiyadan foydalangan holda istalgan vaqtda o‘z qayd yozuvini (Yandex ID) o‘chirib tashlash huquqiga ega. Yandex IDni o‘chirib tashlash uchun xavfsizlik nuqtai nazaridan Foydalanuvchining telefon raqami ko‘rsatilishi va tasdiqlanishi kerak.

Qayd yozuvini o‘chirib tashlash (Yandex ID) quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

5.4.1. qayd yozuvi avtomatik ravishda bir oy muddatga bloklanadi, bu vaqt davomida Foydalanuvchi o‘z qayd yozuviga kira olmaydi va bunday qayd yozuvi yordamida joylashtirilgan kontent o‘chirib tashlanishi mumkin;

5.4.2. agar Foydalanuvchi qayd yozuvi Foydalanuvchi tomonidan yuqorida ko‘rsatilgan muddatda tiklangan bo‘lsa, qayd yozuviga kirish Foydalanuvchi uchun tiklanadi, ammo undan foydalangan holda joylashtirilgan kontent qayta tiklanmasligi mumkin;

5.4.3. agar Foydalanuvchi qayd yozuvi yuqorida ko‘rsatilgan muddatda tiklanmasa, undan foydalangan holda joylashtirilgan barcha kontent avtomatik ravishda o‘chirib tashlanadi, login esa boshqa foydalanuvchilar tomonidan foydalanish uchun mavjud bo‘ladi, Shartlarning 5.5-bandiga muvofiq foydalanilmaganligi sababli hisobni o‘chirish bundan mustasno. Shu paytdan boshlab, ushbu qayd yozuvidan foydalanib, qayd yozuvini, unga tegishli har qanday ma’lumotni tiklash yoki Yandex servislariga kirish mumkin emas.

5.4.4. Soddalashtirilgan ro‘yxatga olish tartibi bilan yaratilgan Yandex IDni o‘chirib tashlash tartibi (mazkur Shartlarning 2.3.2-bandi) yuqoridagilardan farq qilishi mumkin, shu jumladan vaqtincha tiklash imkoniyatini ta’minlamasligi mumkin.

5.4.5. Shartlarning 5.4.1–5.4.4-bandlarida keltirilgan tartib, shuningdek, ma’lum servislarga har qanday qayd yozuvidan foydalanib kirishni taqiqlashga nisbatan ham qo‘llaniladi.

5.4.6. Yandex Foydalanuvchi qayd yozuvini o‘chirish imkoniyatini, agar to‘sqinlik qiluvchi omillar mavjud bo‘lsa, shu jumladan, lekin ular bilan cheklanmagan quyidagi hollarda cheklashi mumkin:

• Agar foydalanuvchi Oilaviy akkauntning Egasi bo‘lsa, uning qayd yozuvini o‘chirish faqat Oilaviy akkaunt tarkibida Bola akkaunt Foydalanuvchilari bo‘lmagan taqdirda mumkin.

• Agar Foydalanuvchi, bu termin “ID dagi Tashkilotlar” funksiyasidan foydalanish Shartlarida tushunilganidek ID da Tashkilot egasi bo‘lsa, u holda uning qayd yozuvini o‘chirish faqat Tashkilot qayd yozuvi o‘chirilganidan yoki Tashkilot Egasining roli boshqa shaxsga o‘tkazilganidan keyin mumkin bo'ladi.

• Agar Foydalanuvchi Biznes Guruhi Egasi bo‘lsa, bu termin “ID dagi Tashkilotlar” funksiyasidan foydalanish Shartlarida tushunilganidek Biznes-guruh Egasi bo‘lsa, uning qayd yozuvini o‘chirish faqat Biznes-guruh o‘chirilganidan yoki Biznes-Guruh Egasining roli boshqa shaxsga o‘tkazilganidan keyin mumkin bo‘ladi.

• Agar Foydalanuvchining Yandex servislariga qarzi bo‘lsa, uning qayd yozuvini o‘chirish faqat tegishli qarz to‘langanidan keyin mumkin bo‘ladi.

Qayd yozuvini o‘chirishning mumkin emasligi haqidagi ma’lumot Foydalanuvchiga Servis interfeysida yetkaziladi.

5.5. Foydalanilmayotgan vaqtda Yandex ID qayd yozuvini o‘chirib tashlash.

Agar Foydalanuvchi ikki yarim yil davomida Yandex ID ga avtorizatsiya qilmagan bo‘lsa va u yordamida Yandex servislariga kirish uchun foydalanmagan bo‘lsa, Yandex Foydalanuvchining Yandex IDsini o‘chirib tashlash huquqiga ega.

Foydalanuvchi Yandex ID qayd yozuvini o‘chirib tashlash bunday Yandex ID qayd yozuvidan foydalangan holda joylashtirilgan kontentni o‘chirib tashlashga olib kelishi mumkinligiga rozilik beradi.

Agar Foydalanuvchining Yandex ID qayd yozuvi roʻyxatdan oʻtgandan keyin foydalanilmaganligi sababli oʻchirib tashlangan boʻlsa, hech qachon Yandex ID yoki boshqa Yandex servislarida avtorizatsiya uchun foydalanilmagan boʻlsa, bunday masofaviy qayd yozuvining logini boshqa foydalanuvchilar tomonidan foydalanish uchun mavjud bo‘lishi mumkin.

Nashr qilingan sana: 03.06.2025

Oldingi versiyasi: https://yandex.uz/legal/id_termsofuse/12022025/

Oldingi versiyasi: https://yandex.uz/legal/id_termsofuse/16122024/