Yandex Biznesda brendli ustuvorlik bilan joylashtirish shartlari
Ushbu hujjat https://yandex.uz/legal/branded_priority_conditions manzilida joylashgan bo'lsa, amaldagi hujjat hisoblanadi.
Joylashtirilgan sana: 2024-yil 20-avgust
Kuchga kirish sanasi: 2024-yil 20-avgust
“TashGisTechnologies” MChJ XK (keyingi o‘rinlarda - “Yandex” deb yuritiladi) tomonidan “Yandex Biznesda brendli ustuvorlik bilan joylashtirish” xizmatini taqdim etishning majburiy sharti bu Buyurtmachi tomonidan ushbu hujjatda (keyingi o‘rinlarda – “Shartlar” deb yuritiladi) bayon etilgan talab va qoidalarni, shuningdek xizmatlarni ko‘rsatish uchun oferta shartlarini https://yandex.uz/legal/oferta_geo (keyingi o‘rinlarda - Oferta deb yuritiladi) qabul qilish va amal qilish hisoblanadi.
*Xizmatning oldingi nomi: “Yandex.Spravochnik”. Yandex.Spravochnik nomi hujjatlarda va xizmatning funksionalligi bilan bog'liq boshqa materiallarda mavjud bo'lishi mumkin
1. TA'RIFLAR
"Yandex Xaritalar" xizmati - bu Internet tarmog'ida https://maps.yandex.xx manzilida joylashtirilgan barcha veb-saytlar, shuningdek, huquqiy egasi Yandex yoki uning afillangan shaxslari bo'lgan mobil qurilmalar uchun dasturni anglatadi va undan foydalanish huquqi Internet tarmog'ida https://yandex.ru/legal/maps_mobile_agreement manzilida joylashtirilgan Litsenziya kelishuvi shartlari asosida Foydalanuvchilarga taqdim etiladi.
"Yandex Biznesda brendli ustuvorlik bilan joylashtirish" xizmati / Xizmat - bu Brendli POIning mavjudligi bilan (Buyurtmachining tanloviga ko'ra ixtiyoriy), Buyurtmachi Tashkiloti kartochkasini boshqa Tashkilotlar kartochkalariga nisbatan yanada yuqoriroq pozitsiyada ko'rsatish, shuningdek, Buyurtmachi Tashkiloti kartochkasida (agar qo'llash mumkin bo'lsa) Reklama va boshqa materiallarni (keyingi o'rinlarda birgalikda "Materiallar" deb yuritiladi) joylashtirish bilan bog'liq Yandex xizmati.
Tashkilot kartochkasi - bu "Yandex Xaritalar" Xizmatidagi blok bo'lib, u tashkilot haqidagi ma'lumotni o'z ichiga oladi, shu jumladan: tashkilot nomi, manzili, veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlari, ish vaqti, faoliyat turi va boshqa ma'lumotlar. Bunda, Buyurtmachi tashkilotining Kartochkasi deyilganda Buyurtmachi tomonidan u uchun Xizmat sotib olingan Tashkilot kartochkasi tushuniladi.
Tashkilotning brendli belgisi - bu "Yandex Xaritalar" xizmati xaritasida ko'rsatiladigan vektor formatidagi tasvir. Brendli belgi bosilganda, "Yandex Xaritalar" xizmati Foydalanuvchisi uchun mavjud bo'lgan Tashkilot kartochkasi ochiladi.
Reklama - bu Tashkilot kartochkasida joylashtirilishi mumkin bo'lgan Buyurtmachining reklama materiallari bo'lib, ular uchun Xizmatlar xarid qilinuvchi tashkilot tovarlariga (shu jumladan ishlar, xizmatlar, intellektual faoliyat natijalari, tadbirlar, tashkilot va (yoki) tovarlar, ishlar, xizmatlarni individuallashtirish vositalari) e'tiborni jalb qilish uchun qaratilgan reklama materiallari.
Foydalanuvchi - bu Yandex bilan xizmatlar ko'rsatish bo'yicha Shartnoma tuzgan shaxs.
Shartnoma - bu haq evaziga Xizmat ko'rsatish shartnomasi bo'lib, uning tomonlari Yandex va Buyurtmachi hisoblanadi.
Maqsadli mijoz - bu Maqsadli harakatni amalga oshirgan foydalanuvchi.
Maqsadli harakat - bu foydalanuvchi tomonidan quyidagi harakatlardan birini amalga oshirish:
a) tashkilot kartochkasida ko'rsatilgan telefon raqamini bosish,
b) tashkilot kartochkasida ko'rsatilgan manzilgacha marshrutni tuzish,
c) tashkilot kartochkasida ko'rsatilgan tashkilotga kirish joylarini ko'rish,
d) tashkilot kartochkasida harakat tugmasini bosish,
e) tashkilot kartochkasidagi baham ko'rish tugmasini bosish,
f) tashkilotni tanlanganlarga qo'shish,
g) Tashkilot kartochkasidan taksiga buyurtma berish tugmasini bosish,
h) Tashkilot kartochkasida joylashtirilgan panoramani ko'rish.
Brendli POI - bu foydalanuvchi tomonidan "Yandex Xaritalar" xizmatida joylashtirilgan obyektlarni yaqinlashtirganda Tashkilotning kartochkalari bo'yicha qidiruvsiz "Yandex Xaritalar" Xizmatida ko'rsatiluvchi belgilar. Brendli POI, Buyurtmachi tomonidan ushbu format qo'shimcha buyurtma qilinganda, taqdim etiladi.
Shartlar maqsadlari uchun ushbu hujjatda ko‘rsatilgan domen nomlarida qo‘llanilgan “xx” belgisi yuqori yoki ikkinchi darajali har qanday domen zonasini anglatadi, unda Yandex domenni ko‘rsatilgan nom bilan boshqarishni amalga oshiradi.
2. XIZMAT KO'RSATISH SHARTLARI
2.1. Xizmatni taqdim etish doirasida Yandex, Buyurtmachi Tashkilotining kartochkasini, Yandex Xaritalar Xizmatining qidiruv natijalarida (shu jumladan "Yandex Xaritalar API" xizmatidan foydalanadigan uchinchi shaxslar veb-saytlarida, "Yandex Xaritalar API" xizmatidan foydalanish shartlari” ( https://yandex.ru/legal/maps_api ) hujjatida bayon etilgan shartlarda) (keyingi o'rinlarda - “Xizmatlar” deb yuritiladi)), Yandex Biznes Tashkiloti kartochkasida (http: //yandex.ru/sprav) (Tashkilot kartochkasining geografik hududi) ** ko'rsatilgan, tashkilot faoliyati turlaridan biriga mos keluvchi so'rovlar bo'yicha boshqa Tashkilot kartochkalariga nisbatan yanada yuqoriroq pozitsiyada, kim oshdi savdosida g'alaba qozonish hamda Brendli POIni taqdim etish sharti bilan (Buyurtmachining tanloviga ko'ra ixtiyoriy), ko'rsatishni amalga oshiradi. Yandex Tashkilot kartochkasida ko'rsatilgan faoliyat turini bir tomonlama aniqlaydi, shu yo'l bilan Tashkilot kartochkasini ko'rsatish yanada yuqoriroq pozitsiyada amalga oshiriladi.
2.2. Xizmat ko'rsatilayotgan, Buyurtmachi Tashkiloti kartochkasining ichida, Materiallar joylashtirilishi mumkin. Bunda, Materiallar faqat, Shartlarning 2.1-bandida ko'rsatilgan qoidalarga muvofiq, boshqa tashkilot kartochkalariga nisbatan yuqoriroq pozitsiyada ko'rsatilgan, Buyurtmachining Tashkilot kartochkasi ichida ko'rsatilishi mumkin.
2.3. Xaritada Brendli belgi, Yandex Biznesdagi tashkilot kartochkasida (yandex.ru/sprav) (Tashkilot kartochkasi geografik hududi)* ko'rsatilgan tashkilotning (yoki tashkilotning maxsus tarkibiy bo'linmalaridan biri) manziliga mos keladigan joy nuqtasiga biriktirilgan holda ko'rsatiladi.
2.4. Xizmat faqat bir-biriga bog'langan deb tan olingan Tashkilot kartochkalari uchun taqdim etiladi.
3. REKLAMAGA QO'YILADIGAN TALABLAR:
Reklama amaldagi qonunchilik talablariga, shuningdek, Internet tarmog‘ida ochiq foydalanishda uchun hamda, Buyurtmachining Shaxsiy kabinetida joylashtirilgan “Reklama materiallariga qo'yiladigan talablar” hujjatida (https://yandex.uz/legal/general_adv_rules) va “Joylashtirish qoidalari” ( https://yandex.uz/support/business-priority/moderation/moderation.html) hujjatida bayon etilgan Yandex talablariga muvofiq bo'lishi shart.
4. QO'SHIMCHA SHARTLAR:
4.1. Hududning bir nuqtasiga (tashkilot kartochkasi) bog'langan bitta Tashkilot kartochkasi uchun Xizmat ko'rsatishning minimal va maksimal muddatlari Xizmatlarga buyurtma berishda Shaxsiy kabinetda ko'rsatilgan va Buyurtmachi tomonidan Xizmatlarga buyurtma berganda mustaqil ravishda tanlanadi.
5. Xizmat narxi:
Ushbu Shartlarga muvofiq Yandex tomonidan taqdim etilayotgan Xizmatning narxi Xizmatga buyurtma berish paytida veb-interfeysda o'zbek so'mida ko'rsatiladi va Yandex statistikasi ma'lumotlariga muvofiq, tashkilotning toifasi, tashkilotning joylashgan joyi, Xizmatni taqdim etish muddati, Tashkilot kartochkasining bog'langan deb tan olinishi, Maqsadli mijozning qiymati, shuningdek Yandex tomonidan prognoz qilinayotgan Maqsadli mijozlarning potensial sonidan kelib chiqqan holda mashina intellekti texnologiyalaridan foydalangan holda avtomatik ravishda aniqlanadi. Xizmatlarning yakuniy narxi taqdim etilgan xizmatlar dalolatnomalarida aks ettiriladi.
5.1. Xizmat narxiga Shartlarning 2.1-bandiga muvofiq boshqa tashkilot Kartochkalariga nisbatan Buyurtmachi Tashkiloti kartochkasini yanada yuqoriroq pozitsiyada ko'rsatish narxi, Brendli POI narxi (Buyurtmachi tomonidan ushbu format tanlangan taqdirda), shuningdek, Shartlarning 2.2-bandiga muvofiq Materiallarni ko'rsatish narxi kiradi. Ushbu Shartlarning 2.1- va 2.2-bandlariga muvofiq taqdim etilayotgan Xizmatning narxi Shartlarning 2.1-bandiga muvofiq Tashkilot kartochkasining yanada yuqoriroq pozitsiyada ko'rsatishlar soniga, shuningdek, Shartlarning 2.2-bandiga muvofiq Xizmat taqdim etilayotgan (ya'ni, agar Buyurtmachi Tashkilot kartochkasida Materiallarni joylashtirishdan bosh tortsa, Tashkilot kartochkasiga nisbatan Xizmatlarning narxi o'zgarmaydi) Tashkilot kartochkasidagi, Materiallarning mavjudligiga bog'liq emas.
5.2. Xizmatlar uchun to'lov qilish, ushbu Shartlar Akseptini anglatadi va Buyurtmachining Shartnoma Shartlari va qoidalariga to'liq roziligini bildiradi.
5.3. Xizmat Yandex tomonidan, Xizmat uchun to'lov amalga oshirilgan va Buyurtmachi tomonidan Materiallarni Buyurtmachi shaxsiy kabineti veb-interfeysidagi tegishli tugmani faollashtirish (bosish) orqali joylashtirilgan sanadan yoki avtomatik ravishda Xizmat uchun to'lov amalga ochirilgan va Materiallar joylashtirilgan sananing 3(uchinchi)-kunidan (UTC+3), yoxud avtomatik ravishda Xizmat uchun to‘lov amalga oshirilgan va Buyurtmachi bilan oldindan kelishilgan holda Yandex tomonidan Materiallarni joylashtirish to‘xtatib qo‘yilgan sananing 3 (uchinchi)-kunidan (UTC+3) boshlab, taqdim etiladi.
5.4. Agar Buyurtmachiga, ushbu Shartlarning 6-bo'limiga muvofiq chegirma taqdim etilgan bo'lsa, Xizmatlar esa, Yandexning aybiga bo'g'liq bo'lmagan holda, to'liq hajmda taqdim etilmagan bo'lsa (xususan, Shartnoma Buyurtmachining tashabbusi bilan yoki Buyurtmachining Shartnoma shartlarini buzganligi munosabati bilan, Buyurtmachining Yandex tomonidan Shartnoma shartlarini buzilganligi sabablariga bog'liq bo'lmagan holda Xizmatlardan voz kechgan taqdirda), Yandex Buyurtmachiga taqdim etilgan chegirmani bekor qilishga haqli, bunda Xizmatlar narxi Xizmatlar uchun to'lovni amalga oshirish vaqtida amaldagi narxlar bo'yicha hisoblanadi.
6. CHEGIRMALAR:
Chegirma Xizmat Buyurtmachilariga taqdim etiladi va buyurtmachi tomonidan vaqt ifodasida xarid qilinayotgan bir martalik hajmga bog'liq (1-jadval).
1-jadval
|
Bitta Tashkilot kartochkasi uchun Xizmatlar ko'rsatish davomiyligi (kunlari). |
Chegirma |
|
180 |
12,5% |
|
360 |
25% |
7. Yandex vaqti-vaqti bilan "Yandex Xaritalar" Xizmati va taqdim etilayotgan Xizmatlar sifatini oshirish, shuningdek, Buyurtmachilar uchun yangi takliflar ishlab chiqish maqsadida tajribalar o'tkazishga haqli, ular doirasida, shu jumladan, lekin ular bilan cheklanmagan holda, Xizmat taqdim etilayotgan Tashkilotning kartochkasiga, shuningdek, Tashkilot kartochkasiga hamrohlik qiluvchi maxsus Brendli belgining tashqi ko'rinishiga, hamda, Tashkilot kartochkasining ko'rinishi, Xizmat narxi hisob-kitobi/chegirmalarga o'zgartirishlar kiritilishi mumkin.
8. Yandex istalgan vaqtda, o'z xohishiga ko'ra, ushbu hujjatga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish va/yoki Shartlarni bekor qilish huquqini o'zida saqlab qoladi. Agar Yandex tomonidan Shartlarga o'zgartirishlar kiritilsa, bunday o'zgartirishlar, agar joylashtirilgan paytda bunday o'zgartirishlarning kuchga kirishining boshqa sanasi ko'rsatilmagan taqdirda, Shartlarning o'zgartirilgan matni internet sahifada https://yandex.uz/legal/directory_conditions joylashtirilgan paytdan boshlab kuchga kiradi.
9. Buyurtmachi Shartlarga kiritilgan o'zgartirishlar Xizmatlarni taqdim etish Shartnomasiga bunday o'zgartirishlar kiritishga olib kelishini va Shartnomaga kiritilgan bunday o'zgartirishlar ushbu Shartlarga kiritilgan o'zgartirishlar bilan bir vaqtda kuchga kirishini tasdiqlaydi va bunga rozilik beradi.
_____________________________
*Mobil qurilmalar uchun maqbullashtirilgan Xizmatlar sahifalarida, Reklama ko'rsatilmasligi yoxud maksimal raqam Shartlarning 2.1-bandida ko'rsatilgan tashkilot kartochkalari uchun belgilangan qiymatdan kam bo'lishi mumkin . Mobil qurilmalar uchun maqbullashtirilgan Xizmatlar sahifalaridagi Reklamalar ko'rsatiladigan joy ushbu Shartlarda nazarda tutilganidan Reklamalar ko'rsatiladigan joydan farq qilishi mumkin.
** Tashkilot kartochkasini "Yandex Xaritalar" Xizmatida joylashtirish ushbu Shartlarning predmeti hisoblanmaydi. Tashkilot kartochkasi "Yandex Xaritalar" Xizmatida Yandex xizmatlarining Foydalanuvchi kelishuvi shartlari (https://yandex.uz/legal/rules), shuningdek, Yandex Xaritalar xizmatidan foydalanish Shartlariga (https://yandex.ru/legal/maps_termsofuse) asosan joylashtiriladi.
*** Tashkilotlarning kartochkalari (2 dan ortiq) Yandex Xaritalar Xizmati tomonidan, agar kartochkalarda ko'rsatilgan tashkilotlar (tashkilotning maxsus tarkibiy bo'linmalari) bir xil nomga ega bo'lsa (tashkiliy va huquqiy shakli va faoliyat turini hisobga olmagan holda) va tashkilotlar uchun Yandex Biznes (http://yandex.ru/sprav) "Faoliyat turlarining rubrikatori" bo'limida nazarda tutilganlari ichidan bir xil faoliyat turi o'rnatilgan bo'lsa, bir-biriga bog'liq deb tan olinadi.
Bundan tashqari, quyidagi shartlardan biriga amal qilinishi kerak:
1. Tashkilotlar kartochkalarida tashkilot veb-sayti manzilida bir xil domen ko'rsatilganligi.
2. Tashkilotlarning kartochkalarida boshqalar qatorida bitta bir xil telefon raqamining mavjudligi.