Yandex Uzbekistan sun’iy intellekt asosida yangilangan “Qidiruv” xizmatini taqdim etdi: endi butun dunyodagi kontent o‘zbek tilida yanada yaqinlashdi

Yandex Uzbekistan yangilangan Yandex Search xizmatini taqdim etdi. Endi xizmat o«zbek tilida o«qitilgan neyron tarmoqlardan foydalanadi. Shu tufayli Yandex Search o«zbek tilidagi so«rovlarni yanada yaxshiroq tushunib, internetdagi kontentni topish va uni o«zbek tiliga tarjima qilishda yordam beradi. Neyrosetlar yordamida xizmat foydalanuvchi bergan savollarga qisqa va mazmunli javoblar tayyorlab, ularni chat orqali taqdim etish hamda maʼlumotni aniqlash qobiliyatiga ega bo«ldi.

Yangi imkoniyatlar doirasida Yandex Search rus va ingliz tillaridagi kontentni o«zbek tiliga tarjima qilishi mumkin. Bunda xizmat milliy kontekstni ham hisobga oladi, bu esa tarjimalarni yanada aniq va sifatli qiladi. Yangilangan Yandex Search tufayli o«zbek tilida 11,6 milliondan ortiq matnlar foydalanish uchun ochiq bo«ldi. Ular orasida Wikipedia materiallari va, masalan, IT mutaxassislari uchun xalqaro savol-javob platformasi bo«lgan Stack Overflow ham bor.

Bundan tashqari, foydalanuvchilar endi Yandex Searchʼda chat orqali savol berishlari va javobni darhol olishlari mumkin. Yangi funksiya yandex.uz saytining bosh sahifasida mutlaqo bepul taqdim etilgan. Foydalanuvchi savoliga javob — qidiruv natijalarida veb-saytlar havolalaridan yuqorida paydo bo«ladi. Bungacha neyron tarmoqlar so«rovni tahlil qiladi va agar turli manbalar asosida qisqa va foydali javob berish mumkin bo«lsa, shuni tayyorlab taqdim etadi. Shuningdek, qidiruv satri ostidagi Yandex AI tanlovini bosish orqali siz har qanday holatda neyrosetlar tomonidan tuzilgan javobni olishingiz mumkin.

 Foydalanuvchilar Yandex Searchʼda o«zbekcha yoki ruscha savol berishi mumkin va javob ham shu tilda bo«ladi. Masalan, xizmat “Amir Temur nimasi bilan mashhur?”, “Manchester Siti” jamoasida qaysi o«zbek futbolchisi o«ynaydi?”, Samarqand palovini tayyorlashdagi o«ziga xosliklar nimada ka

bi savollarga javob bera oladi. Shuningdek, internetda tayyor javob bo«lmagan savollarga ham javob berishga harakat qiladi. Masalan, bir kunda ko«rib chiqish mumkin bo«lgan Buxorodagi diqqatga sazovor joylarni tavsiya qiladi.

Xizmat javobni taqdim etgandan so«ng, savolni aniqlashtiruvchi qo«shimcha savollarni berish imkoni ham mavjud. Neyrosetlar shu mavzu doirasida qiziqish uyg«otuvchi qo«shimcha savollarni taklif qilib, foydalanuvchiga mavzuni chuqurroq o«rganishda yordam beradi.

Yandex Search neyron tarmoqlari tufayli tabiiy inson tilini yaxshi tushunadi. Shu sababli, unga savollarni oddiy tilda, fuqarolar odatda qay tarzda gapirsa, xuddi shunday berish mumkin. Servis internetda faqatgina so«nggi soatlarda paydo bo«lgan yangiliklardan ham foydalanib, dolzarb maʼlumotlar taqdim etadi. Shu bilan birga, javob berilgan manbaga havola ham ilova qilinadi — foydalanuvchi kerak bo«lsa, uni bosib, maʼlumot manbasini to«liq ko«rishi mumkin.

Yandex Uzbekistan haqida

Yandex Uzbekistan mamlakatda raqamli muhit va foydalanuvchilar hayotini yaxshilash maqsadida yangi texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish bilan shug«ullanadi. Kompaniya O«zbekistonda 2018 yildan beri faoliyat yuritib keladi. Hozirda u aholiga onlayn taksi chaqirish, taom yetkazib berish, bulut va geoxizmatlar, ko«ngilochar platformalar hamda taʼlim sohasidagi xizmatlarni taklif qilmoqda.

Kontaktlar

"Yandex Uzbekistan" kompaniyasining matbuot xizmati
Elektron pochta: pr_uz@yandex-team.com

Ulashish