MA’LUMOTLARNI QAYTA ISHLASH TO‘G‘RISIDA KELISHUV
Ushbu hujjat (keyingi o‘rinlarda “Ma’lumotlarni qayta ishlash to‘g‘risida kelishuv”) “Biznes uchun Yandeks 360” pullik Servis ko‘rsatish shartnomasining ajralmas qismi bo‘lib hisoblanadi, unga oid oferta “Internet” tarmog‘ida https://yandex.uz/legal/oferta_business manzili by joylashtirilgan.
1. TERMINLAR VA TA’RIFLAR
Ma’lumotlarni qayta ishlash to‘g‘risidagi ushbu Kelishuvda quyidagi terminlar ishlatiladi:
-
Shartnoma – “Biznes uchun Yandeks 360” pullik Servis ko‘rsatish shartnomasi.
-
Servis – “Biznes uchun Yandeks 360” servisi bo‘lib, u https://yandex.ru/support/business. sahifasida keltirilgan servislarni, yoki ko‘rsatilgan servislarning har birini alohida o‘z ichiga oladi.
-
Buyurtmachi – Yandeks O‘zbekiston bilan Shartnoma tuzgan shaxs.
-
Foydalanuvchi – Shartnoma shartlariga muvofiq Servisdan foydalanadigan shaxs.
-
Yandeks O‘zbekiston – “TashGisTechnologies” MCHJ XK, manzili: O‘zbekiston, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Shahrisabz ko‘chasi, 2-uy.
Agar Ma’lumotlarni qayta ishlash to‘g‘risidagi Kelishuv matnida terminning aniq ta’rifi keltirilmagan bo‘lsa, quyidagi tartibda belgilangan termin talqiniga amal qilish lozim: birinchi navbatda – amaldagi qonunchilik, ikkinchi navbatda - https://yandex.ru/support/business saytidagi ta’rif, so‘ngra – Internet tarmog‘ida shakllangan (umumiy qo‘llaniladigan) talqin.
2. MA’LUMOTLARNI QAYTA ISHLASH TO‘G‘RISIDAGI KELISHUVNING MAVZUSI VA AMAL QILISH DOIRASI
2.1. Buyurtmachi shaxsiy ma’lumotlar bazasining egasi va (yoki) operatori sifatida Yandeks O‘zbekistonga uchinchi shaxs sifatida Servisdan foydalanish jarayonida Foydalanuvchi va (yoki) Buyurtmachi Yandeks O‘zbekiston resurslariga joylashtiradigan va shaxsiy ma’lumotlarga taalluqli har qanday axborot va kontentni qayta ishlashni topshiradi.
2.2. Yandeks O‘zbekiston Shartnoma bo‘yicha Yandeks O‘zbekiston xizmatlarini ko‘rsatish va ularga bog‘liq har qanday texnik qo‘llab-quvvatlashni amalga oshirish uchun Buyurtmachining topshirig‘iga ko‘ra shaxsiy ma’lumotlarni amaldagi qonunchilikka muvofiq ushbu ma’lumotlarni qayta ishlash Kelishuvidan kelib chiqqanidek, shuningdek, Buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan va Yandeks O‘zbekiston tomonidan ushbu Kelishuv maqsadlarida topshiriqlar sifatida tan olinadigan har qanday boshqa yozma topshiriqnomalarda qo‘shimcha ravishda aks ettirilganidek qayta ishlash majburiyatini oladi.
2.3. Ushbu ma’lumotlarni qayta ishlash to‘g‘risidagi Kelishuv Yandeks O‘zbekistonning Servisga aloqador bo‘lmagan boshqa mahsulot va servislaridan foydalangan holda shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashga nisbatan qo‘llanilmaydi.
2.4. Ushbu ma’lumotlarni qayta ishlash to‘g‘risidagi Kelishuv Shartnoma kuchga kirgan sanadan kuchga kiradi va Tomonlar Servisdan foydalanish bilan bog‘liq ravishda ma’lumotlarni qayta ishlash va/yoki ma’lumotlar xavfsizligi bo‘yicha ilgari qo‘llagan barcha boshqa shartlarni almashtiradi.
3. SHAXSIY MA’LUMOTLARNI QAYTA ISHLASH
3.1. Buyurtmachining Yandeks O‘zbekistonga shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashga topshirish parametrlari:
|
Buyurtmachining topshirig‘iga ko‘ra shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash va Yandeks O‘zbekiston tomonidan keyingi qayta ishlash maqsadlari |
Shartnoma bo‘yicha Servisni taqdim etish va Yandeks O‘zbekistonning Servisni taqdim etish bilan bog‘liq boshqa biznes amaliyotlari |
|
Buyurtmachining topshirig‘iga ko‘ra shaxsiy ma’lumotlari qayta ishlanadigan subyektlar toifalari |
|
|
Buyurtmachining topshirig‘iga ko‘ra qayta ishlanadigan shaxsiy ma’lumotlar tarkibi |
|
|
Shaxsiy ma’lumotlar bilan amalga oshiriladigan harakatlar ro‘yxati |
Shaxsiy ma’lumotlarni yig‘ish, yozib olish, tizimlashtirish, jamlash, saqlash, aniqlashtirish (yangilash, o‘zgartirish), chiqarib olish, foydalanish, topshirishh (taqdim etish, kirish huquqini berish), shaxssizlantirish, bloklash, o‘chirish, yo‘q qilish |
|
Buyurtmachining topshirig‘iga ko‘ra Yandeks O‘zbekiston tomonidan shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash muddatlari |
Qayta ishlash maqsadiga erishilgunga qadar |
3.2. Yandeks O‘zbekiston Shartnomada va amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda topshiriq bo‘yicha qayta ishlanayotgan shaxsiy ma’lumotlarni o‘chiradi.
4. TOMONLARNING MAJBURIYATLARI
4.1 Buyurtmachi quyidagilarni o‘z zimmasiga oladi:
4.1.1. Yandeks O‘zbekiston tomonidan shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlanishi uchun ushbu ma’lumotlarni qayta ishlash to‘g‘risidagi Kelishuvda ko‘zda tutilgan hajm va muddatlarda shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash uchun amaldagi qonunchilikka muvofiq yetarli huquqiy asoslarning bo‘lishi va haqiqiyligini ta’minlash. Bu xususan zarur roziliklar, shu jumladan shaxsiy ma’lumotlarni transchegaraviy uzatish uchun ham roziliklar to‘planishini, Buyurtmachi tomonidan Foydalanuvchilar va Servisdan foydalanishi bilan bog‘liq ravishda ma’lumotlari qayta ishlanadigan boshqa shaxslarning Servisdan foydalanish paytida shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash shartlari to‘g‘risida tegishli ravishda xabardor qilinishi o‘z ichiga oladi.
4.1.2. Qayta ishlanadigan shaxsiy ma’lumotlarning aniqligini, yetarliligini va shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash maqsadlariga nisbatan dolzarbligini ta’minlash.
4.1.3. Foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash va himoya qilish bo‘yicha so‘rovlariga javob berish.
4.1.4. Ushbu ma’lumotlarni qayta ishlash to‘g‘risidagi Kelishuv doirasida shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash va ularni himoya qilish bo‘yicha nazorat qiluvchi davlat organlarining so‘rovlariga mustaqil ravishda javob berish.
4.1.5. O‘zbekiston Respublikasi hududida shaxsiy ma’lumotlarni lokal yig‘ish, tizimlashtirish va saqlash talablariga, shuningdek Shaxsiy ma’lumotlar bazalarini shaxsiy ma’lumotlar bazalarining Davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazish talablariga rioya etilishini ta’minlash.
4.1.6. Amaldagi qonunchilikka muvofiq qayta ishlanadigan shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish qo‘yiladigan talablarini o‘rnatish, bunda ushbu majburiyat faqat Buyurtmachiga nisbatan qo‘llaniladi va Yandeks O‘zbekistonga Buyurtmachi tomonidan aniqlangan qayta ishlanadigan shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilishga qo‘yiladigan talablarning belgilanishi sifatida talqin qilinmasligi lozim.
4.2. Buyurtmachining topshirig‘iga ko‘ra shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashda Yandeks O‘zbekistonning majburiyatlari:
4.2.1. Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashni qonuniy asosda – Buyurtmachining topshirig‘iga qat’iy muvofiq tarzda amalga oshirish.
4.2.2. Amaldagi qonunchilikda belgilangan shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash tamoyillari va qoidalariga rioya etish.
4.2.3. Shaxsiy ma’lumotlarning maxfiyligini saqlash va ularning xavfsizligini ta’minlash.
4.2.4. Amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan qismda shaxsiy ma’lumotlar himoyasini ta’minlash choralarining qo‘llanishini ta’minlash.
4.2.5. Yandeks O‘zbekistonning aybi bilan sodir bo‘lgan, shaxsiy ma’lumotlarning subyektlarining huquqlarini buzishga olib kelgan shaxsiy ma’lumotlarning noqonuniy yoki tasodifiy uzatilishi (taqdim etilishi, tarqatilishi, foydalanilishi) fakti aniqlanganda, Buyurtmachini asossiz kechiktirmasdan xabardor qilish. Yandeks O‘zbekiston Buyurtmachiga qonun bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishi uchun zarur bo‘lishi mumkin bo‘lgan, shuningdek, bunday hodisa natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlarni kamaytirish uchun bunday hodisa bilan bog‘liq zarur va yetarli axborot hamda qo‘llab-quvvatlashni taqdim etadi. Bunda, Yandeks O‘zbekiston tomonidan Buyurtmachiga xabar berilishi va ko‘rsatilgan axborotni hamda qo‘llab-quvvatlashning taqdim etilishini Tomonlar hech qanday holatda Yandeks O‘zbekistonning Buyurtmachining topshirig‘iga ko‘ra qayta ishlanadigan shaxsiy ma’lumotlarga ruxsatsiz kirilishi, ularning uzatilishi yoki tarqatilishi uchun javobgarligini tan olish yoki tasdiqlash sifatida talqin qilmaydilar.
4.2.6. Shaxsiy ma’lumotlarning subyektidan ma’lumotlarni qayta ishlash to‘g‘risida ma’lumot taqdim etish so‘rovlari yoki shaxsiy ma’lumotlar to‘liq bo‘lmagan, eskirgan, noaniq, noqonuniy olingan yoki qayta ishlashning belgilangan maqsadi uchun zarur bo‘lmagan hollarda subyektning o‘z shaxsiy ma’lumotlarini aniqlashtirish, bloklash yoxud yo‘q qilish to‘g‘risidagi talablari kelib tushganda, ushbu so‘rovlarni Buyurtmachiga yuborish (agar amaldagi qonun hujjatlarida boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa).
4.2.7. O‘z xodimlari, pudratchilari va boshqa uchinchi shaxslarga qayta ishlanayotgan shaxsiy ma’lumotlardan foydalanishga faqat bu ushbu ma’lumotlarni qayta ishlash to‘g‘risidagi Kelishuv bo‘yicha topshiriqni bajarish uchun qat’iy zarur bo‘lganda, shuningdek, xavfsizlik va maxfiylik choralariga rioya etilishini ta’minlash uchun tegishli choralar ko‘rilganda ruxsat berish.
5. JAVOBGARLIK
5.1. Yandeks O‘zbekiston topshiriqning bajarilishi, shu jumladan Buyurtmachining topshirig‘iga ko‘ra qayta ishlanadigan shaxsiy ma’lumotlarga kirish huquqiga ega bo‘lgan xodimlarining bunday shaxsiy ma’lumotlarning oshkor etilishiga olib kelgan harakatlari (harakatsizligi) uchun Buyurtmachi oldida javobgar bo‘ladi.
5.2. Yandeks O‘zbekiston shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashning qonuniyligini ta’minlash uchun javobgar bo‘lmaydi, bu shaxsiy ma’lumotlarning subyektlarining roziligini olish va shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash shartlari to‘g‘risida xabardor qilish, shuningdek, shaxsiy ma’lumotlar tarkibini aniqlashni o‘z ichiga olishi mumkin.
5.3. Buyurtmachi Yandeks O‘zbekiston tomonidan topshiriqni bajarishda amalga oshiriladigan harakatlar uchun shaxsiy ma’lumotlarning subyektlari va vakolatli organlar oldida javobgar bo‘ladi.
5.4. Yandeks O‘zbekiston Buyurtmachining topshirig‘iga ko‘ra subyektlarning shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlashga nisbatan aybli harakatlari, shu jumladan, Buyurtmachining topshirig‘iga ko‘ra qayta ishlanadigan shaxsiy ma’lumotlarga kirish huquqiga ega bo‘lgan o‘z xodimlarining bunday shaxsiy ma’lumotlarning oshkor etilishiga olib kelgan harakatlari (harakatsizligi) uchun Shartnoma va ushbu Ma’lumotlarni qayta ishlash to‘g‘risidagi Kelishuvda belgilangan doirada Buyurtmachi oldida javobgar hisoblanadi.
5.5. Buyurtmachi shaxsiy ma’lumotlarning subyektlarining so‘rovlariga va vakolatli organlarning shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash hamda ularni himoya qilish bo‘yicha so‘rovlariga javob berilishi uchun javobgar bo‘ladi.
5.6. Buyurtmachining ushbu ma’lumotlarni qayta ishlash to‘g‘risidagi Kelishuv bo‘yicha majburiyatlarini buzishi natijasida yuzaga kelgan va topshiriqni bajarish bilan bog‘liq ravishda, shuningdek, Buyurtmachi tomonidan shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashning qonunda belgilangan tartibini buzilganligi (shu jumladan, bunday qayta ishlashga rozilik olinmaganligi) sababli uchinchi shaxslar, shu jumladan shaxsiy ma’lumotlarning subyektlari va vakolatli organlar tomonidan Yandeks O‘zbekistonga nisbatan har qanday e’tirozlar, talablar yoki da’volar taqdim etilsa, Buyurtmachining majburiyatlari:
- bunday e’tirozlar va da’volarni o‘z kuchi bilan va mablag‘lari hisobidan hal etish, bunda Yandeks O‘zbekistonni bunday hal etish haqida xabardor qilish va Yandeks O‘zbekistonga bunday hal etish uchun bajarilishi mo‘ljallangan qadamlar to‘g‘risida oldindan axborot berish;
- Yandeks O‘zbekistonning bunday e’tirozlar, talablar, da’volarni hal etishda ishtiroki zarur bo‘lgan holda, shuningdek, Yandeks O‘zbekiston shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashning qonunda belgilangan tartibini buzganligi uchun javobgarlikka tortilganda, Yandeks O‘zbekistonning talabiga ko‘ra yetkazilgan zararni Yandeks O‘zbekistonga qoplab berish, hamda Yandeks O‘zbekistonning so‘roviga binoan bunday e’tirozlar, talablar va da’volarni hal etishda ishtirok etish.
5.7. Tomonlar ushbu topshiriq buzilgan taqdirda Yandeks O‘zbekistonning qoplanadigan zararlar miqdori quyidagilarga teng deb tan olinishiga kelishib oldilar:
- sud, hakamlik sudi yoki xalqaro tijorat arbitrajining (shu jumladan, ko‘rsatilgan kelishtirish organlari tomonidan tasdiqlangan) hal qiluv qarori yoki vakolatli organning qarori asosida tegishli holatlar yuzaga kelgan holda Yandeks O‘zbekistonning har qanday uchinchi shaxslar foydasiga to‘lash majburiyati yuzaga keladigan jarimalar, penyalar, kompensatsiyalar va boshqa to‘lovlar summasi (shu jumladan, Yandeks O‘zbekistondan yoki u Shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarish uchun u jalb qilgan uchinchi shaxslardan undirilishi mumkin bo‘lgan zararlar summasi),
- yuqorida ko‘rsatilgan holatlar yuzaga kelishi bilan bog‘liq ravishda Yandeks O‘zbekiston o‘z huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun sarflagan yuridik va maslahat xizmatlari xarajatlarining summasi.
6. SHAXSIY MA’LUMOTLARNI QAYTA ISHLASHGA UCHINCHI SHAXSLARNI JALB ETISH
6.1. Yandeks O‘zbekiston shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashga uchinchi shaxslarni, shu jumladan Rossiya Federatsiyasida, ushbu shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar asosida Buyurtmachini oldindan xabardor qilmasdan yoki ma’qullashini olmasdan jalb etish huquqiga ega, bunda Buyurtmachi oldida o‘z topshirig‘i bo‘yicha majburiyatlarini bajarish uchun javobgar bo‘lib qolaveradi.
6.2. Yandeks O‘zbekistonning topshirig‘iga ko‘ra shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlovchi shaxs amaldagi qonunchilik va ushbu ma’lumotlarni qayta ishlash to‘g‘risidagi Kelishuvda nazarda tutilgan shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash tamoyillari va qoidalariga rioya qilishi, shu jumladan shaxsiy ma’lumotlarning maxfiyligiga amal qilishi va xavfsizligini ta’minlashi shart.
7. BOSHQA SHARTLAR
7.1. Ma’lumotlarni qayta ishlash to‘g‘risidagi Kelishuvning amaldagi versiyasi Internet tarmog‘ida https://yandex.uz/legal/dpa_360business_uz manzili bo‘yicha joylashtirilgan:
7.2. Yandeks O‘zbekiston Ma’lumotlarni qayta ishlash to‘g‘risidagi Kelishuvga bir tomonlama o‘zgartirishlar kiritishga haqli. Agar Buyurtmachi Ma’lumotlarni qayta ishlash to‘g‘risidagi Kelishuvning yangi versiyasiga rozi bo‘lmasa, u Servisdan foydalanishni to‘xtatishi shart.
Eʼlon qilingan sana: 16.09.2025