Yandex Cup 2024 natijalari
3 dekabr 2024 —
Toshkent, CAEx
Onlayn va oflayn
Toshkentda dasturlash bo‘yicha har yili o‘tkaziladigan Yandex Cup xalqaro chempionati finali bo‘lib o‘tdi!
Ishtirokchilar oltita yo‘nalishda bellashdilar: backend, frontend, mobil dasturlash, ML, tahlil va algoritm.
3-dekabr kuni poytaxtimiz 18 mamlakatdan 200 nafar eng yaxshi dasturchilarni to‘pladi, ular 20 000 dan ortiq ishtirokchilar orasidan saralab olindi.
Sovrin jamg‘armasi — 1,95 milliard so‘mni tashkil qildi!
Ishtirokchilar oltita yo‘nalish bo‘yicha bellashgan bo‘lsa, g‘oliblik Yaponiya, Belarus, Rossiya, AQSH, Buyuk Britaniya va Portugaliya vakillari tomonidan qo‘lga kiritildi. Translyatsiya yozuvini tomosha qiling va yaqinlashib kelayotgan YandexCup 2025 chempionatida ishtirok etishni unutmang!