Maxfiylik siyosati

Bu hujjat quyidagi manzilda joylashtirilgan hujjatning rus tiliga (o'zbek tiliga) tarjimasi bo‘lib hisoblanadi: https://yandex.ru/legal/confidential/, Mazkur hujjatning rus tilidagi versiyasi bilan ushbu tarjima orasida qarama-qarshiliklar bo‘lsa, faqat rus tilidagi versiyasi ustun yuridik kuchga ega bo'ladi. Ushbu hujjatning faqat https://yandex.uz/legal/confidential manzili bo'yicha joylashgan versiyasi yuridik jihatdan majburiy bo‘lib hisoblanadi

1. Mazkur maxfiylik siyosati nimalarni tartibga soladi

Ushbu Maxfiylik siyosati (bundan buyon - Siyosat), "YANDEX" MChJ va / yoki uning affillangan shaxslari, shu jumladan “YANDEX” MChJ bilan bitta guruhga kiruvchi barcha shaxslar (bundan buyon Yandex) Siz yandex.ru, yandex.com, yandex.ua, yandex.by, yandex.kz, yandex.com.tr saytlarida va Yandexga tegishli boshqa saytlarda axborot topishingiz mumkin bo‘lgan Yandex saytlari, dasturlari, mahsulotlari va/yoki servislarining (bundan buyon – “Servislar”) istalgan biridan foydalangan paytingizda, xuddi shuningdek Sizning Servislardan foydalanishingiz bilan bog‘liq ravishda Siz bilan tuzilgan har qanday shartnoma va bitimlarning Yandex /uning affillangan shaxslari tomonidan ijro etilishi mobaynida Siz haqingizda olishi mumkin bo‘lgan amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq shaxsiy ma’lumotlarni (bundan buyon– “Shaxsiy ma’lumotlar”) ham qo‘shganda har qanday axborotga nisbatan amal qiladi. Shuningdek Yandex shaxsiy ma’lumotlarni Siz saytlari, dasturlari, mahsulotlari yoki servislaridan (masalan, Yandexning reklama beruvchilari) foydalanadigan Yandex hamkorlaridan (bundan buyon “Hamkorlar”) ham olishi mumkin. Bunday hollarda Shaxsiy ma’lumotlarni berish faqat amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan hollarda mumkin va Yandex hamda Hamkorlaridan har biri bilan tuziladigan alohida shartnomalar asosida amalga oshiriladi. Saytlar va/yoki Servislarning istalgan biridan foydalanish ushbu Siyosatga o‘zgartirishlar va/yoki qo‘shimchalar kiritishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha shartlar bilan tartibga solinishi mumkinligiga e’tiboringizni qaratishingizni so‘raymiz.

2. Axborotga kim ishlov beradi

Sizning Saytlardan va Servislardan foydalanishingizni ta’minlash uchun Shaxsiy ma’lumotlaringiz Rossiya Federatsiyasining qonun hujjatlariga muvofiq tuzilgan yuridik shaxs, 119021, Rossiya, Moskva, Lev Tolstoy koch., 16 uy manzili bo'yicha ro'yxatdan o'tgan “YANDEX” mas’uliyati cheklangan jamiyati ("YANDEX" MChJ) yoki uning tegishli Servisni taqdim etuvchi affillangan shaxsi tomonidan to‘planadi va foydalaniladi. U yoki bu Servisni qanday shaxs taqdim etishi haqidagi axborot bilan Siz tegishli Servisdan foydalanish shartlarida tanishib olishingiz mumkin.

Yevropa Iqtisodiy Zonasi (YIZ) yoki Shveysariya hududida yashovchi foydalanuvchilar uchun Yandex YIZ va Shveysariya hududida Finlyandiya qonun hujjatlariga muvofiq tuzilgan yuridik shaxs, Moreenikatu 6, 04600 Mäntsälä, Finlyandiya (Moreenikatu 6, 04600 Mäntsälä, Suomi) manzili bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan Yandex Oy kompaniyasi tomonidan ifoda qilingan.

Isroil hududida joylashgan foydalanuvchilar uchun Yandex nomidan Isroil qonunchiligi bo‘yicha yaratilgan va quyidagi manzil bo‘yicha ro‘yxatga olingan yuridik shaxsi bo‘lgan Yandex.Go Israel Ltd kompaniyasi xizmat ko‘rsatadi: 148 Menachem Begin St., Tel-Aviv, Isroil 6492104.

3.Ushbu Siyosatning maqsadi nima

Shaxsiy ma'lumotlaringizni va maxfiyligingizni himoya qilish Yandex uchun juda muhimdir. Shuning uchun, Siz Saytlar va xizmatlardan foydalanganingizda, Yandex Shaxsiy ma'lumotlaringizni amaldagi tegishli qonunlarga qat'iy muvofiq ravishda himoya qiladi va ishlov beradi.

Sizning shaxsiy ma'lumotlaringizni himoya qilish bo'yicha o‘z majburiyatlarimizga amal qilgan holda, ushbu Siyosatimizda Sizga quyidagi masalalar to'g'risida mumkin qadar ochiq-oydin ma'lumot berishni xohlaymiz:

(a) Siz Saytlar va / yoki Servislardan foydalanganda Yandex tomonidan shaxsiy ma'lumotlaringiz nima uchun va qanday ishlatiladi ("islov beriladi");

(b) shaxsiy ma'lumotlaringiz nima uchun va qanday ishlatilishi haqida qaror qabul qiluvchi yuridik shaxs sifatida Yandexning o‘rni va majburiyatlari qanaqa bo‘ladi;

(c) Yandex tomonidan siz haqingizda to'planadigan shaxsiy ma'lumotlarning hajmini kamaytirish uchun qanday vositalardan foydalanishingiz mumkin; va

(d) shaxsiy ma’lumotlaringizga ishlov berilishi doirasida Siz qanday huquqlarga ega ekanligingiz.

4. Yandex Siz haqingizda qanday shaxsiy ma'lumotlarni to‘playdi

Saytlar faoliyati va / yoki Servislarning taqdim etilishi davomida to'plangan shaxsiy ma'lumotlar Yandex qayd yozuvingizdan foydalangan holda yoki Saytlarga va / yoki Servislarga kirishingizga qarab farq qilishi mumkin. Siz qayd yozuvingizga kirgan hollarda Yandex tomonidan Saytlar va xizmatlardan foydalanganingizda siz haqingizda to'plangan shaxsiy ma'lumotlar Yandex tomonidan qayd yozuvingizni ishlatishingiz doirasida to'plangan boshqa shaxsiy ma'lumotlar bilan taqqoslanishi mumkin (masalan, Sizningshaxsingiz haqida ma'lumotlar, aloqa ma'lumotlaringiz, yoshingiz va jinsingiz, agar ular Yandexga taqdim etilgan bo'lsa). Yandex siz taqdim etgan Shaxsiy ma'lumotlarni tekshirmaydi va uning ishonchliligini, shuningdek siz o'zingizning Shaxsiy ma'lumotlaringizni taqdim etish uchun yetarlicha huquqqa ega ekanligingizni baholay olmaydi. Shunga qaramasdan, Yandex sizning ishonchli va yetarli Shaxsiy ma'lumotlarni taqdim etayotganingiz va uni o'z vaqtida yangilab turishingizga asoslanadi.

Siz Saytlar va Servislardan foydalanayotganingizda Yandex Siz haqingizda Shaxsiy ma'lumotlarning quyidagi toifalarini to'plashi mumkin:

(i) ro'yxatdan o‘tish (qayd yozuvini yaratish)paytida Siz taqdim etgan Sizning ismingiz, telefon raqamingiz, manzilingiz va yoshingiz kabi shaxsiy ma'lumotlar;

(II) elektron ma'lumotlar (HTTP-sarlavhalar, IP-manzillar, cookie-fayllar, veb-mayoqlar / pikselli teglar, brauzer aynanlovchisi to‘g‘risida ma'lumotlar, apparat va dasturiy ta’minot to‘g‘risida ma'lumotlar);

(iii)Saytlar va / yoki Servislarga kirish sanasi va vaqti;

(iv) Saytlar va / yoki Servislardan foydalanish paytida qilgan harakatingiz haqida ma'lumot (masalan, qidiruv so'rovlari tarixi, Siz yozishib turadigan elektron pochta manzillari elektron pochta va qo'shimchalarning mazmuni, shuningdek, Yandex tizimlarida saqlanayotgan fayllar);

(v) jo'g'rofiy joylashuvingiz to'g'risidagi ma'lumotlar

(vi) Yandexning muayyan Saytlari yoki Servislaridan foydalanishni tartibga soladigan shartlarga muvofiq ishlov berish uchun zarur bo'lgan Siz haqingizdagi boshqa ma'lumotlar;

(vii) Siz va tegishli Hamkor o'rtasida tuzilgan kelishuvlarning, va Yandex bilan Hamkorlar o'rtasida tuzilgan shartnomalariga muvofiq Hamkorlarimizdan oladigan Siz haqingizdagi ma'lumotlar.

Shuningdek Yandex Shaxsiy ma'lumotni yig'ish va ushbu shaxsiy ma'lumotni qurilmangiz va veb-brauzeringiz bilan bog'lash uchun cookie-fayllarni va veb-mayoqlardan (pikselli teglarni ham qo‘shganda) foydalanadi (Ushbu Siyosatning 11-bo'limiga qarang).

Yandex aniq bir maqsad bilan nozik Shaxsiy ma'lumotlarni (masalan, irqiy mansublik, siyosiy qarashlar, sog'liq ahvoli haqidagi ma'lumotlar va biometrik ma'lumotlar) to'plamaydi. Shunga qaramasdan, Siz ularni Yandexga mustaqil ravishda taqdim etishingiz mumkin, shunda Yandex sizga Servislarni taqdim qilish doirasida ularga ishlov berishi mumkin (masalan, agar sog'lig'ingizga tegishli qidiruv so'rovlarini kiritsangiz). Bunda Siz, Yandex bu kabi ishlov berishga Sizning roziligingizni so'ray olmasligini hisobga olishingiz zarur, chunki siz Yandexga taqdim etishingiz mumkin bo‘lgan Shaxsiy ma'lumotlarning potensial nozik xususiyatlari haqida oldindan xabardor qilinmagan bo'ladi.

Yandex ma'lumotlarni sizning Suquqlaringiz va erkinliklaringizga jiddiy ta'sir ko'rsatadigan darajada (foydalanuvchi "portretini" yaratish maqsadida) to'plamaydi.

5. Shaxsiy ma'lumotlaringizga ishlov berishning huquqiy asoslari va maqsadlari nimalardan iborat

Yandex shaxsiy ma'lumotlaringizga yetarli qonuniy asoslarsiz ishlov berishga haqli emas. Shuning uchun Yandex Shaxsiy ma'lumotlaringizga faqat quyidagi hollarda ishlov beradi:

(i) Yandexning shartnoma majburiyatlarini bajarish, jumladan, Saytlar va Servislarning ishlashini ta'minlash uchun ishlov berish zarur (masalan, Sizning qidiruv so'rovlaringiz bo‘yicha sizga qidiruv natijalarini taqdim etish);

(ii) yoki ishlov berish qonun bilan belgilangan majburiyatlarga amal qilish uchun zarur;

(iii) yoki amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan bo'lsa, agar siz bunday ishlov berish sizning manfaatlaringiz, Sizning asosiy huquqlaringiz va erkinliklaringizga jiddiy ta'sir etmasa, ishlov berish Yandexning qonuniy manfaatlarini ta'minlash uchun zarur. Shuni esda tuting-ki, shaxsiy ma'lumotlaringizga ushbu asosda ishlov berishda Yandex har doim o'zining qonuniy manfaatlari va maxfiyligingiz himoyasi o'rtasidagi muvozanatni saqlashga harakat qiladi.

Yandex Shaxsiy ma'lumotlaringizga o‘zining qonuniy manfaatlarini ta'minlash uchun, masalan, quyidagi hollarda ishlov beradi:

(a) Saytlarimiz va / yoki Servislarimiz bilan qanday o‘zaro munosabatda ekanligingizni yaxshiroq tushunish uchun;

(b) barcha foydalanuvchilarning manfaatlari yo‘lida Saytlar va Servislarni takomillashtirish, o'zgartirish, shaxsiylashtirish yoki boshqa tarzda yaxshilash uchun;

(c) Sizga Yandex yoki bizning fikrimizcha sizni qiziqtirishi mumkin bo‘lgan boshqa kompaniyalarning boshqa mahsulotlari va servislarini taklif etish uchun (ya'ni Sizning manfaatlaringizni hisobga oladigan reklamalarni Sizga ko'rsatish);

(iv) ma'lum bir maqsadlar uchun sizning Shaxsiy ma'lumotlaringizga islov berishga sizning alohida roziligingizni so'rashimiz mumkin.

Yandex har doim Shaxsiy ma'lumotlaringizga muayyan maqsadlar uchun va faqat shu maqsadlarga erishish bilan bog'liq Shaxsiy ma'lumotlarga ishlov beradi. Xususan, biz shaxsiy ma'lumotlaringizga quyidagi maqsadlarda ishlov beramiz:

(i) Saytlar va / yoki Servislarga kirishingizni ta'minlash (shu jumladan qidiruv natijalarini sizning afzal ko‘rishlaringiz, qidiruv tarixi va Yandexda mavjud bo'lgan boshqa Shaxsiy ma'lumotlaringizni hisobga olgan holda Sizning qidiruv so‘rovlaringizga javoban taqdim etish);

(ii) agar Siz tegishli Servislarda ro‘yxatda o‘tgan bo‘lsangiz, Yandex elektron pochta qutisiga va fayllar saqlanadigan joyni ham qo‘shganda Sizning qayd yozuvingizga kirishga ruxsat berish;

(iii) Sizga Saytlar va Servislar faoliyati bilan bog'liq bo'lgan bildirishnomalar, so'rovlar va ma'lumotlar yuborish, siz bilan tuzilgan shartnomalarimizni bajarish va so'rovlaringiz hamda talabnomalaringizni bajarish uchun Siz bilan aloqani amalga oshirish;

(iv) Sizning afzal ko‘rishlaringiz, qidiruv tarixi va Yandexda mavjud bo'lgan boshqa Shaxsiy ma'lumotlaringizni hisobga olgan holda reklama va takliflarni taqdim etish;

(v) Saytlar va Servislardan foydalanish qulayligini, shu jumladan, eng o‘rinli qidiruv natijalarini ko'rsatish va yanada moslashtirilgan Saytlar va Servislarni taqdim etish, shuningdek Yandexning boshqa mahsulotlarni, qo‘llanmalari hamda Servislarini yaxshilash uchun oshirish;

(vi) Yandexning yangi mahsulotlari, utilitalari va takliflarini yaratish;

(vii) Sizning va Yandexning huquqlarini himoya qilish;

(viii) Statistik ma’lumotlarni, ko‘proq ma'lumotlarni va boshqa tadqiqotlarni to'plash, ishlov berish va taqdim etish uchun.

"Google's APIs" (https://developers.google.com/terms) texnologiyani qo'llayotgan Yandeks Xizmatlaridan foydalanayotganiz munosabati bilan "Google LLC" (1600 Amphitheatre Parkway, Mountain View, California 94043, United States) dan Yandeks tomonidan olingan ma'lumotlaringizni ishlov berish shartlari bilan quyidagi havola orqali tanishib olishingiz mumkin: https://yandex.ru/legal/confidential_google_api.

6. Yandex Sizning Shaxsiy ma’lumotlaringizni qanday qilib himoya qiladi

Ko'pgina hollarda, Shaxsiy ma'lumotlarga Yandex xodimlaridan hech biri kirmasdan avtomatik ravishda ishlov beriladi. Agar bunday kirish talab etilsa, bunday kirishga faqatgina o'z vazifalarini bajarishi uchun kerak bo'lgan Yandex xodimlariga ruxsat beriladi. Ma'lumotlarning maxfiyligini himoya qilish va ta'minlash uchun barcha xodimlar Shaxsiy ma'lumotlarga ishlov berish bo'yicha ichki qoidalarga va tartiblarga rioya qilishlari kerak. Shuningdek, ular Shaxsiy ma'lumotlaringizni himoya qilish uchun amaldagi barcha texnik va tashkiliy xavfsizlik choralariga amal qilishlari kerak.

Yandex Shaxsiy ma'lumotlarni ruxsatsiz, tasodifan yoki noqonuniy yo‘q qilish, yo'qotish, o'zgartirish, vijdonsizlik bilan foydalanish, oshkor qilish yoki kirishdan hamda boshqa noqonuniy ishlov berish usullaridan himoya qilish uchun yetarli texnik va tashkiliy choralarni joriy etdi. Ushbu xavfsizlik choralari texnikaning hozirgi saviyasi, ulardan foydalanish xarajatlari, Shaxsiy ma'lumotlarga ishlov berish va mohiyati bilan bog‘liq xatarlarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.

7. Sizning Shaxsiy ma’lumotlaringizdan yana kimlar erkin foydalana oladi va ular kimlarga berilishi mumkin

7.1. Yandex Guruhi doirasida

Yandex Shaxsiy ma'lumotlaringizni o'z xodimlariga berishi mumkin (ushbu Siyosatning 6-qismida ko'rsatilgan doirada). Yandex shuningdek Shaxsiy ma'lumotlaringizni Yandex taalluqli bo‘lgan shaxslar guruhi ("Yandex Guruhi") jumlasiga kiruvchi boshqa kompaniyalarga ham berishi mumkin. Barcha hollarda, agar Yandex Guruhining kompaniyalari tomonidan taqdim etilgan Saytlar va / yoki Servislardan foydalanish shartlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, shuningdek Shaxsiy ma'lumotlarga faqat ushbu Siyosatning 5-bo'limida bayon etilgan maqsadlar uchun ishlov beriladi, shu jumladan:

Siz “Yandex.Money” NT LLC (ADRR: 1127711000031) kompaniyasining Servislaridan va xizmatlaridan foydalangan paytingizda, Shaxsiy ma'lumotlaringiz “Yandex.Money” NT MChJ ga “Yandex.Money” servisidan foydalanish to'g'risidagi Shartnomada (http://money.yandex.ru/doc.xml?id=522764) va “Yandex.Money” NT MChJ Maxfiylik siyosatida (https://money.yandex.ru/doc.xml?id=525698) belgilangan shartlarda va maqsadlarda ishlov berish uchun berilishi mumkin;

Siz “Yandex.Classifieds” MChJ (ADRR: 5157746192742) kompaniyasining Servislaridan va xizmatlaridan foydalangan paytingizda, Shaxsiy ma'lumotlaringiz “Yandex.Classifieds” MChJ ga «AUTO.RU» (https://yandex.ru/legal/autoru_terms_of_service) saytidagi Foydalanuvchu kelishuvi, “Yandex.Jobs” (https://yandex.ru/legal/job_termsofuse), “Yandex.Realty” (https://yandex.ru/legal/realty_termsofuse), “Yandex.Travel” (https://yandex.ru/legal/travel_termsofuse) servislaridan foydalanish Shartlarida ko‘rsatilgan shartlarda va maqsadlarda ishlov berish uchun berilishi mumkin;

Siz “Yandex.Taxi” MChJ(ADRR: 5157746192731) kompaniyasining Servislaridan va xizmatlaridan foydalangan paytingizda, Shaxsiy ma'lumotlaringiz “Yandex.Taxi” MChJ ga “Yandex.Taxi” servisidan foydalanish Shartlarida (https://yandex.uz/legal/taxi_termsofuse) belgilangan shartlarda va maqsadlarda ishlov berish uchun berilishi mumkin;

Siz “Yandex.Market” MCHJ (ADRR: 1167746491395) kompaniyasining Servislaridan va xizmatlaridan foydalangan paytingizda, Shaxsiy ma'lumotlaringiz “Yandex.Taxi” MCHJ ga “Yandex.Market” servisidan foydalanish Qoidalarida (https://yandex.ru/legal/market_termsofuse) belgilangan shartlarda va maqsadlarda ishlov berish uchun berilishi mumkin;

Siz “Yandex.Telecom” LLC (ADRR: 1167746432040) kompaniyasining Servislaridan va xizmatlaridan foydalangan paytingizda, Shaxsiy ma'lumotlaringiz “Yandex.Telecom” LLC ga “berilishi mumkin;

Siz "Yandex.Cloud" LLC (OGRH: 1187746678580) kompaniyasining Servislaridan va xizmatlaridan foydalangan paytingizda, Sizning Shaxsiy ma'lumotlaringiz "Yandex.Cloud” LLC "Platforma Yandex.Cloud" servisidan foydalanish Qoidalarida (https://yandex.ru/legal/cloud_termsofuse) belgilangan shartlarda va maqsadlarda ishlov berish uchun berilishi mumkin;

Siz “Yandex.Drive” MCHJ (ADRR: 5177746277385) kompaniyasining Servislaridan va xizmatlaridan foydalangan paytingizda, Shaxsiy ma'lumotlaringiz “Yandex.Drive” MCHJ ga “Yandex.Drive” servisidan foydalanish Qoidalarida (https://yandex.ru/legal/drive_termsofuse) belgilangan shartlarda va maqsadlarda ishlov berish uchun berilishi mumkin;

Siz “EDADEAL PROMO” MCHJ (ADRR: 5157746114477) kompaniyasining Servislaridan va xizmatlaridan foydalangan paytingizda, Shaxsiy ma'lumotlaringiz “EDADEAL PROMO” MCHJ ga “EDADEAL PROMO” servisidan foydalanish Shartlarida (http://corp.edadeal.ru/legal) belgilangan shartlarda va maqsadlarda ishlov berish uchun berilishi mumkin;

Siz “Kinopoisk” MCHJ (ADRR: 1077759854919) kompaniyasining Servislaridan va xizmatlaridan foydalangan paytingizda, Shaxsiy ma'lumotlaringiz “Kinopoisk” MCHJ ga “Kinopoisk” servisidan foydalanish Shartlarida (https://www.kinopoisk.ru/docs/usage) belgilangan shartlarda va maqsadlarda ishlov berish uchun berilishi mumkin;

Siz Yandex Europe AG kompaniyasining Servislaridan va xizmatlaridan foydalangan paytingizda, Shaxsiy ma'lumotlaringiz Yandex Europe AG ga Servisidan foydalanish Shartlarida (https://yandex.com/legal/termsofservice) belgilangan shartlarda va maqsadlarda ishlov berish uchun berilishi mumkin;

7.2 Yandex guruhidan tashqarida

Yandex shuningdek Shaxsiy ma'lumotlaringizni ushbu Siyosatning 5-bo'limida ko'rsatilgan maqsadlarga erishish uchun Yandex guruhidan tashqaridagi uchinchi shaxslarga berishi mumkin. Bunday uchinchi shaxslar jumlasiga quyidagilar kirishi mumkin:

(i) Yandex kompaniyasiga ma’lum hamkorlarga tegishli yoki ular tomonidan nazorat qilinadigan saytlarda, dasturlarda, mahsulotlarda yoki xizmatlarda reklama joylashtirish va namoyish qilish bilan bog'liq xizmatlarni taqdim qiluvchi saytlar va qo‘llanmalarning mana shunday egalari kabi hamkorlar, reklama tarmoqlari va boshqa hamkorlar;

(ii) Yandex Saytlari va / yoki Servislarida Siz uchun reklamalarni ko'rsatadigan reklama beruvchilar yoki boshqa Hamkorlar, shuningdek Axborot servislarini yetkazib beruvchilar yoki maslahatchilar kabi Hamkorlar

Yandex shuningdek Shaxsiy ma'lumotlarni Yandex Guruhiga kirmaydigan quyidagi uchinchi shaxslarga ham berishi mumkin:

(i) tegishli kelishuv bo‘yicha huquqlar yoki majburiyatlar, novatsiya topshirilgan uchinchi shaxslar;

(ii) Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tegishli so‘rov bo‘yicha Yandex axborot taqdim etishi shart bo‘lgan istalgan milliy va/yoki xalqaro tartibga soluvchi organ, huquqni muhofaza qilish organlari, markaziy yoki mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa rasmiy yoki davlat organlari yoxud sudlar;

(iii)Agar Siz Shaxsiy Ma’lumotlaringizning berilishiga rozilik bergan bo‘lsangiz uchinchi shaxslarga, yoki Sizga tegishli Servisning taqdim etilishi yoki Siz bilan tuzilgan ma’lum bir kelishuv yoki shartnomani bajarish uchun Shaxsiy Ma’lumotlaringizni berish talab etilsa;

(iv) Siz Yandex Servislarining Foydalanuvchi shartnomasini ( https://yandex.uz/legal/rules), ushbu Siyosatni yoki alohida Servislardan foydalanishni tartibga soluvchi shartlarni buzgan bo‘lsangiz, yoki shunday buzish xavfi mavjud bo‘lgan vaziyatda Yandex yoki uchinchi shaxslarning huquqiy himoyasini ta’minlash maqsadida istalgan uchinchi shaxslarga Shaxsiy ma’lumotlaringiz berilishi mumkin

8. Shaxsiy ma’lumotlaringiz qayerda saqlanadi va ularga qayerda ishlov beriladi

Sizning shaxsiy ma'lumotlaringiz Rossiya Federatsiyasida va / yoki YIZ da saqlanadi.

Rossiya foydalanuvchilari uchun: Yandex Rossiya Federatsiyasi hududida joylashgan ma'lumotlar bazalari yordamida Rossiya Federatsiyasi fuqarolarining shaxsiy ma'lumotlarini qayd qiladi, tartibga soladi, to'playdi, saqlaydi, aniqlashtiradi (yangilaydi, o'zgartiradi).

YIZ yoki Shveytsariyadagi foydalanuvchilar uchun: Rossiya Yevropa Komissiyasi tomonidan shaxsiy ma'lumotlarning yetarli darajadagi mos himoyasini ta’minlay oladi deb tan olinmagan, Yevropa Iqtisodiy zonasidan tashqaridagi yurisdiksiya bo‘lib hisoblanadi. Shu sababli, Yandex ushbu ma'lumotni berish amaldagi EI ma'lumotlarni muhofaza qilish qoidalariga muvofiq amalga oshirilishini ta'minlash uchun tegishli choralarni ko'rdi.

Xususan, Yandex Rossiyaga beriladigan Shaxsiy ma'lumotlaringizning mos himoya darajasini ta’minlash uchun Yevropa Komissiyasi tomonidan tasdiqlangan Standart shartnoma shartlariga asoslanadi. Ushbu Standart shartnoma shartlarining nusxasi so‘rov asosida olinishi mumkin.

9. Shaxsiy ma’lumotlaringizni qancha vaqt davomida saqlaymiz

Yandex Shaxsiy ma'lumotlaringizni to'plash maqsadiga erishish uchun yoki qonun hujjatlari, me’yoriy hujjatlar yoki ichki siyosatning talablariga amal qilish uchun zarur bo'lgan vaqt davomida saqlaydi.

Agar qonun yoki shartnoma shartlarida boshqacha talab qilinmasa, Siz Yandex tizimida Servisning bir qismi sifatida saqlaydigan elektron pochta xabarlari va hujjatlar sizning qayd yozuvingiz amalda bo'lgan vaqt davomida saqlanadi, ammo ularni siz istagan vaqtda o'chirib tashlashingiz mumkin.

Agar Siz qandaydir Shaxsiy ma'lumotlaringiz Yandex ma'lumotlar bazasidan olib tashlanishini xohlasangiz, zarur Shaxsiy ma'lumotni qayd yozuvingizdan foydalangan holda yoki Saytlar va / yoki Servislar interfeysi orqali (buni qo‘llash mumkin bo‘lgan hollarda) o'chirib tashlashingiz mumkin.

10. Sizning huquqlaringiz

10.1 Siz qanday huquqlarga egasiz

Agar bu amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan bo‘lsa, siz ushbu Siyosatiga muvofiq Yandex tomonidan ishlov beriladigan Shaxsiy ma'lumotlaringizga kirish huquqiga egasiz.

Agar siz Yandex saqlayotgan Siz haqingizdagi qandaydir axborotni noto'g'ri yoki to‘liq emas deb hisoblasangiz, Siz qayd yozuvingizga kirishingiz va Shaxsiy ma'lumotlaringizni mustaqil ravishda tuzatishingiz mumkin

Agar bu amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan bo'lsa, siz quyidagi huquqlarga egasiz:

  • Shaxsiy ma'lumotlaringiz o‘chirilishini talab qilish;
  • Shaxsiy ma'lumotlaringizga ishlov berilishini cheklashni talab qilish;
  • ushbu Siyosatning 8-bo'limida ko'rsatilgan Shaxsiy ma'lumotlaringizning Rossiyaga berilishiga ruxsat beradigan Standart shartnoma shartlarining bir nusxasini so‘rash;
  • agar bu amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan bo'lsa, Shaxsiy ma'lumotlaringizga ishlov berilishiga qarshilik bildirish.

Yandex bu so'rovlarini amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq bajaradi.

Amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda Siz yuqorida ko'rsatilmagan boshqa huquqlarga ham ega bo'lishingiz mumkin.

10.2 Siz o‘z huquqlaringizni qanday qilib amalga oshira olasiz

Yuqorida ko'rsatilgan huquqlarni amalga oshirish uchun qayd yozuvingizga kirishingizni, yoki agar qayd yozuvi interfeysida maxsus funksiya bo'lmasa, Yandex bilan bog'lanishingizni so‘raymiz (ushbu Siyosatning 13 bo'limiga qarang).

Agar Yandexning Shaxsiy ma'lumotlaringizga ishlov berishi sizni qoniqtirmasa, bizga xabar berishingizni so‘raymiz va biz Sizning shikoyatingizni ko'rib chiqamiz. Agar Yandexning javobi sizni qoniqtirmasa, Siz vakolatli organga shikoyat berish huquqiga egasiz.

11. Biz cookie fayllar va boshqa shunga o‘xshash texnologiyalarni Saytlarda yoki Siz Servislardan foydalanayotganingizda qanday ishlatamiz

11.1 Cookie fayllar nima va Yandex ulardan nima uchun foydalanadi

Cookie fayllar – bu Saytlarga kirish uchun Siz foydalanadigan qurilmada joylashtirilgan kichik matnli fayllar. Ular sizning qurilmangizdan to'planadigan va vaqt o‘tishi bilan Sizning harakatlaringiz va afzal ko‘rishlaringizni eslab qolish uchun keyinchalik har safar tashrif buyurganingizda Saytlarga qayta yuboriladigan ma'lumotni o'z ichiga oladi.

Saytlarda quyidagi turdagi cookie fayllari ishlatiladi:

  • qat’iy zarur cookie fayllari / texnik cookie fayllari: bu cookie fayllari Saytlarning ishlashi va Sizga Servislarni taqdim qilish uchun kerak bo'ladi; bundan tashqari Yandexga sizning apparat va dasturiy ta'minotingizni, shu jumladan brauzeringizning turini identifikatsiyalash (aniqlash) imkonini beradi;
  • statistik / analitik cookie fayllari: bu cookie fayllar foydalanuvchilarni tanib olish, ularning sonini hisoblash va Saytlar va Servislarda Siz amalga oshirgan operatsiyalar kabi axborotni, shu jumladan siz tashrif buyurgan veb-sahifalar va siz olgan kontent haqidagi ma'lumotlarni to‘plashga imkon beradi;
  • texnik cookie fayllar: bu cookie fayllar foydalanuvchilarning Saytlar va / yoki Servislar bilan qanday aloqa qilishlari haqida ma'lumot to'playdi, bu Sayt va Servislarning unumdorligini oshirish uchun xatolarni aniqlash va yangi funksiyalarni sinovdan o'tkazish imkonini beradi;
  • funksional cookie fayllar: bu cookie fayllar sizning Saytlardan foydalanishingizni osonlashtirish uchun maxsus funksiyalarni taqdim etishga imkon beradi, va ayni paytda Sizning afzal ko‘rishlaringizni saqlab qoladi (til va joylashgan yeringiz kabi);
  • (chetdan olingan) kuzatuv fayllari / reklama cookie fayllari: bu cookie fayllar foydalanuvchilar, trafik manbalari, tashrif buyurilgan sahifalar va Siz uchun ko'rsatilgan reklamalar haqida, shuningdek reklama qilingan sahifaga o'tishni amalga oshirishga yordam bergan reklama haqida ma'lumot to'playdi. Ular Siz haqingizdagi to'plangan Shaxsiy ma'lumotlarning tahlillari asosida siz uchun qiziqarli bo‘lishi mumkin bo'lgan reklamalarni namoyish qilish imkonini beradi. Ulardan statistik va tadqiqot maqsadlarida ham foydalaniladi.

11.2 Cookie fayllar Sizning qurilmangizda qancha vaqt mobaynida saqlanadi

Yandex cookie fayllardan mavjud ma'lumotlarni faqat yuqorida ko'rsatilgan maqsadlar uchun foydalanadi, undan so'ng to'plangan ma'lumotlar qurilmangizda cookie faylning tegishli turiga bog'liq bo'lishi mumkin bo‘lgan, ammo maqsadlariga erishish uchun zarur bo'lgan vaqtdan oshmaydigan muddat mobaynida saqlanadi, shundan keyin ular Sizning tizimingizdan avtomatik ravishda o‘chiriladi.

11.3 Cookie fayllarda mavjud ma’lumotlardan yana kimlar erkin foydalana oladi

Qurilmangizda joylashtirilgan cookie fayllar yordamida to'plangan Shaxsiy ma'lumotlar Yandex va / yoki ushbu siyosatning 7 bo'limida ko‘rsatilgan uchinchi shaxslarga berilishi va ular erkin foydalanishi mumkin. Saytdan tashqaridagi Shaxsiy ma'lumotdan reklama maqsadlarida foydalanish, agar mavjud bo'lsa, uchinchi shaxslarning veb-saytlarida mavjud bo'lgan alohida foydalanuvchi shartnomalari mavzusi bo'lishi mumkin. Yandex va / yoki uchinchi shaxslar Sizga, shunday mahsulotlar va takliflarga nisbatan qo‘llanadigan qonun hujjatlari va qoidalarning tartibga solish mavzusi bo'lishi mumkin bo‘lgan shaxsiylashtirilgan reklamani olishdan voz kechish imkoniyatini taqdim etishi mumkin.

Saytlarga birinchi marta tashrif buyurganingizda, cookie fayllardan foydalanish uchun Sizning roziligingiz so‘ralishi mumkin. Agar Siz cookie fayllardan foydalanishni ma'qullaganingizdan so'ng, qaroringizni o'zgartirishni xohlasangiz, buni brauzeringizda saqlanayotgan cookie fayllarni o'chirib tashlash orqali bajarishingiz mumkin (odatda buni brauzeringizning sozlamalarida bajarish mumkin bo'ladi - brauzer bilan ishlash bo'yicha qo'llanmaga yoki brauzeringizni ishlab chiquvchining saytiga murojaat eting). Shundan so'ng sizning ruxsatingizni so'raydigan oyna ochiladi va Siz boshqacha tanlov qilishingiz mumkin. Agar Siz cookie fayllardan foydalanishni rad etsangiz, Saytlarning ba'zi funksiyalariga kira olmay qolishingiz va bu holat Saytlardan foydalanish imkoniyatingizga ta’sir qilishi mumkin. Siz shuningdek sukut bo‘yicha barcha cookie fayllarni yoki ma’lum saytlardagi, shu jumladan Yandex Saytlaridagi cookie fayllarni qabul qilish yoki rad etish uchun brauzeringizning sozlamalarini o‘zgartirishingiz mumkin. Agar Siz Yandex Saytlaridan birida cookie fayllardan foydalanishni ma’qullagan bo'lsangiz, biz barcha Saytlarda cookie fayllardan foydalanishni ma’qulladingiz deb hisoblaymiz.

Yandex shuningdek, quyidagi maqsadlar uchun ilgari qurilmangizda joylashtirilgan cookie fayllarga kirish uchun veb-mayoqlardan (pikselli teglar) ham foydalanishi mumkin:

(i) Sizning qurilmangizda saqlanayotgan cookie fayllarga kirish va ulardan foydalanish orqali Saytlardagi va Servislardan foydalanish jarayonidagi harakatlaringizni aniqlash;

(ii) Saytlar, Servislar yoki Yandexning mahsulotlari, utilitalari va takliflarining ishlashi bilan bog'liq statistik ma'lumotlarni to'plash.

12.Ushbu Siyosatning yangilanishi

Ushbu Siyosatga o'zgartirishlar kiritilishi mumkin. Yandex o‘z xohishiga ko'ra, shu jumladan, lekin hech bir cheklashlarsiz tegishli o'zgartirishlar amaldagi qonun hujjatlaridagi o'zgarishlar bilan bog'liq bo'lgan hollarda, shuningdek tegishli o'zgartirishlar Saytlar va Servislarning ishlashidagi o'zgarishlar bilan bog'liq bo'lgan hollarda o'zgartirishlar kiritish huquqiga ega.

Yandex sizga xabar bermasdan muhim o'zgarishlar kiritmaslik, ushbu Siyosatda belgilangan huquqlaringizga qo'shimcha yuklashlar yoki cheklashlar qo'ymaslik majburiyatini o‘z zimmasiga oladi. Bunday o'zgartirishlar haqida sizga xabar beriladi. Tegishli bildirishnomalar Saytda (masalan, ochiladigan oyna yoki banner orqali) o'zgartirishlar kuchga kirguncha ko‘rsatilishi mumkin yoki Sizga boshqa aloqa kanallari orqali yuborilishi mumkin (masalan, agar bizga aloqa ma'lumotlaringizni taqdim etgan bo‘lsangiz, elektron pochtangiz orqali ko'rsatilishi mumkin).

13. Savollar va takliflar

Yandex ushbu Siyosatni bajarish yoki o'zgartirishga taalluqli savollaringiz va takliflaringizni olqishlaydi. http://feedback.yandex.ru manzili bo‘yicha joylashtirilgan teskari aloqa shaklidan foydalanishingizni so‘raymiz. Siz shuningdek ushbu manzildan huquqlaringizning amalga oshirilishi to‘g‘risidagi so‘rovlarni yoki Shaxsiy ma'lumotlaringizning noto'g'ri ekanligiga taalluqli yoki unga qonunga xilof ravishda ishlov berilgani to‘g‘risidagi shikoyatlarni yuborish uchun foydalanishingiz mumkin.

 

Chop etilgan sana: 15.07.2019

Oldingi versiyasi: https://yandex.uz/legal/confidential/12022019

Oldingi versiyasi: https://yandex.uz/legal/confidential/04042018