“Plus bilan foyda” Aksiyasi qoidalari
(keyinchalik mos ravishda — "Qoidalar" va "Aksiya")
1. Umumiy qoidalar
1.1. Aksiya promo-aksiya bo‘lib, lotereya hisoblanmaydi, tavakkalchilik unsurlarini o‘z ichiga olmaydi va https://yandex.uz/legal/benefits_with_subscription/uz/ manzil bo‘yicha joylashgan mazkur Qoidalarga muvofiq o‘tkaziladi.
1.2. Aksiya O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘tkaziladi.
1.3. Aksiya tashkilotchisi: "Plus Funtech" MChJ XK O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mirobod MFY, Nukus ko‘chasi, 71, 73, 75. (keyinchalik — "Yandex")
1.4. Aksiyaning o‘tkazilish muddati: 25.11.2024 yildan 30.06.2025 yilgacha bo‘lgan davr (shu jumladan) (keyinchalik — "Aksiyaning o‘tkazilish davri").
2. Qoidalarda ishlatiladigan tushunchalar
Yandex Plus Obunasi — bu Foydalanuvchiga cheklangan vaqt oralig‘i davomida "Internet" tarmog‘i orqali tomosha qilish va/yoki tinglash uchun https://yandex.ru/legal/yandex_plus_conditions (keyinchalik — "Shartlar") sahifasida tavsifi berilgan Kontentga, audio va audiovizual asarlarga masofadan kirish imkoniyatini haq evaziga taqdim etish.
Plus Multi Obunasi — Foydalanuvchiga va u tomonidan qo‘shilgan uchtadan ko‘p bo‘lmagan Oila a’zolariga cheklangan vaqt oralig‘i davomida Yandex Plus Obunasi bo‘yicha mavjud bo‘lgan Kontentga kirish imkoniyatini haq evaziga taqdim etish. Oila a’zosi deganda Foydalanuvchi bilan birga yashovchi shaxs nazarda tutiladi.
Obuna — Yandex Plus Obunasi, Plus Multi Obunasi. Yandex Obunalar nomiga o‘zgartirishlar kiritish huquqiga ega.
Ballar — "Yandex Plus Keshbek" sodiqlik dasturi qoidalarida belgilangan asoslar bo‘yicha o‘tkaziladigan, kartada hisobga olinadigan (hisob qaydnomasiga bog‘langan va foydalanuvchiga o‘tkazilgan Ballar qoldig‘i to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan moddiy tashuvchisiz foydalanuvchining virtual jamg‘arish kartasi, keyinchalik — "Karta") texnik shartli birliklar.
"Yandex Plus Keshbek" Sodiqlik dasturi / Dastur — Yandex va hamkorlar tomonidan hamkorlikda o‘tkaziladigan sodiqlik dasturi bo‘lib, foydalanuvchilarning Yandex va Hamkorlarning tovar va xizmatlarini xarid qilishdagi, xususan, Internet tarmog‘ida https://yandex.ru/legal/plus_loyalty manzilida joylashtirilgan qoidalarda belgilangan asoslarda foydalanuvchilarga Ballarni berishni ko‘zda tutuvchi Yandex va Hamkorlarning servislaridan foydalanish faolligini oshirishga qaratilgan.
Obuna Davri — Obuna rasmiylashtiriladigan va tegishli to‘lov belgilanadigan 30 (o‘ttiz) kunga teng vaqt davri.
Chegirma — Dastur Qoidalariga muvofiq Ballardan foydalanganda foydalanuvchiga tovar va(yoki) xizmat qiymatiga taqdim etiladigan chegirma.
Shaxsiy kabinet — Yandex (uning affillangan shaxslari) servislarida (jumladan, mobil ilovalarda) foydalanuvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shuningdek foydalanuvchining ko‘rsatilgan servislardan foydalanishi bilan bog‘liq bo‘lgan, Yandex (uning affillangan shaxslari) servislarida foydalanuvchining login va parolidan foydalangan holda avtorizatsiya qilgandan so‘ng, foydalanuvchi uchun mavjud bo‘lgan boshqa ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan foydalanuvchi hisob qaydnomasi;
Ishtirokchi — Qoidalarning 3-bo‘limida ko‘rsatilgan talablarga javob beradigan jismoniy shaxs.
Ballarni o‘tkazish, foydalanish va hisobdan chiqarish Shartlari — https://yandex.ru/legal/plus_loyalty_conditions manzili bo‘yicha Internet tarmog‘ida joylashtirilgan "Yandex Plus Keshbek. Ballarni o‘tkazish, foydalanish va hisobdan chiqarish Shartlari" hujjati.
Qoidalarda "Yandex Plus Obuna Shartlari" (https://yandex.ru/legal/yandex_plus_conditions) hujjatida va "Yandex Plus Keshbek" sodiqlik dasturi Qoidalari" (https://yandex.ru/legal/plus_loyalty) hujjatida belgilangan boshqa atamalardan foydalanilishi mumkin.
3. Aksiya ishtirokchilari
3.1. Aksiya ishtirokchisi bir vaqtning o‘zida quyidagi shartlarga javob beradigan yuridik qobiliyatli jismoniy shaxs bo‘lishi mumkin:
- Dasturda ishtirok etish uchun zarur bo‘lgan yoshga yetgan;
- Yandex ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasiga tegishli bo‘lgan internet tarmog‘idagi qurilmaning (yoki proksi-serverning) IP-manziliga ega bo‘lishi;
- abonent to‘lovi Yandex Plus Obunasi uchun oyiga 9 999 so‘m va Plus Multi Obunasi uchun 24 999 so‘mni tashkil etadigan faol Obunaga ega bo‘lishi (Mobil ilovalar doʻkoni (App Store yoki Google Play) orqali aloqa operatoridan qoʻshimcha xizmat sifatida rasmiylashtirilgan faol Obunaga ega foydalanuvchilar bundan mustasno)
- Aksiyada ishtirok etish vaqtida Kartada kamida 1 (bitta) ball, lekin Yandex Plus Obunasi bo‘lgan Ishtirokchilar uchun 9 848 (to‘qqiz ming sakkiz yuz qirq sakkiz) ball va Plus Multi Obunasi bo‘lgan Ishtirokchilar uchun 24 484 (yigirma to‘rt ming to‘rt yuz sakson to‘rt) balldan ko‘p bo‘lmagan ballga ega bo‘lishi;
- Obunani sotib olishni to‘lash uchun zarur miqdorda pul mablag‘iga ega bo‘lmagan, lekin kamida 150 (bir yuz ellik) so‘mga ega bo‘lgan Shaxsiy kabinetda bog‘langan kartaga ega bo‘lishi.
- Shartlarning 2.10-bandida tavsiflangan mexanikani qo‘llash uchun pul mablag‘lar va Ballarning umumiy miqdori (pul mablag‘i bilan qoplanmagan qismida Obuna to‘loviga Chegirma olish uchun zarur) yetarli emasligi sababli Shartlarning 2.10-bandining 2-xatboshisida nazarda tutilgan shartlarga mos kelmaydi.
4. Aksiyada ishtirok etish tartibi
4.1. Aksiya doirasida Yandex Ishtirokchiga quyidagi formula bo‘yicha belgilangan miqdorda Obuna to‘lovi bo‘yicha chegirma taqdim etish huquqiga ega: «Х=OQ-P-BM», bu yerda
OQ - Ishtirokchining shaxsiy kabinetida ko‘rsatilgan so‘mdagi Obuna Qiymati;
P – bog‘langan karta bo‘yicha Ishtirokchida mavjud bo‘lgan 150 (bir yuz ellik) so‘mga teng yoki undan ko‘p, lekin Yandex Plus Obunasiga nisbatan 9 848 (to‘qqiz ming sakkiz yuz qirq sakkiz) so‘mdan va Plus Multi Obunaga nisbatan 24 484 (yigirma to‘rt ming to‘rt yuz sakson to‘rt) so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda yechib olingan pul mablag‘lari.
BM – Aksiyada ishtirok etish vaqtida Ishtirokchining Kartasidagi Ballar Miqdori (Qoidalarning 3-bandida ko‘rsatilgan Ballarning minimal miqdoriga qo‘yiladigan talablarni hisobga olgan holda); Ballar hisobiga (formulada – "BM") Obunani to‘lash uchun Chegirma taqdim etish maqsadida Ballarni hisobdan chiqarish Dasturga, Ballarni o‘tkazish, ulardan foydalanish va hisobdan chiqarish Shartlariga muvofiq amalga oshiriladi. Chegirma taqdim etish maqsadida hisobdan chiqarilishi mumkin bo‘lgan maksimal Ballar miqdori mos ravishda Yandex Plus Obunasi uchun 9 848 (to‘qqiz ming sakkiz yuz qirq sakkiz) Ball, Plus Multi Obunasi uchun 24 848 (yigirma to‘rt ming to‘rt yuz sakson to‘rt) Ballni tashkil qiladi.
X – Aksiya doirasida Ishtirokchiga Yandex tomonidan taqdim etilgan Obuna toʻlovi boʻyicha chegirma summasi (keyinchalik – "Obuna toʻlovi boʻyicha chegirma").
4.1.1. Aksiya faqat Ishtirokchi amaldagi Obunani 30 (o‘ttiz) kun muddatga yangilagan taqdirdagina amal qiladi.
4.1.2. Obuna toʻlovi boʻyicha chegirma faqat: (a) Qoidalarning 41-bandida koʻrsatilgan miqdorda Ballar, shuningdek (b) bogʻlangan kartada kamida 150 (bir yuz ellik) soʻm miqdorida pul mablagʻ boʻlsa taqdim etiladi.
4.2. Agar Ishtirokchi Qoidalarning 4.1-bandida ko‘rsatilgan formulada belgilanganidek, Yandex Obuna to‘loviga chegirma taqdim etgan obunani bekor qilsa, Obuna to‘lovi bo‘yicha Chegirma miqdori Ishtirokchiga qaytarilmaydi.
4.3. Obuna uchun keyingi toʻlov (abonent toʻlovi) yechib olinmaguncha, keyingi obuna Davri uchun obunani uzaytirishni bekor qilmasdan, Ishtirokchi Aksiyada ishtirok etishga rozi boʻladi, shuningdek, Aksiya qoidalariga toʻliq va soʻzsiz rozi boʻladi.
4.4. Amaldagi Obunaning amal qilish davri davomida Ishtirokchi Qoidalarning 4.1.-bandida ko‘rsatilgan Shartlar bo‘yicha, jami 2 (ikki) martadan ko‘p bo‘lmagan holda – Yandex Plus va Plus Multi Obunalariga nisbatan Aksiyada ishtirok etishi mumkin. Agar Ishtirokchi o‘zining amaldagi Obunasiga nisbatan Aksiyaning o‘tkazilish davri davomida ikki marta Aksiyada qatnashgan, keyinchalik Obunani bekor qilgan bo‘lsa, oqibatda Aksiyaning o‘tkazilish davri davomida Qoidalarning ushbu bandida ko‘rsatilgan cheklovni qo‘llash uchun 30 (o‘ttiz) kunlik Obuna Davriga qayta obuna bo‘lsa, u yangi Ishtirokchi hisoblanadi.
5. Boshqa shartlar
5.1. Yandex istalgan vaqtda sabablar ko‘rsatmasdan ushbu Aksiya o‘tkazilishini to‘xtatib turish yoki tugatish yoki uning shartlarini o‘zgartirish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Aksiya shartlarini to‘xtatib turish/tugatish/o‘zgartirish to‘g‘risidagi ma’lumotlar quyidagi manzilda joylashtiriladi: https://yandex.uz/legal/benefits_with_subscription.
5.2. Aksiyada ishtirok etish orqali Ishtirokchi Aksiya shartlariga, shuningdek, "Yandex Plus obuna shartlari" (https://yandex.ru/legal/yandex_plus_conditions) hujjatiga, "Yandex Plus Keshbek" sodiqlik dasturi qoidalari (https://yandex.ru/legal/plus_loyalty/) hujjatiga to‘liq va so‘zsiz rozi bo‘ladi.
5.3. Texnik xususiyatlardan kelib chiqib, Ishtirokchilar uchun Aksiyani kiritish Aksiya tashkilotchisi tomonidan bosqichma-bosqich amalga oshirilishi mumkin.
Nashr qilish sanasi: 22.11.2024
Kuchga kirish sanasi: 25.11.2024